Yangiliklar
Jizzax shahar adliya bo'limi DXM xodimlari Jizzax shahrida yashovchi guruh nogironligi bo’lgan fuqarolarga sayyor xizmat ko’rsatib, davlat organlari va tashkilotlari xalqqa xizmat qilishi lozimligi tamoyili asosida faoliyat olib bormoqda.
Arnasoy tuman Tibbiyot birlashmasida "Yangi Konstitutsiyada tibbiy yordamning kafolatlari" mavzusida suhbat tashkil etildi. Suhbat davomida tibbiyot sohasiga doir keng o'zgarishlar ayniqsa Konstitutsiyamizning 40-moddasiga kiritilayotgan takliflar yuzasidan fikr almashildi.
Xususan, Yangi Konstitutsiya loyihasining 40-moddasiga quyidagicha qo`shimchalar kiritilgan: "Har kim sog‘lig‘ining muhofaza qilinishi va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. Davlat sog‘liqni saqlashning davlat, xususiy va boshqa tizimlarini rivojlantirish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, tibbiy sug‘urtaning turli shakllarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha zarur choralar ko‘radi. Davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va himoya qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Davlat Orolbo‘yi mintaqasining ekologik tizimini himoya qilish va tiklash, uni ijtimoiy, iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish bo‘yicha zarur choralar ko‘radi".
Arnasoy tuman adliya bo`limi davlat xizmatlari markazi xodimi Sh.Uskanov tomonidan 40-moddaning mazmun-mohiyati yuzasidan xodimlarga tushuntirishlar berdi.
Davr — o'zgarishlarni talab qilmoqda. Bu esa, konstitutsiyaviy islohotlar bilan amalga oshiriladi. Umuman olganda, xorijiy amaliyotda konstitutsiyaviy o'zgarishlar tahlillari shuni ko'rsatadiki, nisbatan yangi qabul qilingan Konstitutsiyalarda asosiy normalar sifatida ekologik muammolarni bartaraf etish, qadriyatlarning kamsitilishiga yo'l qo'yilmaslik, millatlararo totuvlik, xavfsizlik, inson qadri hamda umuminsoniy qadriyatlarni yuqori qo'yish kabi umuminsoniy, demokratik normalar o'rin olgan.
O'zbekiston Respublikasida ham Konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni muhim bosqichga kirdi. Shuni aytishimiz joizki, Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar «inson-jamiyat-davlat» prinsipiga asoslangan bo‘lib, milliy Konstitutsiyaviy o‘zlikni aks ettiradi va amaldagi Konstitutsiyaning barcha bo‘limlariga tub o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutadi.
Joriy yilning 25-iyunidan mamlakatimizda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi boshlandi. Mazkur islohotlar avvalo “Inson qadri uchun” xizmat qilishini keng jamoatchilikka sodda, xalqchil tilda yetkazish adliya organlarining ham muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Shu bois joylarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, adliya organlari, huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar, oliy o'quv yurtlari professor-o`qituvchilari, mutaxassislari ishtirokida Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o`zgartirish va qo`shimchalarning mazmun-mohiyatini ochib berish maqsadida targ`ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Xususan, 02.07.2022-yilda Jizzax davlat Pedagogika universiteti madaniyat saroyida Oliy majlis qonunchilik palatasi spikeri o'rinbosari A.Qodirov va hamkor tashkilotlar, talabalar ishtirokida seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda KOnstitutsiyamizga kiritilayotgan asosiy o'zgartirishlar, jumladan, "Yangi Konstitutsiyada tibbiy yordamning kafolatlari", "Yangilanayotgan Konstitutsiyada davlat ijtimoiy himoyasi, pensiya, nafaqa, ish haqi tizimining mustahkamlanishi", "Yangi Konstitutsiyada shaxsiy hayot daxlsizligi, shaxsning erkin harakatlanish kafolatlari, shaxsni himoya qilish borasidagi yangiliklar", "Huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy: Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning zaruriyati va ularning umumiy mazmuni. Huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy: Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning zaruriyati va ularning umumiy mazmuni", "O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanadi – yangi Konstitutsiyada inson huquqlari qadri eng asosiy qadriyatlardandir", "Oila, otalik, onalik, bolalikning davlat muhofazasi – Yangi Konstitutsiyada mustahkam kafolatlar" mavzularida batafsil tushunchalar berilib, moddalarga kiritilayotgan o`zgartirishdan maqsad nima ekanligi seminar ishtirokchilariga yetkazib berildi.
