Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

17
Murojaat ijobiy yechim topdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.04.2018 yildagi PF-5415-sonli farmoniga ko‘ra inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, o‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tuman adliya bo‘limlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Fuqaro M.Tirkashevning 2021 yil 1 aprelda tumandagi qishloq xo'jaligi bo'limiga ishga qabul qilinganligi, 2023-yil 1-mayda mehnat shartnomasi bekor qilinganligi, biroq 2023-yil aprel oyi ish haqi va 2 yillik foydalanilmagan mehnat ta'tili uchun kompensatsiya to‘lab berilmaganligini ma’lum qilib, ushbu mablag’larni undirib berish masalasida “Ishonch telefoni”ga qilgan murojaati Forish tuman adliya bo’limi tomonidan o‘rganib chiqildi.
Murojaatni ko‘rib chiqish jarayonida Forish tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi  xodimi M.Tirkashev bilan ish beruvchi o‘rtasida 2023-yil 1-mayda mehnat shartnomasi bekor qilinganligi, Jizzax viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan 2023-yil aprel oyi ish haqi va 2 yillik foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun kompensatsiya to‘lab berilmaganligi aniqlangan.

Shunga ko’ra, Jizzax viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasiga
M.Tirkashevningning manfaatida taqdimnoma ta’sir chorasi kiritilib, 6 114 000 (olti million bir yuz o’n to’rt ming) so’m undirib berildi.

17
Aksiya doirasida

Jizzax shahar Adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i N.Fayziyeva va bosh yuriskonsult A.Arakulov tomonidan navbatdagi targ'ibot tadbirlari Jizzax shahridagi viloyat koʻzi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun "Nurli maskan" ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o'tkazildi

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-apreldagi "Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda ta'lim berish sifatini oshirish hamda ular faoliyatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to'g'risida"gi PQ-209-sonli Qaroriga asosan koʻzi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalarning ta'lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash. ularning jamiyatga moslashuviga ko'maklashish hamda qo'llab-quvvatlash bo'yicha ishlari amalga oshirilishi yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi

Shuningdek jismoniy yoki aqliy nuqsonlari sabab imkoniyati cheklangan. ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj shaxslarga nogironlik belgilanish mezonlari. tibbiy ko'rik muddatlari, nogironlik darajasini o'zgartirish tartiblarinogironligi bo'lgan shaxslar soliqlar va boshqa majburiy to'lovlardan ozod etilganligi haqida to'liq ma'lumot berildi.

16
BILASIZMI?

Xorijga chiqish biometrik pasportini qayerdan olish mumkin?

Jizzax viloyati boʻyicha 7 ta tuman adliya boʻlimlari davlat xizmatlari markazlari tomonidan fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportlari berish imkoniyati mavjud.

Bugungi kunda Jizzax shahar, Baxmal tuman, Gʻallaorol tuman, Zomin tuman, Zarbdor tuman, Forish tuman, Doʻstlik tuman adliya boʻlimi davlat xizmatlari markazlariga borgan xolda bu xizmatdan foydalanishingiz mumkin.

15
"BILASIZMI?" viktorinasi o'tkazilmoqda

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 8-dekabr Oʻzbeksiton Respublikasi Konstututsiyasi qabul qilingan sana munosabati bilan fuqarolar oʻrtasida bozorlar va istirohat bogʻlarida, aholi gavjum koʻchalarda Konstitutsiyaga oid bilimlarni savol-javob qilish orqali sinovdan oʻtkazish boʻyicha “Bilasizmi” viktorina loyihasi amalga oshirilmoqda.

Savollarga to'g'ri javob bergan yurtdoshlarimizga Konstitutsiya kitoblari sovg'a qilinmoqda.

14
Huquqiy darsxona

Jizzax viloyati adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi Sh.Sulaymonov Jizzax radiokanali-FM 105,5 toʻlqinlarida "Huquqiy darsxona" radio loyihasining navbatdagi soni mehmoni bo'ldi.

Jonli muloqot davomida Adliya vazirligi tomonidan yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirish maqsadida turli sohalarda uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish hamda ularni lex.uz saytiga joylashtirib borish yoʻlga qoʻyilganligi yuzasidan yangiliklar aholiga yetkazildi.

