Янгиликлар
09
Mehr-muruvvat davlatimiz siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biri
Zomin tumani “Bog‘ishamol” MFY da viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabul davomida mazkur mahalla fuqarolar yig‘ini ma’sullari mahalla hududida keksa yoshdagi ruhiy xasta bo‘lgan fuqaro G.Q uzoq yillardan buyon yashab kelayotganligi, uni qariyalar uyiga joylashtirish bo‘yicha mahalla faollari tomonidan qilingan barcha harakatlar besamar ketganligini, shu sababli o‘zgalar qaramog‘iga muhtoj mazkur ruhiy xasta fuqaroni “Muruvvat” uyiga joylashtirilishida amaliy yordam so‘raldi.
Ushbu murojaat Zomin tuman adliya bo‘limi ish yurituviga kelib tushgandan so‘ng tuman adliya bo‘limi boshlig‘i V.Omonov, 3-sektor rahbari – tuman IIBB boshlig‘i podpolkovnik F.To‘ychiyev, tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i N.Sobirov va “Bog‘ishamol” MFY ma’sullari ishtirokida fuqaro G.Qning yashash sharoiti va ahvoli o‘rganib chiqildi.
Shundan so‘ng, tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaroga tegishli bo‘lgan barcha hujjatlar to‘planib, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2016-yil 27-apreldagi 50-sonli Yolg‘iz keksalar va nogironlarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati, «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylariga rasmiylashtirish qoidalarida belgilangan tartibda tegishli tibbiy-ijtimoiy muassasasiga rasmiylashtirish uchun talab etiladigan hujjatlarni Zomin tuman tibbiyot birlashmasiga topshirilishi ta’minlandi.
Va nihoyat, O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish Agentligining Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘ining 2022-yil 7-oktyabrdagi 68-um-son buyrug‘i bilan o‘zgalar qaramog‘iga muhtoj bo‘lgan fuqaro Sh.Rashidov tumanidagi “Muruvvat” uyiga joylashtirilishi belgilandi.