Yangiliklar
Zarbdor tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Abduvaitovning “Bahmal hayoti” gazetasida "Nogironlik nafaqasidagi o'zgarishlar", “XXI asr “ gazetasida esa “Job offer yohud ishga marhamat !” nomli maqolalari chop etildi.
Yangiobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi 12-sonli umumta’lim maktab binosida Yangiobod SHFY hududida yashovchi fuqarolar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 269-sonli Farmoni va “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
447-sonli Qarorining mazmun mohiyati va ahamiyati ishtirokchilarga to‘liq yetkazildi.
Shuningdek, seminarda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish hamda O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodekisining yangi tahriri yuzasidan ham fuqarolarga ma'ruzalar qilindi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar va maslahatlar berildi.
Sharof Rashidov tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i A.Eshbekov va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tuman hokimligi binosida davra suhbati o‘tkazildi.
Shuningdek, seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil
21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohatlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 269-sonli Farmoni va “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 447-sonli Qarorining mazmun mohiyati va ahamiyati ishtirokchilarga to‘liq yetkazildi.
Tadbirda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish, hamda “O‘z huquqlaringizni bilasizmi”, “Siz qonun himoyasidasiz” mavzularida ham ma’ruzalar qilindi.
Suhbat yakunida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar va maslahatlar berildi.
"Darakchi" gazetasining 19-yanvar sonida adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi I.Ablakulovaning "Tuhmat qilganlarga jazo bormi?" nomli maqolasi chop etildi.
Sharof Rashidov tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro K.Olimovning tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan noreal qarzdorlik hisoblanganligi va ushbu qarzdorlikni olib tashlashda amaliy yordam berishni so‘rab, qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 132-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tabiiy gaz iste’molchilari va gaz bilan ta’minlovchi tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hisobkitoblar tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda hisob-kitob davri – kalendar oyi ekanligi va uning doirasida gaz yetkazish hajmi belgilanishi hamda yetkazib berilgan gaz uchun yetkazib beruvchi bilan tabiiy gaz iste’molchisi o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob qilinishi kerakligi ko‘rsatilgan.
Biroq, “Sharof Rashidovtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro K.Olimovning shaxsiy hisob raqamiga “Billingaz” dasturi orqali 12.794 m3 yani, 4 mln 861ming 932 so‘m asossiz qarzdorlik kiritganligi ma’lum bo‘ldi. Vaholanki, O’rganish davomida, fuqaro K.Olimov tomonidan foydalanilgan tabiiy gaz uchun amalga oshirilgan to‘lovlari qayta hisob-kitob qilinganda 432 ming 880 so‘m qarzdorlik mavjud ekanligi aniqlandi.
Tuman adliya bo’limi aralashuvi bilan tuman “Sharof Rashidovtumangaz” tomonidan fuqaroga nibatan ortiqcha hisoblangan qarzdorlik bekor qilindi.
Boshqarma boshlig’i tomonidan O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 1-yarim yilligi uchun boshqarma rahbariyati tomonidan hududlarda sayyor qabullar o’tkazish bo’yicha tasdiqlangan grafikka asosan joriy yilning 24-yanvar kuni Baxmal tumani, Oqtosh mahallasida boshqarma boshlig’i o’rinbosari B.Pirxalov tomonidan sayyor qabul o’tkazildi.
Qabulda ishtirok etgan 30 nafardan ortiq fuqarolarning 15 nafaridan turli mazmundagi murojaatlar kelib tushdi. Mazkur murojaatlarning 3 tasi joyida ijobiy hal qilindi.
6 tasiga joyida huquqiy tushuntirish berildi hamda 6 nafar fuqarolarning murojaatlari ko’rib chiqish uchun ish yurituvga qabul qilindi.
Bundan tashqari, sayyor qabul davomida o‘zbekiston respublikasi prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–269-son farmoni va “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–447-son qarori mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil tushuntirish berildi.
/Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi/
"Mirzacho'l ovozi" gazetasining 19-yanvar sonida G'allaorol tuman adliya bo'limi boshlig'i O.Xasanovning "Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlar davrida" nomli maqolasi chop etildi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Yangi O'zbekistonda ma'muriy islohotlar jarayoni” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Mazkur sohada qabul qilingan qonun hujjatlarida belgilangan asosiy vazifalar, yangiliklar va o'zgarishlar tizim xodimlari tomonidan ishtirokchilarga tushuntirildi.
Ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida o'tkazilgan matbuot anjumanida dastlab ayni paytda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma'muriy islohotlar, uning natijasida kuzatilayotgan o'zgarishlar, pirovard natijalar tahlil qilindi.
Boshqaruvni ixchamlashtirish orqali sifatli va samarali faoliyat bosh maqsad qilib olingan bugungi o'zgarishlarning bari inson qadri, xalq farovonligi, yashash sifatini oshirish bilan bog'liq ekanligi ta'kidlandi. Vazifa va funksiyalari bir-biriga yaqin, takrorlanuvchi yo'nalishlarning yaxlit tizim sifatida shakillantirilishi, shu orqali natijador faoliyat mexanizmlarini yaratish jarayonlarning dastlabki amaliy ifodasi bo'lmoqda.
Tadbir davomida bunday ma'muriy islohotlar 2022-yilda adliya tizimida ham kuzatilganligi, bu borada yana bir yangilik sifatida "E qaror" elektron tizimi orqali idoraviy buyruq, qaror va farmoyishlarning qabul qilinishi yo'lga qo'yilganligi haqida ham batafsil ma'lumotlar berildi.
Qizg'in muhokama, savol-javoblarga boy bo'lgan uchrashuvda jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan asosli javoblar qaytarildi. Ma'muriy islohotlar barchamizning hayotimizda, mehnat faoliyatimizda o'z aksini topadigan o'zgarishlarni, yangiliklarni va albatta imkoniyatlarni olib keladigan jarayonlardir. Shu sabab bu borada barchamiz yetarli darajada huquqiy va siyosiy bilimlarga ega bo'lishimiz lozim.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tashkil etilayotgan ochiq muloqotga taklif etamiz.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan ma'muriy islohotlardan ko'zlangan maqsad va kutilayotgan natijalar Sizga qiziqmi?
Unda 23-yanvar kuni soat 11:30 da Jizzax shahar adliya bo'limi binosida bo'lib o'tadigan tadbirda ishtirok eting!
Mo'ljal: "So'g'diyona" o'yingohi ro'parasi
Baxmal tumani "Yangibog’" MFY Loyqa qishlog’ida yashovchi fuqaro O.Norqulova tuman adliya bo'limiga murojaat qilib, xonodoniga elektr tokini o‘tkazish uchun tuman elektr ta’minoti korxonasiga tegishli to‘lovlarni amalga oshirgan holda elektr hisoblagichni sotib olganligi, biroq shu kunga qadar TETK xodimlari xonodonini elektr tarmog‘iga ulab bermayotganligidan norozi bo‘lib, ushbu muamoni hal etishda amaliy yordam so‘ragan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.08.2021-yildagi “Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 555-sonli qarorga asosan hududiy elektr ta’minoti korxonasi bilan iste’molchi o‘rtasida shartnoma tuzilganligi, unga ko‘ra yashash xonodoniga elektr hisoblagich o‘rnatilgan bo‘lib, biroq xonodonni tarmoqqa ulash uchun kerakli jihozlar bo‘lmaganligi sababli ulanmasdan qolganligi ma’lum bo’ldi.
Tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan Baxmal TETK mutaxassislari ishtirokida fuqaroning xonadoni to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlanlandi.