Yangiliklar
Barcha tumanlarda adliya bo‘limlari va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida viloyat Adliya boshqarmasi tashabbusi bilan an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan "Zukko kitobxon" tanlovining 2026-yil 1-davra bahslari o'tkazilmoqda. Tanlov "Ziyo ulash" aksiyasining mantiqiy davomi hisoblanib yoshlarni kitobxonlikka keng jalb qilish, aholi o'rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish kabi ezgu maqsadlarni o'zida mujassam etganligi bilan ahamiyatlidir.
Tashkil etilgan “Zukko kitobxon” tanlovining birinchi ya'ni tuman bosqichlari "Zakovat" savollari shaklida o'tkazilib, berilgan savollarga eng ko'p to'g'ri javob topa olgan yoshlar viloyat bosqichida ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritib kelmoqda.
Tuman bosqichida faol ishtirok etgan yoshlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanmoqda. Bu kabi tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga, ularni kitobga, bilimga oshno qilishga xizmat qilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda butun respublikamiz boʻylab fevral “Kontrafaktsiz oy” oyligi deb eʼlon qilingan. Mazkur oylik doirasida “Biz kontrafaktga qarshimiz” shiori ostida keng ko'lamli tadbirlar olib borilmoqda. Bunda birinchi navbatda jamoat transportlari va aholi gavjum hudadlarga mavzuga aloqador bannerlar joylashtirish, natijada esa fuqarolarning xabardorlik darajasini oshirish nazarda tutilgan.
Shu munosabat bilan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Intellektual mulk boʻlimi xodimlari tomonidan viloyatning aholi koʻp toʻplanadigan joylari, bozorlar va davlat tashkilotlarida kontrafakt mahsulotlardan ogoh boʻlish yuzasidan targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilib, fuqarolarga maʼlumotlar kiritilgan tarqatma materiallari taqdim etilmoqda.
Targ'ibot tadbirlari davomida aholiga davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati ham yaratilmoqda.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasining intellektual mulk huquqini himoya qilish, huquqni qo‘llash yo'nalishlari va Baxmal tumani adliya bo'limi xodimlari hamkorlikda tuman dehqon bozori va unga yondosh savdo do'konlarida, dorixonalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Suhbat davomida fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlari tushuntirildi. Muammolar o'rganilib yechimi bo'yicha maslahatlar berildi.
Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan talabga ko'ra davlat xizmatlari ko'rsatish uchun sharoit yaratildi.
Uchrashuvlar davomida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga kontrafakt maxsulotlarni farqlashda zarur bo'lgan katalog va tarqatma materiallar tarqatildi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasiga “International foodchain” MCHJ tomonidan murojaat kelib tushib, unda jamiyatga tegishli “KFC” tovar belgisidan tadbirkorlik subyektlari tomonidan huquq egasining roziligisiz foydalaganlik holati ma’lum qilingan.
Mazkur murojaat asosida o‘tkazilgan tekshiruv tadbirlari davomida Jizzax shahar hududida joylashgan xizmat ko'rsatish shaxobchasi tomonidan iste’molchilarni adashtirish darajasida o‘xshash tovar xizmat ko'rsatish belgisidan foydalanib kelinganligi aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan belgilangan tartibda ta’sir choralari qo‘llanilib, noqonuniy muomaladagi mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi.
Doʻstlik tumani adliya bo‘limi xodimlari tomonidan otaliqqa olingan "Saritepa" MFYdagi 3-sonli umumiy oʻrta ta'lim maktabi o'quvchilarining bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida Mirzacho'l tumanida joylashgan "Gagarin kosmonavtlar muzeyi"ga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida o'quvchilar muzey faoliyati bilan yaqindan tanishib, bir qator ma'lumotlarga va keng taassurotlar ega bo'lishdi.
Shuningdek, sayohatda o'quvchilar muzey tarixi bilan tanishish bilan birga hozirgi kunda jamiyatda keng tarqalib borayotgan kiberjinoyat, firibgarlik, bosqinchilik, tovlamachilik jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan davra suhbati o'tkazildi hamda bu kabi jinoyatlarning yangi turlari haqida tushunchalar berilib, tayyorlangan bukletlar ishtirokchilarga tarqatildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli Qarorining mazmun-mohiyatio'quvchilarga batafsil tushuntirildi.
Do‘stlik tuman adliya bo‘limi tomonidan “Bog‘zor”, “Bunyodkor”, “G‘.G‘ulom”, “Manas”, “Mevazor” va “Navro‘z” mahallalari hududida uyma-uy yurish orqali huquqiy muammolarni o‘rganish davomida, I va II guruh nogironligi mavjud bo‘lgan 31 nafar fuqarolarga soliq imtiyozi qo‘llanilmasdan kelinganligi aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 421 va 436-moddalariga ko‘ra I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar yer va mol-mulk solig'idan ozod qilinishi qayd etilgan bo‘lib, bu imtiyozni amalda qo'llash borasida barcha murojaatlar bo‘lim ish yurituviga olinib, o‘rganish ishlari olib borildi.
Adliya aralashuvi bilan barcha fuqarolarning muammolari ijobiy qanoatlantirildi. Adliya boshqarmasi barcha fuqarolarni huquqiy oylikda faol ishtirok etishga chorlaydi.
"Jizzax ovozi" gazetasining navbatdagi sonida Zomin tuman adliya bo'limi boshlig'i T.Latipov hamda Davlat xizmatlari markazi direktori K.Qurbonovning "Bilib qo'ygan yaxshi" rukni ostida huquqiy maqolalari e'lon qilindi.
Xususan, oylik davomida yirik savdo majmualarida targ‘ibot ishlari olib borish, aholining kontrafakt mahsulotlardan jabrlanishining oldini olish, intellektual mulk sohasida huquqiy savodxonlikni oshirish, tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazishning afzalliklarini tushuntirish hamda mutaxassislar malakasini oshirish rejalashtirilgan.
Mazkur oylik kontrafakt mahsulotlar aylanmasini qisqartirish, halol raqobat muhitini mustahkamlash hamda iste’molchilar huquqlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.
Jizzax shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan bo‘lim tomonidan ishlab chiqilgan “Jizzax shahar adliya bo‘limi tomonidan aholi gavjum joylar, xiyobon va boshqa joylarda manzilli targ‘ibot tadbirlarini fevral-mart oylarida o‘tkazish Reja-grafigi”ga ko‘ra, joriy yilning 17-fevral kuni shahrimizdagi “Ko‘ksaroy” savdo majmuasi va “Ko‘k bozor” markaziy dehqon bozorida fuqarolar, tadbirkorlik sub’ektlari bilan uchrashuvlar tashkil qilinib, ularga qonunchilikdagi imtiyozlar, shuningdek, firibgarlikdan himoyalanish to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berilib, tarqatma materiallari tarqatildi.
Har bir insonning yoshlikdagi orzusi bu kosmanavt bo'lish. Boshqa sayyoralar, osmon jismlari har doim ham hamma uchun qiziq va sirli bo'lgan.
Shu sabab muzeyga borgan o'quvchilarning bu boradagi savollariga muzey xodimlari tomonidan batafsil tushunchalar berildi. Tarixni o'rganish, osmon ilmidan xabardor bo'lish, yangi bilimlarni egallashga bo'lgan xohish yoshlar qalbida o'ziga bo'lgan ishonchni va kelajakka bo'lgan intilishni shakllantiradi.