Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

08
Jizzaxda “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida boʻlib oʻtayotgan festivalda Adliya boshqarmasi ham munosib ishtirok etmoqda

“Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida oʻtkazilayotgan ommaviy tadbir bugun Jizzax yoshlarini shahar markazidagi Oʻrda ekologik bogʻida birlashtirdi.




Yoshlar oyligi doirasida ularning boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida uyushtirilgan “Yoshlar festivali”  koʻtarinki karnay-surnay sadolari bilan koʻtarinki ruxda boshlandi.




Festivaldan koʻzlangan asosiy maqsad Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus mohiyatini yoshlar ongiga yanada singdirish , isteʼdodli yoshlarni ragʻbatlantirish va eng asosiysi uyushmagan yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdir.




Festival doirasida koʻplab koʻrik tanlovlar, koʻngilochar dasturlar, intelektual salohiyatni oshiruvchi loyihalar, sport oʻyinlarini oʻtkazilmoqda.




Shahrimiz markazidagi Oʻrda ekologik bogʻida boʻlib oʻtayotgan festival davomida yosh hunarmandlarning  oʻzlari qoʻl mehnati bilan yaratgan mahsulotlari koʻrgazmasi ham namoyish etildi.




Yurtimiz koʻp millatli xalq. Viloyatimiz aholisi orasida qozoq, qirgʻiz, tojik, rus millatiga mansub yurtdoshlarimiz talaygina. Qardosh xalqlarga xurmat-eʼtibor koʻrsatish xalqimizga xos hususiyatlardan biri albatta. Festival doirasi shunday xurmat va eʼtiborni aks ettirgan qardosh xalqlar urf-odatlari, milliy liboslari va raqslari koʻrgazmali chiqishlar namoyish etildi.




Adliya faoliyati bilan festival ishtirokchilarini yaqindan tanishtirib, ularning huquqiy savodxonligini oshiruvchi viktorinalar turli hil aql charxlovchi oʻyinlar tashkil etildi. Viktorinalarda gʻolib chiqqan yoshlar estalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.





Jizzax viloyat Adliya boshqarmasa targʻibot boʻlimi



07
Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik

Jizzax viloyatida koʻtarinki rux va katta shodiyona tariqasida tashkil etilayotgan yoshlar festivali barcha oʻgʻil-qizlarni bir maqsad, ulkan marralar sari birlashtira oldi. “Oʻrda” ekologik bogʻi sport, sanʼat, adabiyot, fan va texnika sohasidagi yangiliklar aks etgan koʻrgazmalarga, badiiy chiqishlarga 2 kun davomida mezbonlik qiladi.




Jizzax viloyat adliya boshqarmasi ham mazkur tadbirda munosib ishtirok etmoqda. Jizzax yuridik texnikumi oʻqituvchi va oʻquvchilaridan tashkil topgan “Yangi Oʻzbekiston huquqshunos yoshlari” festivalda huquq olamidagi barcha yangiliklarni namoyish etishlari, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish yoʻlidagi harakatlari bilan munosib oʻringa ega boʻlib turishibdi.




Bugungi zamon yoshlarining aynan huquq sohasiga qiziqayotganligini hayotimizning har jabhasida huquqiy bilimlarning nihoyatda zurur boʻlib borayotganligi bilan eʼtirof etish mumkin. Shunday ekan festivaldan joy olgan huquqshunoslar burchagi va soha xodimlari oʻz bilimlarini mustahkamlamoqchi boʻlgan, qonunchilik yangiliklaridan habardor boʻlishni hoxlagan yoshlardan oʻz yordamini ayamaydi.



04
Adliya aralashgach fuqaroning murojaati hal etildi.

Doʻstlik tuman adliya boʻlimi tumandagi A.Navoiy MFY, Gʻishtkoʻprik koʻchasi 46-uyda yashovchi fuqaro T.Raximovning elektr energiyasi uchun toʻlangan toʻlovlar abanent xisob raqamiga tushirilmaganligidan norozi boʻlib qilgan murojaati kelib tushgan.

Murojaat yuzasidan oʻtkazilgan oʻrganish jarayonida, fuqaro T.Raximovning turmush oʻrtogʻi S.Raximova aynan shu masalada 2020-yilda Doʻstlik tuman elektr taʼminoti korxonasi qilgan murojaati tashkilot tomonidan oʻrganilganda fuqaroning elektr energiyasi uchun toʻlagan toʻlovlari PK “Elektrhisob” dasturiga notoʻgʻri xatlov qilinishi natijasida 3597 kVt kam kiritilganligi aniqlangan boʻlib, avgust oyida xatlov qilish yoʻli bilan toʻgʻirlab berilishi fuqaroga tushintirilgan.

 Biroq, avgust oyida toʻgʻirlab berilmaganligi sababli T.Raximov dekabr oyida ushbu masala yuzasidan murojaat qiladi. Murojaat Doʻstlik tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan 2016-2017-yillarda toʻlagan toʻlov pattalari PK “Elektrhisob” dasturiga texnik sabablarga koʻra kiritilmaganligi aniqlandi.

