Yangiliklar
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Adliya spartakiadasi o'tkazilmoqda.
Spartakiadada vazirlik Markaziy apparati hamda hududiy adliya organlari xodimlari quyidagi sport turlarida o'zaro bellashmoqda:
➖mini-futbol;
➖stol tennisi;
➖shaxmat;
➖badminton;
➖armrestling va boshqa bir nechta sport turlari jam bo'lgan.
Mazkur spartakiadada Jizzax viloyat adliya boshqarmasi jamoasi ham munosib ishtirok etmoqda.
Natijalarga ko'ra ayni vaqtga qadar kamondan o'q otish sport turi bo'yicha jamoamiz birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
Qolgan sport turlari bo'yicha ham ularga omad tilaymiz!
Ilk bor o'tkazilayotgan bunday sport bayrami yuqori saviyada tashkil etilganligi bilan ahamiyatlidir.
Tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar o'rtasida do'stona munosabatni shakillantirish, sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etish maqsadini o'zida mujassam etgan bu musobaqaning tashkilotchilariga Jizzax viloyat adliya boshqarmasi nomidan minnatdorchilik bildiramiz
Jizzax davlat pedagogika institutida Yoshlar oyligi doirasida bir-biridan ajoyib tadbirlar tashkil etildi. "Galstuksiz kun"-bu iborani eshitib bu uchrashuvga kimlar kelishi darrov ko'z oldingizda namoyon bo'ladi. Nufuzli davlat tashkilotlarining aynan rahbarlari bilan ko'rishishni umid qilasiz. Mazkur tadbirda ham huddi shunday bo'ldi. Talaba yoshlar bilan o'tkazilgan ochiq muloqotda Jizzax shaxar hokimi K. Xolmurodov, viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i Sh.Saidov hamda institut rektori Sh.Sharipov talaba yoshlarning taklif, tashabbuslariga, g'oya hamda loyihalariga o'z fikr mulohazalarini bildirish bilan bir qatorda ularni qo'llab quvvatlashga hamisha tayyor ekanliklarini qayd etishdi. Erkin, ochiq va dildan qurilgan suhbat davomida rahbarlar o'z hayot yo'llari, ish faoliyatida yuzaga kelgan qiyinchiliklari, bularning barini sabr-toqat, bilim va tajriba bilan yengib o'tib, xozirda mana shunday havas qilarli darajaga erishganini hikoya qildilar.
"Adliyadan gapiramiz"-mazkur loyixada tizim xodimlari adliya organlarining vazifa va funksiyalarini o'z faoliyatlari misolida tushuntirib berishadi. Har haftaning chorshanba kuni ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalarimiz orqali lavhalarimizni kuzatib borishingiz mumkin.
Tijorat banklari (https://lex.uz/docs/5971599)uchun ajoyib yangilik. Endi siz viloyatdagi 13 ta Davlat xizmatlari markazlarida o‘z shoxobchangiz faoliyatini yo‘lga qo‘yishingiz mumkin.
Tanlovda qatnashmoqchi bo‘lgan tijorat banklari Jizzax viloyat adliya boshqarmasiga joriy yilning 20 iyuniga qadar (72 2215050 (3550) murojaat qilishlari mumkin.
Baxmal tumani adliya bo'limiga 1973 yil 23 martda tug'ilgan fuqaro Nurbekov O'lmasoy Eshmurodovna murojaat qildi. Ism-sharif g'alati eshitilayaptimi? O'lmasoyning aytishicha, unga berilgan tug'ilganlik haqidagi guvohnoma xatolik, ya'ni jinsni erkak deb yozilishi natijasida ’’Nurbekov O'lmas Eshmurodovich’’ deb noto'g'ri qayd qilingan. 49 yildirki, uning jinsi va ismi sharifi hujjatda noto'g'ri qayd qilinganicha qolmoqda.
Adliya vazirligining «Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to'g'risidagi“ yo'riqnomasida FHDYO organlarining vazifalari, majbriyatlari keltirilgan. Ushbu Yo'riqnomaning 129-bandida, agar dalolatnoma yozuvida shaxsning ismi qisqartirilib erkalash shaklida yoki imloviy xato bilan yozilgan bo'lsa, dalolatnoma yozuviga ushbu shaxsning arizasiga asosan o'zgartirish kiritilishi” belgilab qo'yilgan. Dalolatnoma yozuviga o'zgartirish, tuzatish va qo'shimchalar kiritishga yetarli asoslar mavjud bo'lganda tegishli o'zgartirishlar kiritiladi va ariza beruvchiga yangi guvohnoma rasmiylashtirilib beriladi.
FHDYO organlari xodimlari o'z vazifalariga bee'tibor bo'lganligi uchun mas'ul xodimlarga ish beruvchi tomonidan ogohlantirishlar berilgan.
Tuman adliya bo'limi boshlig'i N.Qodirovning ma'lumot berishicha, hozirda fuqaroning ismi sharifi ’’Nurbekova O'lmasoy Eshmurodovna’’ deb, jinsi esa “ayol” deb to'g'ri qayd etildi va 49 yillik muammo bartaraf etildi.