Shuningdek, viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi yetakchi maslahatchisi Sh.Sulaymonov tomonidan Konstitutsiyaning 29-, 63- hamda 101-moddalari yuzasidan o'z takliflarini bildirdi. Natijada 63-moddaga berilgan taklif ijobiy qabul qilinib, albatta o`zgartirish kiritish lozimligi takidlandi.
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari tomonidan 2022-yil 28-iyunda tasdiqlangan "Davlat gerbi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Olamni mahliyo aylagan diyor!” shiori ostida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar” rejasi Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman-shahar adliya bo'limlari tomonidan joylarda targ'ibot- tashviqot ishlari olib borildi. Xususan, “Olamni mahliyo aylagan diyor!” shiori ostida barcha tuman (shahar) adliya bo‘limlarida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qilindi. Jumladan, Do‘stlik tuman adliya bo‘limi tomonidan davlat gerbi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan tuman xalq ta’limi bo‘limi, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi va tuman kadastr palatasi binolarida madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbirda asosiy g'oya O‘zbekistonda istiqomat qiladigan barcha shaxs davlatimiz gerbini hurmat qilishlari shartligi, unga hurmatsizlik qilish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida tushuntirishlar olib borildi.
Shuningdek, ushbu tadbir yuzasidan G‘allarol tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan #g‘ururimgerbim, #faxrimgerbim xeshteglari ostida maxsus viderolik tayyorlandi.
Yangiobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi 2-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida, Sharof Rashidov adliya bo‘limi tomonidan tuman Sanitariya-epidemalogik osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limida, Zafarobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman Axborot-texnik markazida davlat gerbi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarinining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan davra suhbatlari, seminar va uchrashuvlar o‘tkazildi.
Ta’kidlash joizki, xalqimiz tomonidan berilgan takliflar, shuningdek Davlatimiz Rahbarining Komissiya a’zolari bilan uchrashuvida "Insonning qadr-qimmati, sha’ni va g‘ururi bundan buyon barcha sohalarda birinchi o‘rinda turishi kerak" degan tamoyil asosida berilgan takliflardan kelib chiqib "O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi tayyorlandi. Konstitutsiyaviy qonun loyihasi Konstitutsiyamizning 60 dan ortiq moddalariga 200dan ortiq tuzatishlarni nazarda tutmokda. Konstitutsiyaga o‘zgartishlar "inson-jamiyat-davlat" prinsipiga asoslangan bo‘lib, milliy konstitutsiyaviy o‘zlikni aks ettiradi va amaldagi Konstitutsiyamizning barcha bo‘limlariga tub o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutadi.
Shu munosabat bilan G’allaorol tumani hokimligida, tumandan Oliy Majlis qonunchilik Palatasiga saylangan deputat, Oliy Majlis Senati a’zosi, tuman adliya bo‘limi boshlig'i O.Xasanov hamda tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirokida qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Oliy Majlis qonunchilik Palatasi deputati, Senati a’zosi va tuman adliya bo‘limi boshlig‘i xalqimiz tomonidan berilgan takliflar asosida Konstitutsiyaviy tuzatishlar, avvalambor, jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlariga mansub bo‘lgan fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda manfaatlarini ta’minlashga, himoya qilishga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan normalar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, Konstitutsiyaning tegishli moddalariga kiritilgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati tadbir qatnashchilariga tushuntirib berildi.
Xabaringiz bor Adliya vazirligi Tadbirkorlik kodeksi loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qildi.
