Yangiliklar
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari S.Raximov, Yangiobod tuman hokimi I.Qarshiboev, sektor rahbarlari bilan birgalikda "Yangiobod" ShFYda yashovchi fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi. Mahalladagi bilim va kasb o'rganishga ehtiyoji bor bo'lgan ishsiz yoshlar va xotin-qizlarga “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” asosida ishga joylashtirish hamda ijtimoiy yordam berish, uy-joy olishga ehtiyoji bor fuqarolarga uy-joy olish tartibi tushuntirilib va huquqiy maslahatlar berildi. Ishsizlik ortidan keladigan salbiy oqibatlar nafaqat bir inson taqdiri bilan bog'liq, balki jamiyat rivojiga ham salbiy ta'sir etuvchi omildir. Shu sabab yoshlarni va xotin-qizlarni o'qitish, shu bilan birga kasbga yo'naltirish uchun amaliy ishlarni yanada jonlantirish lozim. Viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari S.Raximov va bir guruh faollar uyma-uy kirgan holda aholi bilan yuzma-yuz muloqotlarga kirishdi. Kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga viloyat adliya boshqarmasining oziq-ovqat mahsulotlari va sovg'alari topshirildi. Xalq minnatdorligi va roziligiga erishish eng katta baxt.
Xalq orasiga yaqinroq kirib borish va ularga beminnat xizmat ko'rsatish bugun eng samarali tizim hisoblanadi. Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, Forish tuman adliya bo'limi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Forish tumanidagi "Osmonsoy" dehqon bozorida "Huquqiy profilaktika" tadbiri amalga oshirildi. Ushbu profilaktika tadbiri davomida fuqarolarga jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, unga qarshi kurashish, jinoyatni sodir etilishga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish, salbiy illatlarning huquqiy oqibatlari yuzasidan ma’lumotlar berildi. Shuningdek, xalqning uzog'ini yaqin qilish, mablag'i va vaqtini tejash maqsadida tadbir davomida davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi. Olis hududlarda bunday loyihalarning amalga oshirilishi aholi uchun ayni muddao.
Konstitutsiya mustaqilligimiz ramzidir. Konstitustsiya yurtimizdagi har bir fuqaroning huquqiy kafolati hisoblanadi. Konstitutsiyani o'rganish esa o'z huquqlarimizdan foydalana olishdir.
Shu sababdan, Konstitutsiyaga kiritilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalar shuningdek, qonunchilikdagi yangiliklar haqida fuqarolarni xabardor qilish yuzasidan joriy yilning 14-dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'lim boshlig'i J.Karimov tomonidan huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Shuningdek seminarda fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun talablari bo‘yicha ham tushuntirish ishlari olib borildi va fuqarolarning seminar yuzasidan qiziqtirgan savollariga javob berildi.
"Darakchi" gazetasining navbatdagi sonida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Inson resurslari bo'limi bosh maslahatchisi Sherzod Qaynarovning "Yer uchastkalarini rasmiylashtirish tugatildimi?" nomli maqolasi chop etildi.
Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.
Shu jumladan, Jizzax viloyati adliya boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish bo‘yicha reja-grafikka asosan Mirzacho‘l tumani Paxtazor SHFYda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Raximov tomonidan sayyor qabul tashkil etilib shu hududda yashovchi fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Sayyor qabul davomida ko'plab fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning asosiy qismi huquqiy savodxonlikning yetishmasligi oqibatida yuzaga kelmoqda. Shu sabab har bir masalaga huquqiy tushuntirish berish, yo'l-yo'riq ko'rsatish orqali ham ularni bartaraf etish mumkin. Shu sabab dastlab eng ko'p murojaat kelib tushadigan masalalarni tartibga solib beruvchi qonun hujjatlari yuzasidan ma'lumotlar berib o'tildi.
Yechimi vaqt talab etadigan masalalar ish yurituviga olindi, mutasaddilar bilan birgalikda yechimini ta'minlash borasida ishlar tashkil etiladi.
Korrupsiya haqqiqatan ham davr muammosidir. Har bir mamlakat rivojlanishi, taraqqiy etishi, rivojlangan mamalakatlar qatoridan joy olishi uchun albatta, bu muammodan qutulishi lozim. Shu sababdan, joriy yilning 13-dekabr kuni Jizzax viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasida jizzax viloyat adliya boshqarmasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Jizzax viloyati prokuraturasi, viloyat IIB va qator tashkilotlar hamkorligida "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusi doirasida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilayotganligi, xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning qabul qilinganligi, shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika komissiyasining tashkil etilgani, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Davlat dasturining tasdiqlangani yurtimizda korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlardan ekanligi aholiga tushuntirib o'tildi. Seminar davomida fuqarolar mas'ul xodimlardan o'zlari qiziqan savolarga ham javob olishdi.
/Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi/
Hozirgi globallashuv davrida korrupsiya jamiyatni ich-ichidan yemirib, oxir-oqibat tanazzulga eltuvchi xavfli bir illat hisoblanadi.
Shu bois mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda. Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilingani, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tashkil etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturining tasdiqlanishi jamiyatimizda bu illat bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni samarali amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi.
Forish tuman adliya bo‘limi tomonidan Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan “ Korrupsiya taraqqiyotimiz kushandasi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida 9-dekabr "Korrupsiyaga qarshi kurashish" kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi bosh maslaxatchisi Sulaymonov Shuhrat ishtirok etib talabalarga bugungi kundagi korrupsiyaning oldini olish maqsadida qanday choralar ko'rilayotganligi haqida tushunchalar berib o'tdilar.
Tadbir yakunida 9-dekabr "Korrupsiyaga qarshi kurashish" kuni munosabati bilan o'tkazilgan Insholar hamda Rasmlar tanlovining g'olib va sovrindorlari munosib taqdirlandilar.
Zomin tuman Adliya bo'limi tomonidan Zomin tumani “Qo'shtol” MFY Qangli qishlog'ida yashovchi 1959 yilda tug'ilgan fuqaro Mamanazarov Tursunboy Bozorboevichning hozirgi kunga qadar fuqarolik pasporti olmaganligini ma'lum qilib, ushbu masalada amaliy yordam so'rab yo'llagan murojaati o'rganib chiqildi. Uning fuqarolik pasportini olish haqida turli idoralarga yo'lgan murojaati rad etib kelingan.
Zomin tuman Adliya bo'limining bevosita aralashuvi bilan holat har tomonlama, to'liq va xolisona o'rganilib, fuqaro T.Mamanazarovning manfaatida tug'ilganlik faktini belgilash haqida fuqarolik ishlari bo'yicha Zarbdor tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritildi. Mazkur murojaatni o'rganib chiqish natijasiga ko'ra fuqaro Mamanazarov Tursunboy Bozorboevichga fuqarolik pasporti olib berilishi ta'minlanib, uning yillar davomida hal etilmasdan kelayotgan muammosi qonuniy hal etilishi ta'minlandi.
Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi FM 105,5 hamda 106.2 toʻlqinlarida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan "Huquqiy viktorina" tashkil etildi.
Shuningdek, Jizzax viloyat adliya boshqarmasi mas'ul hodimi Sh.Sulaymonov konstitutsiyaviy bilimlarni tinglovchilar bilan o'rtoqlashdi.