Jizzax teleradiokanali “Diyor yangiliklari” informatsion dasturida yuguruvchi titrlar orqali yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning aholi uchun dolzarb va qiziq boʻlgan asosiy jihatlari berib boriladi.
3 may soat 7:00, 13:00, 17:00, 19:00, 21:30 larda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-maydagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo'llab-quvvatlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Qarori yuzasidan kerakli ma'lumotlar joylandi.
Jizzax viloyat prokuraturasida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashning kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tadbirda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish masalasi koʻrib chiqildi. Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i Sh.K.Saidov jinoyatchilik va huquqbuzarlikning barvakt oldini olishda huquqiy madaniyat va savodxonlikning o'rni xususida gapirib o'tdi. Bu borada mas'ul idoralar tomonidan huquqiy targ'ibot tadbirlarini manzilli va predmetli amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta'kidlandi.
Migrantlarni ro‘yxatga olishni rejalashtirish va amalga oshirishda, shuningdek, ularning tavsiflari va belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun konsepsiyalarni ishlab chiqarishda mamlakatning milliy huquqiy asoslari va xos bo‘lgan shartlari e’tiborga olinishi kerak. Umuman olganda, 2020 yilda aholini ro‘yxatga olish jarayonini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar asosiy migratsiya belgilari: tug‘ilgan mamlakati, fuqarolik mamlakati, avvalgi yashash joyi, kelish vaqti va migratsiya sababi, shuningdek turli xil boshqa ichki migratsiya ma’lumotlari bo‘yicha ma’lumot to‘plash keng qamrovli qo‘llanma bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.
Ro‘yxatga olish doirasida migratsiya nuqtai nazaridan ikki xil jihat ajratilishi mumkin:
-xalqaro migrantlar va xalqaro migratsiya nuqtai nazaridan manfaatdor bo‘lgan boshqa guruhlarning soni va kelib chiqadigan oqimlarini xalqaro oqimlarning vaqtinchalik va geografik xususiyatlari haqida ma’lumot bilan o‘lchash;
-ichki migrantlarning soni va bundan tashqari oqimlarini ichki oqimlarning vaqtinchalik va geografik xususiyatlari haqida ma’lumot bilan o‘lchash.
Umuman olganda, xalqaro va ichki migratsiya oqimlari murakkab va ular ko‘lami jihatidan ham oshib bormoqda. Xususan, xalqaro migratsiya holatida muhojirlar oqimi sonini aniqlash kelib chiqadigan mamlakatlar va mezbon mamlakatlar yoki bir
necha xorijiy davlatlarni qamrab oladigan doiraviy oqimlar o‘rtasidagi ko‘plab oqimlarni hisobga olishni talab qilishi mumkin. Xalqaro migratsiya ko‘p millatli, ko‘p oqimli va ko‘p tilli jamiyatlarning shakllanishiga olib keladigan xilma-xillikni kuchaytiradi.
2022 yil 1 aprel holatiga viloyat bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 1912 nafarni tashkil etgan, ko‘chib ketganlar soni esa 2297 nafarni tashkil etgan, migratsiya saldosi -385 tashkil etgan. Bunda, eng yuqori ko‘rsatkich Sh. Rashidov tumaniga to‘g‘ri kelyapdi: ko‘chib kelganlar soni 493 kishini tashkil etib, ko‘chib ketganlar soni esa 337 kishini tashkil etgan, migratsiya saldosi 156 kishini tashkil etdi. Eng past ko‘rsatkich Yangiobod tumaniga to‘g‘ri kelib: ko‘chib kelganlar soni 31 kishini tashkil etib, ko‘chib ketganlar soni esa 65 kishini tashkil etgan, migratsiya saldosi -34 kishini tashkil etdi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bolajonlar ishtirokida turli loyihalarni amalga oshirdi.
Eng asosiysi bolalarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida Adliya vazirligining "Bola huquqlari" portalidan joy olgan huquqiy o'yinlar bo'yicha bolajonlarning savodxonliklari sinovdan o'tkazildi. Ushbu viktorina orqali bolalar o'z bilimlarini mustahkamlash bilan birgalikda, yangi bilimlarga ham ega bo'lishdi. Berilgan savollarga eng ko'p to'g'ri javob bergan o'g'il-qizlarga maxsus sovg'alar, bola huquqlari aks ettirilgan axborot materiallari taqdim etildi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi "Kun bilan hamnafas" targ'ibot loyihasini amalga oshirmoqda. Unga ko'ra davlatimiz rahbarining har bir selektor yigilishi mavzusiga oid qonun hujjatlarini aholiga tushuntirib borish maqsadida tegishli davlat organlari mas'ul xodimlarini jalb etgan xolda ko'rsatuvlar tayyorlanib efirga uzatib borilmokda.
Bugungi mavzu: Sport ta'limini yaxshilash, iqtidorli sportchilarni saralash va ularning zaxirasini yaratish hamda murabbiylarni tayyorlash bo'yicha ustuvor vazifalar yuzasidan.