Yangiliklar
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Jizzax viloyat mudofaa ishlar boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy texnika va mutaxssisliklarga tayyorlash markazida “Korrupsiya-kelajakka tahdid” mavzusida seminar o‘tkazildi, shuningdek tadbir davomida harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolariga imtiyozlar nazarda tutilgan qonun hujjatlari bo’yicha tegishli tushuntirishlar berib o‘tildi
Paxtakor tuman "Chamanzor" MFYda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig’ining birinchi o‘rinbosari E.Maxammadiyev tomonidan sayyоr qabul o‘tkazildi. Sayyоr qabulda Paxtakor tuman hokimligi, adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazlari, Yuridik xizmat ko’rsatish markazlari, FHDY bo‘limi xodimlari va hamkor tashkilotlar xodimlari ishtirok etdi. Qabul davomida 30 dan ortiq murojaatlar tinglanib, bir qancha murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar va tavsiyalar berildi, 10 ta murojaat qabul qilinib nazoratga olindi. Shuningdek, Paxtakor tuman davlar xizmatlari markazi tomonidan 50 nafardan ortiq 7-sonli maktab o‘qituvchilari va hududda yashovchi fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilib, Mobile ID dan ro‘yxatdan o‘tkazilishi ta’minlandi.
Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o‘quvchilari o'rtasida "Jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha namunaviy sud protsessi" tanlovining respublika bosqichida faol ishtirok etganligi uchun Jizzax viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi Norboyeva Farangiz Ulug‘bek qizi "Sud protsessining eng yaxshi notigʻi" nominatsiyasiga loyiq deb topildi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Jizzax shahar adliya bo‘limi binosida nodavlat notijorat tashkilotlarning mavjud muammolarini o‘rganish, davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashish hamda NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi nodavlat notijorat tashkilotlari bo‘limi boshlig‘i Sh.G‘ziyevo, O‘zNNTMA Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi mutaxassisi E.Jabborov va Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondimutaxassisi M.Xolboyev tomonidan viloyat hududida faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari hamda mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Shundan so‘ng, Sh.G‘oziyev so‘zga chiqib, bugungi kunda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari demokratik huquqiy davlat barpo etish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash hamda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy salohiyatini oshirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etayotganligini hamda respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirokchi va hamkor sifatida nodavlat notijorat tashkilotlarining rolini yanada oshirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini mustahkamlash, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida bir qancha ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilganlini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 858-son qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishish tartibi to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 1-iyundagi 308-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom mazmun-mohiyati hamda adliya vazirining 2018-yil 27-iyundagi 336-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati to‘g‘risidagi hisobot shakli hamda uni vazirlikning sayti orqali topshirish haqida zarur tushunchalarni berib o‘tdi. Seminar-trening yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.
Sharof Rashidov tumani 36-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tumandagi barcha maktab direktorlarining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Sharof Rashidov tuman adliya bo‘limi yetkachi maslaxatchisi I.N.Beknazarov va tuman xalq ta’lim bo‘limi mas’ul xodimi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022-yil 30-noyabrdagi №02-РA1/1-1818-sonli xatiga ko‘ra, “Huquqiy bilimlar”, “Huquq va majburiyatlaringizni bilasizmi?”, “Siz qonun himoyasidasiz” hamda “Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbirda pirotexnika vositalariga qarshi kurashish bo‘yicha maktab direktorlarini ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlarining mas’ulyati yanada oshirildi.
Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi FM 105,5 hamda 106.2 toʻlqinlarida "Yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlar" yuzasidan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan jonli efir tashkil etildi.
Shuningdek, jonli efir davomida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi mas'ul hodimi Iroda Ablakulova fuqarolarning qiziqtirgan savollariga javob berdi.
"Jizzax haqiqati" gazetasining 21-dekabr sonida Zarbdor tuman adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi I.Ismatovning "Elektron tijorat nima?" nomli maqolasi chop etildi.
Zarbdor tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli maktablardagi kadr bo‘yicha inspektorlar tomonidan razryad bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari hozirgi kungacha to‘lab berilmaganligi sababli ushbu pul mablag‘larini to‘lab berishda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘rab yozgan birgalikdagi murojaatlari mutaxassislar ishtirokida o‘rganib chiqildi.
Aniqlanishicha, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.09.2019 yildagi 743-son qarorining 4-ilovasiga asosan, oliy ma’lumotli mutaxassislar, mutaxassislar va inspektorlarga 6 razryad yagona tarif setkasi bo‘yicha razryad belgilangan bo‘lsada, Zarbdor tuman Xalq ta’lim bo‘limiga qarashli 30 nafar umumta’lim maktablari kadrlar bo‘yicha inspektorlarga 3 razryad bo‘yicha hisoblanib 2020-2021 yillar davomida 463 429,0 ming so‘m hisoblanib to‘lanishi o‘rniga 367 595,1 ming so‘m hisoblanib to‘lanishi natijasida 95 833,9 ming so‘m kam hisoblanib to‘langan.
Mazkur holat yuzasidan tuman Xalq ta’limi bo‘limiga to‘lab berish yuzasidan taqdimnoma kiritilib 29 nafar xodimlarga 95 833,9 ming so‘m ish haqi to‘lab berildi.
Shuningdek, Zarbdor tumani adliya bo‘limi tomonidan Zarbdor tumani SJO va JSBda ishlovchi 20 nafar xodimlarning ushbu tashkilotdagi 2016-2018 yillardagi va undan oldingi mehnat faoliyati uchun foydalanilmay qolgan mehnat ta’tillari uchun kompensatsiya undirish to‘g‘risidagi murojaatlari o‘rganib chiqildi.
O’rganish natijasiga ko‘ra mutaxassislarning xulosalari olinib, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudiga ushbu xodimlarning manfaatida 20 ta arizalar kiritildi.
Sud qarorlariga asosan, har bir xodim uchun foydalanilmay qolgan mehnat ta’tillari uchun kompensatsiyalar undirilishi belgilandi va to‘lab berildi.
Yangiobod tuman adliya bo'limi boshlig'i J.Abduxoliqov, Fuqarolik ishlari bo'yicha Zarbdor tumanlararo sudi raisi J.Esanov tomonidan Yangiobod tumani Yangiobod SHFYda sayyor qabul bo'lib o'tdi. Sayyor qabul davomida fuqarolar o'zlarining qiynab kelayotgan muammolari bilan murojaat qilishdi.Sayyor qabul yakunida Yangiobod tuman Balandchaqir MFY Saxovat ko'chasida yashovchi fuqaro Sh.Bekmurodov manfaatida Yangiobod tuman adliya bo'limi tomonidan “Tug'ilganlik faktini belgilash” haqidagi Fuqarolik ishlari bo'yicha Zarbdor tumanlararo sudiga kiritgan da'vo arizasi Sayyor sud tartibida ko'rib chiqilib qanoatlantirildi.
Prezident ta'lim muassalari agentligi Jizzax viloyat hududiy bo'limi va Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida Prezident ta`lim muassasalari tasarrufiga kiruvchi maktab, maktab internatlari va ijod maktabi o'quvchilari o'rtasida ularning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida "Siz qonunni bilasizmi?" ko'rik tanlovi tashkil etildi.