Kodeks bilan yaxlit 9 ta amaldagi qonun, 2 ta yangi qonun loyihalari va 10 dan ortiq qonunosti hujjatlari birlashtirilib, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishdan boshlab uni tugatishgacha bo'lgan barcha jarayonlarni tartibga solish ko'zda tutilmoqda.
Mazkur qonun hujjatidan aholini ayniqsa tadbirkorlarni xabardor etish va ularning munosabatlarini, takliflarini o'rganish maqsadida Adliya vaziri o'rinbosari Alisher Karimov boshchiligida davra suhbati tashkil etildi.
Kodeks bilan tadbirkorlik sohasida yana qanday o'zgarishlar, yangiliklar, imtiyoz va imkoniyatlar belgilanishi borasida aniq ma'lumotlar berildi. Jizzaxlik tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga adliya vazirligi mutasaddilari tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.
Joriy yilning 24-iyun sanasida Jizzax shahar adliya bo'limi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi hamkorlikda Konstitutsiyaga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritishga doir amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida seminar tashkil etildi.
Seminarni Jizzax shahar adliya bo'limi boshlig'i Musaxon Asatullayev ochib berdi, hamda konstitutsiyaga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish masalasida o'z fikrlarini bayon qildi. Shundan so'ng, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig'i Adilov Ulug'bek Shaharovich sohada amalga oshirilayotgan ishlar tog'risida seminar ishtirokchilariga tushuntirishlar berdi.
Seminar davomida Jizzax shahar adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi direktori Mamatov Sardor, Jizzax shahar adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsultlari Doniyor Nizomov hamda Abdulaziz Raxmatovlarning ma'ruzalari tinglandi. Konstitutsiyaga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilishi masalasida fikrlar almashindi.
Taklif yuborishning bir necha muqobil imkoniyatlari yig'ilish ishtirokchilariga yana bir bor eslatilib, takliflar yuborishni keng ommaga targ'ib qilish kerakligi ta'kidlandi.
meningkonstitutsiyam.uz veb-sahifasi;
mahalla fuqaro yig‘inlari;
Xalq deputatlari kengashlari;
1341 call-markazi;
pochta orqali (Konstitutsiyaviy komissiyaga xat yuborish bepul)
Telegram-bot (@meningkonstitutsiyam_bot)
Konstitutsiyaga berilayotga takliflar sonini oshirish maqsadida barcha tuman (shahar) gazeta va jurnallari taxririyati oldiga ushbu mavzuni yoritish masalasi qo'yildi.
Jizzax viloyati Zarbdor tumanida joylashgan barcha Maktab kadrlarlar bilan ishlash mutaxassislari bilan birgalikda Zarbdor tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari targ‘ibot tadbirida “E-huquqshunos” elektron tizimi yuzasidan o‘quv amaliy tushuntirish berib o‘tdi.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-173-sonli qarori yuzasidan yig‘ilish ishtirokchilariga oddiy va sodda qilib seminar treyning o‘tkazildi.
Shuningdek, elektron tizimga ichki buyruq, shartnomalar va boshqa yuridik tusdagi hujjatlarning namunalarini kiritish hamda mavjud hujjatlar loyihalari namunalaridan erkin foydalanish va elektron tizimdan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan shaxsiy kabinetga kirish, har qanday hujjat loyihasi va unga tahliliy materiallarni tayyorlash, qayta ishlash va xulosa olish uchun Yuridik xizmat ko‘rsatish markaziga yuboradi.
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazning mas’ul xodimlari tomonidan, tegishli xulosa tayyorlash, hujjatlarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda, elektron tizimga biriktirish hamda o‘zaro hujjat almashish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishi yuzasidan tushuntirishlar berilib o‘tildi.
Elektron tizimdan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan Yuridik xizmat ko‘rsatish markazidan ijobiy xulosa olinganidan so‘ng takrorlanmaydigan maxsus raqam berish va elektron tarzda qabul qilish hamda ushbu hujjatlarni avtomatik tarzda izchil ketma-ketlikda raqamlaydi.
