Yangiliklar
Hodimlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish shuningdek, intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hodimlari uchun zakovat intellektual o'yini o'tkazildi
Qizg'in bo'lib o'tgan bahsda eng kam bal to'plagan jamoa o'yinni tark etdi, yuqori balga ega bo'lgan 4 ta jamoa o'yinning keyingi bosqichiga o'tdi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamda Zafarobod tuman hokimligi bilan hamkorlikda "Alisher Navoiy" hiyobonida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar tog‘risidagi qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati hamda ahamiyatini keng aholiga etkazish, shuningdek fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berish maqsadida “Konstitutsiya – kelajagimiz kafolati” shiori ostida huquqiy aksiya tashkil etildi.
Mazkur aksiya doirasida:
-fuqarolarga huquqiy maslahatlar berish,
-ularning ijtimoiy va siyosiy huquqlari tushuntirish,
-aholi muammolari oʻrganish,
-sayyor qabullarni tashkil qilish,
-sayyor xizmatlar ko'rsatish,
-aholiga yangilanayotgan konstitutsiya mazmun-mohiyati boʻyicha ma'lumotlar berish ishlari olib borildi.
Shu bilan birga viktorina o'yinlari ham tashkil etildi.
Adliya vazirligi tashabbusi bilan referendum qonunchligi, uning o'tkazilish tartibi bo'yicha yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etilgan "Targ'ibot poyezdi" Jizzaxga yetib keldi. Toshkent davlat yuridik universiteti o'qituvchi va talabalaridan tashkil topgan targ'ibot guruhi joylardagi uchrashuvlarda ishtirok etishmoqda. Dastlab Jizzax jamoat salomatligi texnikumida o'quvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
3 kun davomida targʻibot guruhi tomonidan Jizzax shahrida joylashgan 5 ta oliy taʼlim muassasalarida 2000 dan ortik talaba yoshlar bilan uchrashuvlar, yuzma-yuz muloqotlar olib borildi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tizim hodimlari o'rtasida o'tkazilgan “Eng yaxshi kitobxon” tanlovida boshqarma bosh maslahatchisi Shuhrat Sulaymonov g'olib deb topildi.
O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Jizzax viloyat qo'riqlash boshqarmasida boʻlib oʻtgan tadbirda Jizzax viloyati yuridik texnikumi yuridik klinika rahbari Sh.Qarshiboyeva va texnikum kefеdra mudiri X.Muhammadiyev ishtirok etib, xodimlarga “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbeksiton Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mazmun-mohiyati hamda Referendum o‘tkazish tartibi to'g'risida tushuntirildi.
Shu bilan birga, Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar to‘g‘risida, inson huquq va erkinliklari sezilarli darajada kengaytirilayotganligi ta'kidlandi.
Forish tumani "Xonbandi" MFY Bodomzor ko’chasida yashovchi fuqaro S.Islomov bolalikdan nogiron qizi B.Amirova tumandagi 7-sonli MTT da tarbiyalanishi, buning uchun har oylik to’lovlar undirib kelinayotganidan shikoyat qilib tuman adliya bo'limiga murojaat yo'llagan.
Forish tuman adliya bo’limi aralashuvi bilan fuqaro S.Islomovdan nogiron qizi uchun MTT tomonidan noto’g’ri undirilgan to’lovlar qaytarib to’lab berilihi ta'minlandi. Shuningdek fuqaro Amirova Bonuni endilikda maktabgacha ta’lim tashkilotida imtiyoz asosida bepul tarbiyalanadi.
Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalarini Jizzax viloyati boʻyicha quyidagi joylarda almashtirishingiz mumkin:
Jizzax viloyati IIB YHXB RIB ➡️ Jizzax shahar "Bog'ishamol" MFY Tog'ishamol ko'chasi
Jizzax viloyat IIB YHXB TRIB ➡️ Do'stlik tuman "Sanoatchilar" MFY 1-uy
Jizzax viloyat IIB YHXB TRIB ➡️ Zomin tumani " Mustaqillik" ko'chasi 117-uy
Jizzax viloyat IIB YHXB TRIB ➡️ G'allaorol tumani "Madaniyam" QFY M-39 yo'lining 1013- kmda joylashgan "Sangzor 15" Blok posti binosi
Yangilanayotgan Konstitutsiya adolatli jamiyat qurish yoʻlidagi ulkan qadamdir.
Yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikga yetkazish, referendum jarayonlarida xalq ishtirokini ta'minlashda katta ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadni ko'zlab Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hodimlari tomonidan targ'ibot tadbirlari tashkil qilib kelinmoqda. Navbatdagi tadbirning manzili Jizzax viloyat Bojxona boshqarmasi bo'ldi.
Ushbu tadbirda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hodimi Sh.Sulaymonov tomonidan yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati yuzasidan maruza qilind
2023-yil 27-mart kuni Jizzax shahar hokimligi, sektor rahbarlari, mahalla fuqarolar yig'inlari raislari, hokim yordamchilari, xotin qizlar faollari va yoshlar yetakchilari va boshqa tashkilot xodimlari uchun Konstitutsiya islohotlarini umumxalq referendumi orqali amalga oshirilishida aholining huquqiy va siyosiy savodxonligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mehnat va ijtimoiy masala qo‘mitasi a’zosi O‘ral Kamolovich, Jizzax shahar hokimi Komil Athamovich hamda Jizzax shahar Adliya bo‘limi bosh yuriskonsulti Abdulaziz Raxmatov ishtirok etishdi.
Amalga oshirilishi kutilayotgan konstitutsiya islohatlari, referendum o‘tkazish maqsadi va vazifalari, bugungi kunda qabul qilinayotgan qonunlar mazmun va mohiyati hamda boshqa huquqiy masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi Jizzax viloyati mintaqaviy bólinmasi ishchi organi bilan hamkorlikda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma'naviy, huquqiy savodxonligini oshirish hamda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash maqsadida Jizzax viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazi chaqiriluvchilari bilan ma'naviyat soati tashkil etildi.
Tadbirda adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi Sh.Sulaymonov tomonidan yangilanayotgan Konstitutsiyamiz xalqimiz xohish-irodasi bilan amalga oshirilayotgani, undan koʻzlangan maqsad yurtimiz farovonligi va axolining yashash sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilganligini taʼkidlab oʻtdi.