Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

31

О'zbekiston Milliy Metrologiya Instituti Davlat Muassasasi Jizzax filialida targ'ibot tadbiri tashkil etildi


О'zbekiston Milliy Metrologiya Instituti Davlat Muassasasi Jizzax filialida Jizzax shahar adliya bo'limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.12.2022 yildagi "YANGI O‘ZBEKISTON MA’MURIY ISLOHOTLARINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA"gi  PF-269-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.12.2022 yildagi "YANGI O‘ZBEKISTON MA’MURIY ISLOHOTLARI DOIRASIDA RESPUBLIKA IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT ORGANLARI FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA"gi PQ-447-sonli qarori yuzasidan targ'ibot tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbirda Jizzax shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Mamatov tomonidan yurorida qayd etilgan farmon hamda qarorlar to'g'risida yig'ilish ishtirokchilariga atroflicha tushuntirishlar berildi.
Jizzax shahar adliya bo'limi

Ushbu qaror va farmonlar zamirida Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida mamlakatimizda natijadorlikka yo‘naltirilgan ixcham va professional davlat boshqaruvi tizimini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini yangilangan talablar va tamoyillar asosida tashkil etish masadi turganligi alohida takidlandi.
Jizzax shahar adliya bo'limi bosh yuriskonsulti A.Mamatov

Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida barcha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining qariyb 5 ming funksiyalari xatlovdan o‘tkazilib, 500 ga yaqin takrorlanadigan, o‘z ahamiyatini yo‘qotgan hamda amalga oshirish mexanizmlari bilan ta’minlanmagan funksiyalar aniqlanganligini inobatga olgan holda respublika va hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestrini (keyingi o‘rinlarda — Funksiyalar yagona reyestri) shakllantirish va uni doimiy yuritish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi yig'ilish ishtirokchilariga alohida tushuntirildi.
О'zbekiston Milliy Metrologiya Instituti Davlat Muassasasi  Jizzax filiali rahbari G'.Mannonqulov

Yig'ilish so'ngida tadbir ishtirokchilarining savollariga javoblar berildi. Shundan so'ng О'zbekiston Milliy Metrologiya Instituti Davlat Muassasasi Jizzax filiali rahbari G'.Mannonqulov tomonidan Jizzax shahar adliya bo'limi xodimiga alohida minnatdorchilik bildirildi.