Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

27
Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan e'lon qilingan "Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan" shiori ostidagi huquqiy aksiya doirasida Baxmal tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan tumanning "Bog'ishamol" MFYda fuqarolar bilan yuzma-yuz uchrashuvlar tashkil etildi. Aholi muommolari o'rganildi, shunga ko'ra ularga huquqiy maslahatlar berildi. Shuningdek, qonunchilikdagi so'nggi yangiliklar yuzasidan ma'lumotlar berildi. Aksiya doirasida keng qamrovli targ'ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.

26
Huquqiy targ'ibot

Jizzax shahar adliya bo’limi Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Raxmatov tomonidan Jizzax shahar Olmazor mahalla fuqarolar yig'inida huquqiy targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.05.2023 yildagi “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-67-sonli Farmoni talablariga asosan yangi tahrirdagi konstitutsiyamizga kiritilgan o’zgarishlar to’g’risida, shuningdek qonuchilik tizimidagi yangiliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Yig’ilish so’ngida, fuqarolarining barcha savollariga atroflicha javob berildi.

25
Adliya aralashgach...

17.08.2023 yilda Arnasoy tumanining Cho‘lquvar MFYda o‘tkazilgan sayyor qabul davomida Keldiyorova Marjonaning 2022-yil sentyabr oyida 15-son umumta’lim maktabi kutubxonachisi vazifasidan bola parvarish ta’tiliga chiqqanligi va bugungi kunda maktab direktori ishga qabul qilmayotganligi shu sabab vazifasini davom ettirshda amaliy yordam berishni so‘rab yozgan arizasiga asosan o'rganish o'tkazildi.

Natijada 10-3-43-DUM/2022-son buyruq rasmiylashtirilib, 15-son umumta’lim maktab direktoriga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasiga asosan ma’miriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

22
HUQUQIY AXBOROTNI TARQATISH SOHASIDAGI ENG NAMUNALI TASHKILOT

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qaroriga asosan jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarining bu borada olib borgan targ‘ibot tadbirlarini monitoring qilish va baxolash adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Shunga ko‘ra, Jizzax viloyatidagi 20 ta davlat organlari va tashkilotlari va tuman, shahar darajasidagi 12 ta davlat tashkilotlarida monitoringlar amalga oshirildi.

Huquqiy axborotni tarqatish, fuqarolarni va tizim xodimlarini o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha qabul qilinayotgan qonun hujjatlari bilan tanishtirib borish ahvoli, huquqiy targ‘ibot tadbirlarini manzilli amalga oshirish mexanizmi to‘liq o‘rganib, tahlil qilinganida Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan mazkur tadbirlar sifatli amalga oshirilganligi kuzatildi.

Shu munosabat bilan Jizzax viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasini huquqiy axborotni tarqatishda qiloyatdagi eng namunali boshqarma deb e’lon qilamiz.

22
O'zimiz keldik...

“O’zimiz keldik” loyihasi doirasida adliya boshqarmasining intellektual mulk yo'nalishi mas’ullari umumta'lim maktablarida bo'lishib o'qituvchi va o'quvchilarga kontrafakt maxsulotlari yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordilar. O’zaro muloqot jarayonida mavzu yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berib o‘tildi.

Aholi orasida intellektual mulk savodxonligini shakillantirish borasidagi bunday tashabbuslar viloyatning barcha ta'lim muassasalarida davom etadi.

21
Sayyor qabul

Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi boshligʻi Akmal Ergashev Manas mahallasida boʻlib, aholi bilan sayyor qabul oʻtkazdi.

Unda tuman hokimi oʻrinbosari Bobur Islomov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri Gʻaybulla Parmonov hamda tumandagi korxona va tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etishdi.

Sayyor qabul rasmiylikdan holi, ochiq muloqot tarzida oʻtdi.

Adliya boshqarmasi boshligʻiga aholi vakillari oʻzlarini qiynayotgan 30 dan ortiq masalalar boʻyicha murojaatlar qilishdi. Ulardan oʻntasiga huquqiy tushunchalar berildi, yigirmadan ortiq murojaatlar Adliya organlari tomonidan nazoratga olindi.

Qabul yakuniga yetgach Akmal Ergashev mahalladagi 17-sondi Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda “Manaslik chevarlar” tikuvchilik majmuasi faoliyati bilan tanishdi.

20
O'zimiz keldik...

“O’zimiz keldik” loyihasining bu galgi manzili Mirzacho'l tumani markaziy dehqon bozori. Viloyat adliya boshqarmasi xodimlari, intellektual mulk yo'nalishi mas’ullari, tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi xodimlari tadbirkorlar o'rtasida tushuntirish ishlarini olib bordilar. O’zaro muloqot jarayonida mavjud muammolar yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berib o‘tildi.

Ish, oila tashvishlaridan ortib ehtiyoji bo‘lsada davlat xizmatlari markazlariga borishga vaqt topa olmayotgan fuqarolarga juda katta qulaylik yaratildi. Bunday imkoniyat fuqarolarning roziligiga hamda minnatdorligiga sabab bo‘ladi albatta.

Tuman markazidan olis hududlarda istiqomat qilayotgan aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq bu kabi sayyor xizmat ko‘rsatish jarayonlarlari aholiga qulaylik va yengillik yaratish maqsadida viloyatning barcha xududlarida davom etmoqda.

19
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish bo'yicha amaliy seminar tashkil etildi.

"O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PQ-162-sonli qarorining mazmun-mohiyati, ijro intizomini tashkil etishda "edo.ijro.uz" elektron tizimining o'rni va ahamyati" mavzusida viloyat adliya boshqarmasi hamda viloyat hokimligi mas'ul xodimlar tomonidan seminar mashg'ulotlari o'tkazildi.

Mazkur seminarda, “UNICON-SOFT” MChJ mutaxassislari tomonidan "Edo.ijro.uz" tizimiga biritirilgan tashkilotlarning xodimlariga mazkur tizimda ish yuritish tartibi, bosqichlari va texnik jihatlari bo'yicha yetarlicha tushunchalar berildi.

18
Jizzaxda yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyati filiali, viloyat adliya boshkarmasi va viloyat hokimligi hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda hokimliklar, boshqarma hamda tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan davlat fuqarolik xizmatchilari ishtirok etishdi.

Tadbirni Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev kirish soʻzi bilan ochib berdi. Shundan soʻng Toshkent davlat yuridik universiteti tajribali huquqshunos ekspertlar guruhi tomonidan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan konstitutsiyaviy normalarning ijrosini soʻzsiz taʼminlash boʻyicha vazifalar yoritib berildi.

Shu bilan birga viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirib utildi.

Taʼkidlandiki, barcha sohalarda inson qadrini tom maʼnoda yuksaltirish, davlat va jamiyat hayotini “inson-jamiyat–davlat” degan tizimga asoslangan holda boshqarish mexanizmini yanada rivojlantirish, shuningdek, sud-huquq tizimi sohasidagi islohotlar tushuntirildi.

15
Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestrda shakllantiriladi

Hukumat qarori (385-son, 14.08.2023-y.) bilan Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, Yagona reyestrda tadbirkorlik faoliyati sohasidagi majburiy talablar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ochiq va umumiy foydalanish uchun joylashtiriladi.

Majburiy talablarni qisqartirish va ularning Yagona reyestrini shakllantirish ishlarini tashkil etish ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.