Yangiliklar
Jizzax viloyat adliya boshqarmasiga fuqaro Z.Jalilov vakolatli organ tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishda qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligidan norozi bo‘lib murojaat yo'llagan. Uning murojaatida mazkur noqonuniy qarorlarni bekor qilib etkazilgan moddiy va ma’naviy zarar undirishda amaliy yordam soralgan bo'lib, bu masala boshqarmaning Inson huquqlari bo'limi tomonidan o‘rganib chiqildi.
O'rganish natijasida noqonuniy ma’muriy jarima qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlar bekor qilinib, etkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undirish to‘g‘risida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga da’vo ariza kiritildi. Jizzax tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga ko'ra fuqaro Z.Jalilovga 2.100.000 so'm moddiy zarar va 500.000 so'm ma'naviy zarar undirib berildi.
Zomin turizm va servis kolleji binosida tuman tadbirkorlari hamda mahalla fuqarolari ishtirokida 2023 yil 30 aprel kuni mamlakatimizda o‘tkaziladigan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendum targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan tuman Adliya bo’limi mutaxassisi Mirzamurod Rustamov yangi Konstitutsiya loyihasida inson va uning haq-huquqlari borasida kiritilayotgan yangi normalar to‘g‘risida tushunnchalar berdi.
«Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki» shiori ostida o’tkazilgan tadbirida barcha ishtirokchilar o‘z vakolatidan foydalangan holda umumxalq Referendumida faol ishtirok etishga chaqirildi.
Adliya boshqarmasi tomonidan Jizzax viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida "Yangi O'zbekistonda - yangi tahrirdagi Konstitutsiya" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda boshqarma xodimlari I.Ablakulova va Sh.Sulaymonov ishtirok etib, tadbir ishtirokchilariga yangi tahrirdagi konstitutsiya loyihasi yuzasidan keng tushuntirishlar berdi.
Jumladan, yangilanayotgan konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari qonunlarimizning, har bir vazirlik va idora faoliyatining mazmuniga aylanishi qat’iy talab sifatida belgilanmoqda.
Shuningdek, “Inson qadri” tamoyiliga asosan qonunlardagi noaniqliklar inson foydasiga hal bo‘lishi shart va zarur ekanligi, davlat va inson o‘rtasida munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikdagi noaniqliklar, turli tushunmovchiliklar bartaraf etiladi, fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiliklari oldi olinishi aytib o‘tildi.
Bugun Jizzax viloyat soliq boshqarmasida "Yangi O'zbekistonda - yangi tahrirdagi Konstitutsiya" mavzusida viloyat Adliya boshqarmasi mutaxassisi bilan uchrashuv tashkil etildi.
Unda Adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi Sh.Sulaymonov ishtirok etib, tadbir ishtirokchilariga yangi tahrirdagi konstitutsiya loyihasi yuzasidan keng tushuntirishlar berdi.
Jumladan, yangilanayotgan konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari qonunlarimizning, har bir vazirlik va idora faoliyatining mazmuniga aylanishi qat’iy talab sifatida belgilanmoqda, bu hol davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning faqat va faqat fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab faoliyat ko‘rsatishiga asos bo‘lishi ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, “Inson qadri” tamoyiliga asosan qonunlardagi noaniqliklar inson foydasiga hal bo‘lishi shart va zarur ekanligi, davlat va inson o‘rtasida munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikdagi noaniqliklar, turli tushunmovchiliklar bartaraf etiladi, fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiliklari oldi olinishi aytib o‘tildi.
Zero, yangilanayotgan Konstitutsiyada jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlari inobatga olingani, Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyat jipslashgani, Bosh Qomusimiz tom ma’noda xalq Konstitutsiyasi bo‘layotganidan dalolat beradi.
Uchrashuvda ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 154-moddasida ish beruvchi oʻzining moliyaviy holatidan qatʼi nazar xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq ushbu Kodeksning 161-moddasida koʻrsatilgan muddatlarda toʻlashi shart deb belgilangan. Shuningdek, 161-moddasiga muvofiq, mehnatga haq toʻlash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam boʻlishi mumkin emas.
Ammo, O‘zbekiston pochtasi AJ Jizzax filiali Paxtakor tumanlararo pochta aloqa bo‘limida ushbu normalarga amal qilinmagan holda 5 nafar xodimga 3 oy davomida ish haqi to'lanmagan. Ushbu muammo yuzasidan qilingan murojaat Arnasoy tuman adliya bo'limi tomonidan ijobiy hal etildi. O'rganishlar asosida tashkilotga kiritilgan hatga ko'ra xodimlarga to'lanmay kelingan jami 18 mln 50 ming so'm miqdordagi ish haqlari to'lab berildi.
O'z vaqtida olinmagan tug'ilganlik tog'risidagi guvohnomasi, bir qancha muammolarni keltirib chiqarishi aniq. Sababi har birimizning shaxsimizni tasdiqlovchi dastlabki hujjat bu tug'ilganlik tog'risidagi guvohnoma hisoblanadi.
Ammo yurtdoshlarimizning orasida o'z vaqtida tug'ilganlik tog'risidagi guvohnomani rasmiylashtirmay keyinchalik muammolarga duch kelayotganlar ham yo'q emas.
Huddi shunday fuqarolardan biri Paxtakor tuman adliya bo'limiga murojaat bilan kelgan. Tuman adliya bo'limi hodimlari tomonidan tegishli tartibda murojaat o'rganib chiqilib, fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi va 1 yildan ko'proq vaqtga kechikkan tug'ilganlik tog'risidagi guvohnoma o'z egasiga topshirildi.
Jizzax viloyati yuridik texnikumi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilda Jizzax viloyati yuridik texnikumining 125 nafar bitiruvchi-o‘quvchilariga texnikumni tamomlaganligi bo‘yicha davlat namunasidagi diplom taqdim etildi.
Tadbirda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Ergashev ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarga egallagan kasbi bo‘yicha yetuk kadr bo‘lib doimo xalq xizmatiga tayyor, vatanparvar, fidoyi inson sifatida faoliyat yuritishni va yuksak natijalar, muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lishini tiladi.
Tadbirda o‘quvchilarning ota-onalari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari ham ishtirok etdi.
"Jizzax ovozi" gazetasining novbatdagi sonida "Adliya maslahatxonasi" ruknida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi xodimlarining maqolalari chop etildi.
Қонунчиликка (https://lex.uz/docs/97664)кўра, (https://lex.uz/docs/97664#5451032) қуйидаги ҳаракатлар жисмоний ва юридик шахсларнинг мурожаатлари тўғрисидаги қонун ҳужжатларини бузиш ҳисобланади:
➖ мурожаатларни қабул қилиш ва кўриб чиқишни қонунга хилоф равишда рад этиш;
➖ мурожаатларни кўриб чиқиш муддатларини узрли сабабларсиз бузиш;
➖ мурожаатларга ёзма ёхуд электрон шаклда жавоб юбормаслик;
➖ мурожаатлар тўғрисидаги қонун ҳужжатларига зид қарор қабул қилиш;
➖ жисмоний ва юридик шахсларнинг бузилган ҳуқуқлари тикланишини, мурожаат муносабати билан қабул қилинган қарорнинг бажарилишини таъминламаганлик.
Ушбу ҳаракатларни содир этиш мансабдор шахсларга 300 минг сўмдан 900 минг сўмгача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.
Adliya boshqarmasi hamda Zarbdor tuman adliya boʻlimi hamkorligida tuman dehqon bozorida sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi. Mazkur tadbir jarayonida tadbirkorlar bilan uchrashib muommalari oʻraganildi, 20 dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatilidi.