Yangiliklar
Adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari B.Pirxalov tomonidan Zarbdor tumani "Toshkeskan" mahallasi fuqaolari bilan uchrashuv o'tkazildi.
Uchradhuv davomida dastlab huquqiy sohadagi yangiliklar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlaridan xabardor bo'lish lozimligi, islohotlar samarasi xalqimizning farovon turmush kechirishiga sabab bo'lishi aytib o'tildi.
Har qanday huquqbuzarlik va jinoyatni profilaktik tadbirlar orqali oldini olish mumkin. Shu sabab kelajagimiz egalari bo'lgan yoshlar tarbiyasiga har birimiz mas'ul ekanligimiz ta'kidlab o'tildi.
Tadbir davomida hudud aholisining muammolari ham tinglandi. Har biriga huquqiy tushuntirishlar berilib, to'g'ri yo'l ko'rsatildi.
"Paxtakor hayoti " gazetasining 2023-yil 23-yanvar sonida Paxtakor tuman adliya bo'limi boshlig'i X.Kushmatovning "Davlat boshqaruvi ixchamlashtirildi" nomli maqolasi chop etildi.
Jizzax radiokanali to'lqinlarida yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining sharxiga bag'ishlangan alohida efir soatlari mavjud.
Shulardan biri "Huquqiy darsxona" loyihasidir.
Bugungi mavzu: Prezident hujjatlari ijrosi nazoratda
Bugungi mehmon: Jizzax viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi E.Urdushev
Бунда Адлия вазирлиги тизимидаги, жумладан:
▫️адлия бошқармалари ва бўлимлари;
▫️юридик хизмат кўрсатиш марказлари;
▫️ФҲДЁ органлари;
▫️давлат хизматлари марказлари;
▫️Х. Сулаймонова номидаги Республика суд-экспертиза маркази ва унинг ҳудудий бўлинмалари;
▫️“Адолат” миллий ҳуқуқий ахборот маркази;
▫️Адлия органлари ва муассасаларида ахборот-коммуникация технологияларини ривожлантириш маркази;
▫️Давлат хизматларини ривожлантириш маркази;
▫️Интеллектуал мулк маркази;
▫️давлат нотариал идоралари ва архивлари;
▫️Юристлар малакасини ошириш маркази;
▫️Тошкент давлат юридик университети;
▫️Юридик техникумлар;
▫️ТДЮУ қошидаги академик лицейдаги коррупция ҳолатлари ҳақида маълумотларни телеграмдаги @antikorbot ботига, (71) 207-04-64 (1321 ёки 1322) телефон рақамига ёки вазирлик расмий веб-сайтидаги махсус платформага (https://adliya.uz/uzb/feedback) юбориш мумкин.
(https://telegra.ph/Adliya-organlari-tizimida-korrupciyaga-%D2%9Barshi-murosasiz-kurash-ehlon-%D2%9Bilingan-01-09)❗️Юборилган хабарлар белгиланган тартибда кўриб чиқилади ҳамда мурожаат қилувчининг шахси сир сақланиши кафолатланади.
#Bosma_nashrlarda_huquqiy_targ'ibot
G'allaorol ovozi " gazetasining 2023-yil 31-yanvar sonida G'allaorol tuman adliya bo‘limi boshlig'i Orif Hasanovning "Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlar davrida", G'allaorol tuman adliya bo'limi davlat xizmatlar markazi xodimi Sirojiddin Egamqulovning "Aholiga yana bir qulaylik" hamda G'allaorol tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuristkonsullari E.Muhammadiyev, A.Isroilov, J.Rabbimovlarning "Savol bering, javob beramiz" nomli maqolalari chop etildi.
Jizzax radiokanali to'lqinlarida yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining sharxiga bag'ishlangan alohida efir soatlari mavjud.
Shulardan biri "Huquqiy darsxona" loyihasidir.
Bugungi mavzu: Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz
Bugungi mehmon: Baxmal tuman adliya bo'limi yetakchi maslahatchisi Sh.Jangiboyev
G'allaorol tuman adliya bo'limi xodimi.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi yangi tahriri yuzasidan
G‘allaorol tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti I.Haydarov tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida tadbir ishtirokchilariga xodimlarning bola parvarishi
ta’tiliga chiqishda va ta’tildan qaytishda Mehnat qonunchiligida belgilangan qoidalar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.
О'zbekiston Milliy Metrologiya Instituti Davlat Muassasasi Jizzax filialida Jizzax shahar adliya bo'limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.12.2022 yildagi "YANGI O‘ZBEKISTON MA’MURIY ISLOHOTLARINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA"gi PF-269-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.12.2022 yildagi "YANGI O‘ZBEKISTON MA’MURIY ISLOHOTLARI DOIRASIDA RESPUBLIKA IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT ORGANLARI FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA"gi PQ-447-sonli qarori yuzasidan targ'ibot tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbirda Jizzax shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Mamatov tomonidan yurorida qayd etilgan farmon hamda qarorlar to'g'risida yig'ilish ishtirokchilariga atroflicha tushuntirishlar berildi.
Jizzax shahar adliya bo'limi
Ushbu qaror va farmonlar zamirida Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida mamlakatimizda natijadorlikka yo‘naltirilgan ixcham va professional davlat boshqaruvi tizimini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini yangilangan talablar va tamoyillar asosida tashkil etish masadi turganligi alohida takidlandi.
Jizzax shahar adliya bo'limi bosh yuriskonsulti A.Mamatov
Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida barcha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining qariyb 5 ming funksiyalari xatlovdan o‘tkazilib, 500 ga yaqin takrorlanadigan, o‘z ahamiyatini yo‘qotgan hamda amalga oshirish mexanizmlari bilan ta’minlanmagan funksiyalar aniqlanganligini inobatga olgan holda respublika va hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestrini (keyingi o‘rinlarda — Funksiyalar yagona reyestri) shakllantirish va uni doimiy yuritish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi yig'ilish ishtirokchilariga alohida tushuntirildi.
О'zbekiston Milliy Metrologiya Instituti Davlat Muassasasi Jizzax filiali rahbari G'.Mannonqulov
Yig'ilish so'ngida tadbir ishtirokchilarining savollariga javoblar berildi. Shundan so'ng О'zbekiston Milliy Metrologiya Instituti Davlat Muassasasi Jizzax filiali rahbari G'.Mannonqulov tomonidan Jizzax shahar adliya bo'limi xodimiga alohida minnatdorchilik bildirildi.
Zafarobod tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i B.Ikromovning Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 55-sessiyasida 2022-yil 4-choragida amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha hisoboti eshitildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tuman Adliya bo‘limi boshlig‘ining joylarda norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda korrupsion holatlarga barham berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bo‘yicha axboroti eshitildi. Axborot berish jarayonida qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ijrochilarga yetkazishda “respublika—viloyat—tuman—mahalla” prinsipi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda natijadorlikka erishilganligiga to‘xtalib o‘tildi.