 Doʻstlik tuman adliya boʻlimi tomonidan mazkur holatlarni bartaraf etish va kelgusida bu kabi holatlarni oldini olish maqsadadi taqdimnoma kiritilgan.

Mazkur taqdimnoma natijasi boʻyicha fuqaro T.Raximovning PK “Elektrhisob” dasturiga kiritilmay qolgan toʻlov pattalarini dasturga kiritilishi hamda qaytadan xisob-kitob ishlari amalga oshirilib, murojaat toʻliq qanoatlantirildi.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi

03
“Fermerga madad” masofadan ham berib boriladi.

Ijtimoiy tarmoq imkoniyatlaridan samarali foydalanish yangicha ishlash uslubining yana bir muhim yoʻnalishiga aylanib ulgurdi. Ayniqsa huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish yoʻlida bu tajriba yaxshi natija bermoqda. Buni Jizzax viloyat adliya boshqarmasining “Fermerga madad” huquqiy aksiyasi doirasida tashkil etilgan telegram messenjerdagi “Fermer va adliya” guruxi misolida ham yaqqol ayta olamiz. Ayni paytda mazkur elektron maydonga viloyatdagi barcha fermerlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan yurtdoshlarimiz jam boʻlmoqda.




Endilikda fermer xoʻjaliklarining muammolarini aniqlash maqsadida muntazam ravishda soʻrovnomalar oʻtkazib boriladi va shu orqali ularga huquqiy maslahat hamda koʻmak beriladi. Soha rivoji yoʻlida qonunchilikka takliflar bevosita oʻsha soha vakillaridan olinadi, eng muhimi tajriba almashiladi, muhokamalar va mulohazalar oʻrtaga tashlanadi. Vaqt va masofa tanlamaydigan bu elektron maydon ayni paytda yumushlari koʻpaygan, mavsum pallasida mehnati ortgan har bir fermerga murojaat qilishi uchun ayni muddaodir.

02
Bolalar huquqini taʼminlash davlatimizning doimiy eʼtiborida

Bugungi kunda yurtimizda bolalarni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, maʼnaviy jihatdan himoya qilish boʻyicha juda koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mamlakatimizda bolalar huquqlarini himoya qilish boʻyicha tegishli huquqiy baza shakllangan desak hech mubolagʻa boʻlmaydi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Mehnat kodeksi, Jinoyat kodeksi va boshqa bir qator qonun hujjatlarida bolalar huquqlarini himoya qilishga oid normalar oʻz ifodasini topgan.




Yana bir jixat, ijtimoiy himoyaga muxtoj, boquvchisini yoʻqotgan bolalarni muxofazalash davlat siyosatining ustuvor yunalishlaridan sanaladi.

Shu manoda joriy yilda mukammal taʼmirlangan Jizzax shahridagi 29- mexribonlik uyi “Mening baxtli uyim” nomi ostida tarbiyalanuvchilar uchun barcha imkoniyatlar eshigini ochdi.




1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi vakillari mazkur maskanga tashrif buyurib, bolalar bilan dildan suxbatlashdi va bolajonlar uchun sovgʻa sifatida badiiy kitoblar oʻquv qurollari topshirishdi.

Darvoqe, adliya boshqarmasi shu kunga qadar ham tarbiyalanuvchilar uchun oʻz yordamini berib kelmoqda. Masalan boshqarma tomonidan oʻrta maxsus talim muassasalarida taʼlim olayotgan oʻgʻil-qizlardan bir necha nafarining kontarkt toʻlovlari toʻlab berilgan. 

Bayram munosabati bilan oʻtkazilgan uchrashuvda mutaxassislar tomonidan bolalar huquqlari, voyaga yetmagan shaxslar toʻgʻrisida zaruriy huquqiy malumotlar yetkazildi.




Mexribonlik uyida iqtidorli yoshlar koʻp. Ular oʻz qiziqishi va layoqati bilan turli yoʻnalishlarda yutuqlarga erishib kelmoqda. Uchrashuvda ana shunday yoshlarga adliya boshqarmasining  estalik sovgʻalari topshirildi.


Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi targʻibot boʻlimi

01
Xamkorlikdagi sayyor qabul - muammolarga tezkor yechim

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining tuman shahar hokimlari bilan birgalikda fuqarolarni sayyor qabul qilish kelishuvi va reja jadvali tasdiqlandi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad fuqarolar tomonidan koʻtarilgan tuman va viloyat darajasidagi muammoli masalalarni tezkorlikda joyida hal etishdan iboratdir. Ushbu rejaga asosan joriy yil 26-may kuni Baxmal tumani Barlos QFYda bunday sayyor qabul oʻtkazildi.

Ushbu sayyor qabulda tuman hokimi va tumandagi tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlari ham ishtirok etdi.




