Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

09
JIZZAXDA FUQAROLARNING SUD-HUQUQ MASALALARI BO‘YICHA MUROJAATLARI O‘RGANILMOQDA

Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Masʼul rahbar xodimlarning joylarga chiqib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilishi, ularning dardu-tashvishlariga quloq tutishi buning amaliy ifodasidir. Adliya boshqarmasi boshlig'i tomonidan o'tkazilgan sud-huquq masalalari boʻyicha ommaviy sayyor qabullar ham ayni tamoyil asosida tashkil etildi. Jizzax viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan viloyat aholisining mazkur yoʻnalishdagi muammolari oʻrganildi.

Jizzax shaxri, Sharof Rashidov, Paxtakor va Forish tumanlari buyicha mintaqaviy tarzda oʻtkazilgan adliya qabullarida fuqarolarning ish haqi undirish, mehnat va bandlik munosabatlari, aliment, uy-joy, egalik huquqi, yuridik faktlar masalasi, pensiya, tibbiyot, ijtimoiy himoya, ijtimoiy, iqtisodiy, fuqarolik, sud-huquq tizimidagi muammolar, qonuniy huquqlaridan foydalanish, fuqarolik holati bilan bogʻliq hamda boshqa masalalari yuzasidan muammolari tinglandi. Fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarga huquqiy yechim kursatildi, har bir murojaat tegishliligi bo'yicha vakolatli organlarga yo'naltirilob, yechimi nazoratga olindi.

Taʼkidlash kerakki, fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yechim topish uchun yoʻlga qoʻyilgan mazkur qabullar xalq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, shu orqali avvalo inson huquq hamda manfaatlarini taʼminlash, xalqimizning farovon hayot kechirishi, ularni qiynayotgan muammolarni joyida oʻrganib, adolatni qaror toptirishga xizmat qilmoqda.

08
Targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

Mahallalarda oila va xotin-qizlar bilan ishlash hamda ushbu masalada aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan har bir ayol va xotin-qizlar uchun huquqiy yordam!

Jizzax shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti Mahfuza Yoqubjonova tomonidan Jizzax shahar, Qaliya MFYda uyma-uy yurgan holda mahalladagi xotin-qizlarni qiynab kelayotgan muammolar o’rganildi va huquqiy yechimlari berildi.

Fuqarolarning xonadoniga mahalla xotin-qizlar faoli hamrohligida borildi hamda xotin-qizlar va ayollar murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.

Qonunchilik tizimidagi eng oxirgi o’zgarishlar to’g’risida xabardor qilindi.

07
Saylov oʼtqazish tartibi yanada takomillashtirilishining muhim jihatlari tushuntirildi

Joriy yilning 3 noyabr kuni Jizzax Yoshlar innovatsion markazida “Oʼzbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum oʼtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi hamda Saylov oʼtqazish tartibi yanada takomillashtirilishining muhim jihatlari mazmun - mohiyatiga bagʼishlangan targʼibot uchrashuv bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirda adliya boshqarmasi xodimi Sh.Sulaymonov ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilarning savollariga atroflicha javoblar berildi.

06
Adliya aralashgach...

Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi tomonidan tuman qishloq hujaligi boʻlimi xodimi boʻlib ishlagan va xozirda bola parvarishi taʼtilida boʻlgan U.Zayriyeva va tuman kasb-xunar maktabi mutaxassisi U.Ergasheva tomonidan tashkilot tugʻruq taʼtili pullarini toʻlab bermaganidan norozi boʻlib yoʻllagan murojaati oʻrganib chiqildi. Oʻrganishlar natijasida haqiqatan ham xodimlarga tugʻruq taʼtili pullari oʻz vaqtida toʻlanmagani maʼlum boʻldi.

Adliya boʻlimi tomonidan har ikkala tashkilotga ham taqdimnomalar kiritilib, murojaatlarning ijobiy qanoatlantirilishiga erishildi. Xodimlarga tugʻruq taʼtili pullari toʻliq toʻlab berildi.