Yuqoridagi masalalar yuzasidan seminar ishtrokchilariga aniq va qiziqarli qilib savol javob tariqasida fikr almashish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Adliya bo‘limi tomonidan fermer xo‘jaligi rahbari B.Azimov va boshqalarning (jami 12 nafar) murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Aniqlanishicha, Sharof Rashidov tuman hokimining tegishli qarorlari bilan tuman hokimligi yer zahrasidagi maydonlari 1-yilga vaqtinchalik muddatga ijaraga berilgan.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 24-moddasi 6-qismida yer uchastikalar ijrosining shartlari va muddatlari taraflarning kelishuvga binon belgilanishi va shartnomada mustaxkamlab qo‘yilishi, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ijaraga ellik yilgacha bo‘lgan, biroq o‘ttiz yildan kam bo‘lmagan muddatga berilishi mumkinligi belgilangan bo‘lsada tuman hokimligi ma’sullari mazkur talabni qo‘pol ravishta buzganligi aniqlandi.
Holat bo‘yicha adliya bo‘limi 12 nafar fermerlar manfaatida Jizzax tumanlararo ma’muriy sudiga Sharof Rashidov tuman hokimining ushbu fermer xo‘jaligiga chiqargan qarorlarning 2-bandini qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish majburiyatini yuklash haqida da’vo arizalari kiritildi.
Kiritilgan da’vo arizalar yuzasidan 2022 yil 24 iyun kuni soat 11:00 da adliya bo‘limining faollar zalida Jizzax tumanlararo ma’muriy sud raisi A.O‘rinov ishtrokida sayyor sud tartibida ko‘rib chiqilib, adliya bo‘limining da’vo arizasi qanoatlantirilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari fermerlarga yer oid qonunchiliklar bo'yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Biz birgamiz ijtimoiy loyihasi doirasida "Yangi nafas" yugurish marafoni Jizzax shahrida ham tashkil etildi.
«Yangi nafas» yugurish marafoni nafaqat aholi orasida sog'lom turmush tarzi tamoyillarini keng yoyish, odamlarni bir maqsad atrofida birlashtirish, jipslashtirishga, balki yildan yilga ommaviylashib borayotgan salomatlik tadbirlarining darajasini yuksaltirishga xizmat qilishi shubhasiz.
«1 vatanda, 1 vaqtda, 1 masofaga, 1 maqsadda – birga yuguramiz» shiori ostida 3 kilometr masofaga yugyrish bo'yicha o'tkazilayotgan mazkur musobaqa Jizzax viloyatida ham ko'tarinki ruxda boshlandi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogiron ishtirokchilarga sport kiyimlari ulashildi.
Quvonarlisi ular ham, xech kimdan kam emasliklarini marafon orqali namoyish etishlariga, ham ruhan ham jismonan kuchli ekanliklarini isbotlashga imkoniyat yaratildi.
Shu bilan birga xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan fleshmob ham tashkil etildi. Sog'lom turmush tarzini shakillantirish orqali bu illatga qarshi kurashish mumkin.
Eng quvonchlisi g'alaba nashidasi. Imkoniyati cheklanganiga qaramay kuchli iroda bilan harakat qilgan marafon ishtirokchilaridan eng yaxshi natija ko'rsatgan xavaskor sportchilarga Adliya boshqarmasi tomonidan diplom va esdalik sovg'alari topshirildi. Ularning quvonchdan porlagan ko'zlarida hayotga, yashashga ishtiyoqni, ishonchni ko'rish mumkin.
Ajoyib taassurotlarga boy bo'lgan sport musobaqasi bir piyola choy ustida davom etdi. Viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati va xodimlari mazkur tadbirni a'lo darajada o'tishi uchun bor imkoniyatlarini sarfladilar. Birgalashib mana shunday ijobiy va hayrli natijaga erishildi. Barchaning kayfiyati a'lo. Sport-tinchlik, do'stlik elchisi deb bekorga aytilmagan. Marafon ishtirokchilariga yozilgan dasturxon atrofida bo'lib o'tgan raqs, o'yin-kulgu ular kayfiyatiga yanada ko'tarinkilik baxsh etdi.