Oʻtkazilgan sayyor qabul davomida jami 16 nafar fuqarolardan murojaatlar qabul qilinib, shundan 7 tasi joyida hal qilindi. 9 nafar fuqarolarning murojaatlari boʻyicha boshqarmaning tarkibiy boʻlinmalari hamda tegishli mutasaddi tashkilotlarga koʻrsatmalar berilib ijrosi nazoratga olindi.




31
Sharof Rashidov tuman hokimining ham qarorlari endilikda “E- QAROR” tizimida imzolanadi.

Adliya vazirligi tomonidan hokimliklarda qarorlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilishni tashkil etishga koʻmaklashish boʻyicha tuzilgan ishchi guruhi tomonidan Sharof Rashidov tumanida oʻquv-seminari tashkil etildi.




Tumandagi barcha davlat tashkilotlarining mazkur masalaga aloqador boʻlgan mutaxassislari ishtirokida oʻtkazilgan seminarda elektron tizimdan foydalanish tartibi, uning afzalliklari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.


“E-qaror” elektron tizimini Respublikamizning barcha hokimliklarida joriy etish orqali fuqarolarning mahalliy norma ijodkorligi jarayonida faol ishtirokini taʼminlash, shuningdek, qarorlar qabul qilinishida shaffoflikni taʼminlash orqali adolatni qaror toptirish, muayyan masalalardagi qarorlarni qabul qilishda korrupsiyaga yoʻl qoʻyilishini oldini oladi.

Seminar yakunida Sharof Rashidov tuman hokimining “E- QAROR” tizimida birinchi qarori imzolandi.



28
Jizzax shahrida “E-qaror” dasturi orqali shahar hokimi qarorlari qabul qilinishi yoʻlga qoʻyildi.

Adliya vazirligi ishchi guruh aʼzolari viloyatimizning barcha hududlarida “E-qaror” dasturi ustida ish olib bormoqdalar.

Joriy yilning 26-may kuni Jizzax shahar hokimligi majlislar zalida hokimlik maʼsul xodimlari va shahar tashkilotlari masʼullari uchun xuddi shunday oʻquv seminar tashkil etildi.




Seminarda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazilishning yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 218-son Qarori ijrosi yuzasidan “E-qaror” elektron tizimida ishlash tartibini tushuntirish boʻyicha amaliy mashgʻulot oʻtkazildi hamda shahar hokimi K.Xolmurodovning ilk bor “E-qaror” dasturida qarori qabul qilindi.




27
Endi qabul qilinayotgan hujjatlar bilan hamma tanishishi mumkin.

Doʻstlik tumani hokimligida Adliya vazirligi vakillari ishtirokida seminar oʻtkazildi.

Seminar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmonining tegishli bandlari ijrosiga bagʻishlandi.

Hujjatning 18-bandi Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, shu jumladan davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga bagʻishlangan.




Unda Adliya vazirligi 2021-yil 1-mayga qadar normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan hujjatlarini bekor qilish boʻyicha ishlarni tashkil etish hamda aniq munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatlarni tizimlashtirish boʻyicha takliflar kiritish belgilangan.

Shuningdek, 2021-yil 1-iyulga qadar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qarorlarni faqatgina maxsus “E-qaror” elektron tizimi orqali tayyorlab, qabul qilish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

Adliya vazirligi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini tayyorlash, qabul qilish, hisobga qoʻyish va eʼlon qilish boʻyicha elektron axborot tizimini joriy etish, elektron tizimdan foydalanish, uni yuritish va unda jamoatchilik ishtirokini taʼminlash, qabul qilinayotgan qarorlarni ijrochi va manfaatdor tashkilotlarga yetkazish va tegishli bazalar bilan integratsiya qilinadi.

Seminar davomida tumanning tegishli mutasaddilariga “E-qaror” elektron tizimida ish olib borish tartibi batafsil tushuntirib berildi.

26
PAXTAKOR TUMANIDA “E-QAROR” ELEKTRON TIZIMI AMALDA

Paxtakor tumani hokimining qarorlari endilikda “E-qaror” tizimida imzolanadi.

Joriy yilnig 24-may kuni Paxtakor tuman hokimligi va tuman tashkilotlari masʼullari uchun  adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan  seminar-trening tashkil etildi. 
Paxtakor tumanida hokim qarorlarini qabul qilish jarayonini butunlay elektron shaklda amalga oshirilishi nazarda tutuvchi “E-qaror” elektron tizimini ishga tushirilib, u orqali tuman hokimining qarori qabul qilindi. 
Kunning birinchi yarmida sohaga aloqador barcha mutaxassislarga elektron tizimdan foydalanish, uning afzalliklari batafsil tushuntirilib, amaliy mashgʻulotlar yordamida bilimlar mustahkamlandi. Shundan soʻng, tuman xokimining qarori elektron tizim orqali imzolanib qabul qilindi.