03
Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev Jizzax viloyatidagi Paxtakor va Sharof Rashidov tumanlari adliya organlari faoliyati bilan tanishdi

Uchrashuv mobaynida tumanlar yuridik xizmat ko‘rsatish markazlariga kelib tushgan hujjatlar soni, ko‘rib chiqilish muddati, tashkilotlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan tizimli kamchiliklar va bartaraf etish choralari bilan tanishdi.

Shuningdek, qonunchilikka amal qilish va faoliyatni samarali tashkil etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

02
Adliya vaziri o'rinbosari Jizzax shahrida tadbirkorlar bilan uchrashdi

Adliya vaziri o'rinbosari Sh.Rabiyev va adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev Jizzax shahrida kichik sanoat zonasida faoliyat olib boruvchi ishlab chiqarish korxonalari vakillari va tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv o'tkazib, ularning faoliyati bilan yaqindan  tanishdi.

Shulardan biri shahardagi qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlash faoliyati bilan shug'ullanayotgan "IRUSKON" MCHJ hisoblanadi.

Tadbirkorlik subyektlaridan yana biri "MASTER BILDING PRODUCTS" mas’uliyati cheklangan jamiyatidir. Mazkur tadbirkorlik subyekti qurilish ashyolari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanadi.

Uchrashuv davomida tadbirkorga  bugungi kunda ular uchun yaratilgan mavjud imkoniyatlar va imtiyozlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Bundan tashqari, faoliyati davomida uchrayotgan mavjud muammolar ham o‘rganildi hamda ularni bartaraf qilish yuzasidan hududiy adliya organlariga tegishli topshiriqlar berildi.

01
Sayyor qabul

Baxmal tuman Adliya bo'limi va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan "Uzunbuloq" QFY da fuqarolarning murojaatlari yuzasidan sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolarga qonunchilikdagi yangiliklar to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.

Shuningdek aholi va yoshlar o'rtasida jinoyatchilikning oldini olish, firibgarlikka qarshi kurash yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Ikki nafar fuqarolarning murojatlari ko'rib chiqish uchun qabul qilindi.

31
AKSIYA DOIRASIDA...

«Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish» huquqiy aksiyasi doirasida Sharof Rashidov tumanida 3 nafar fuqarolar eshitish moslamalari bilan ta’minlandi.

Moslamalar tuman Adliya bo'limi xodimlari tomonidan fuqarolarning o'z xonadonlarida egalariga topshirildi.

30
“Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish” aksiyasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda

Doʻstlik tuman Adliya boʻlimi tomonidan navbatdagi targʻibot tadbirlari tuman tibbiyot birlashmasida oʻtkazildi.

Jismoniy yoki aqliy nuqsonlari sabab imkoniyati cheklangan, ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj shaxslarga nogironlik belgilanish mezonlari,  tibbiy ko'rik muddatlari, nogironlik darajasini oʻzgartirish tartiblari batafsil tushuntirildi.

Davlatimiz tomonidan nogironligi bo'lgan shaxslar soliqlar va shu turdagi boshqa majburiy to'lovlardan ozod etilganligi hamda qonunchilik normalaridagi mavjud imtiyozlar haqida to'liq ma'lumotlar berildi.

27
Yangiobodda "O’zbekiston — 2030” strategiyasi bo‘yicha huquqiy targ‘ibot tadbiri o'tkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida barcha davlat organlari va idoralari faoliyatini mahalladagi “yettilik” tizimi bilan oʻzaro hamkorlik asosida tashkil etishning ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Yangiobod tuman adliya boʻlimi tomonidan ushbu ustuvor vazifalar yuzasidan mahalla fuqarolar yigʻinlarida faoliyat yuritayotgan "beshlik" va tashkilotlar xodimlariga oʻquv seminari oʻtkazildi.

Seminar davomida "O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 5 ta asosiy g'oyalariga asoslangan 5 ta yo'nalish va 100 ta maqsadlari to'g'risida huquqiy tushuntirish berildi.