13
FUQAROLARNING SUD-HUQUQ MASALALARI BO‘YICHA MUROJAATLARI  BARCHA HUDUDLAR KESIMIDA O‘RGANILMOQDA

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan viloyat aholisining mazkur yoʻnalishdagi muammolari bo'yicha yuzma-yuz muloqotlar tashkil etilmoqda.

Zomin, Yangiobod va Zarbdor tumanlari buyicha mintaqaviy tarzda oʻtkazilgan adliya qabullarida fuqarolarning ish haqi undirish, mehnat va bandlik munosabatlari, aliment, uy-joy, egalik huquqi, yuridik faktlar masalasi, pensiya, tibbiyot, ijtimoiy himoya, ijtimoiy, iqtisodiy, fuqarolik, sud-huquq tizimidagi muammolar, qonuniy huquqlaridan foydalanish, fuqarolik holati bilan bogʻliq hamda boshqa masalalari yuzasidan muammolari tinglandi. Fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarga huquqiy yechim kursatildi, har bir murojaat tegishliligi bo'yicha vakolatli organlarga yo'naltirilib, yechimi nazoratga olindi.

10
TAYINLOV

Bekmurodov Nasim Salaxitdinovich - O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligi Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining tegishli buyrug‘i bilan Sharof Rashidov tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

Jizzax viloyati adliya boshqarmasi jamoasi Nasim Salaxitdinovichni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi!

10
TAYINLOV

Xusanov Aziz Tolip o'g'li - O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligi Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining tegishli buyrug‘i bilan Jizzax shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

Jizzax viloyati adliya boshqarmasi jamoasi Aziz Tolip o'g'lini ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi!

09
JIZZAXDA FUQAROLARNING SUD-HUQUQ MASALALARI BO‘YICHA MUROJAATLARI O‘RGANILMOQDA

Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Masʼul rahbar xodimlarning joylarga chiqib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilishi, ularning dardu-tashvishlariga quloq tutishi buning amaliy ifodasidir. Adliya boshqarmasi boshlig'i tomonidan o'tkazilgan sud-huquq masalalari boʻyicha ommaviy sayyor qabullar ham ayni tamoyil asosida tashkil etildi. Jizzax viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan viloyat aholisining mazkur yoʻnalishdagi muammolari oʻrganildi.

Jizzax shaxri, Sharof Rashidov, Paxtakor va Forish tumanlari buyicha mintaqaviy tarzda oʻtkazilgan adliya qabullarida fuqarolarning ish haqi undirish, mehnat va bandlik munosabatlari, aliment, uy-joy, egalik huquqi, yuridik faktlar masalasi, pensiya, tibbiyot, ijtimoiy himoya, ijtimoiy, iqtisodiy, fuqarolik, sud-huquq tizimidagi muammolar, qonuniy huquqlaridan foydalanish, fuqarolik holati bilan bogʻliq hamda boshqa masalalari yuzasidan muammolari tinglandi. Fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarga huquqiy yechim kursatildi, har bir murojaat tegishliligi bo'yicha vakolatli organlarga yo'naltirilob, yechimi nazoratga olindi.

Taʼkidlash kerakki, fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yechim topish uchun yoʻlga qoʻyilgan mazkur qabullar xalq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, shu orqali avvalo inson huquq hamda manfaatlarini taʼminlash, xalqimizning farovon hayot kechirishi, ularni qiynayotgan muammolarni joyida oʻrganib, adolatni qaror toptirishga xizmat qilmoqda.

08
Targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

Mahallalarda oila va xotin-qizlar bilan ishlash hamda ushbu masalada aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan har bir ayol va xotin-qizlar uchun huquqiy yordam!

Jizzax shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti Mahfuza Yoqubjonova tomonidan Jizzax shahar, Qaliya MFYda uyma-uy yurgan holda mahalladagi xotin-qizlarni qiynab kelayotgan muammolar o’rganildi va huquqiy yechimlari berildi.

Fuqarolarning xonadoniga mahalla xotin-qizlar faoli hamrohligida borildi hamda xotin-qizlar va ayollar murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.

Qonunchilik tizimidagi eng oxirgi o’zgarishlar to’g’risida xabardor qilindi.