Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

04
Shaffoflik va ochiqlik nazorat va tartibni talab etadi

Jizzax viloyati prokuraturasida viloyat prokurori rahbarligida, viloyat ichki ishlar va viloyat adliya boshqarmalari boshliqlari, Bosh prokuratura huzuridagi IJQKD va MIB viloyat boshqarmasi boshliqlari, tuman (shahar) prokurorlari va ichki ishlar boʻlimi boshliqlari va boshqalar ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.02.2022-yildagi “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-138-son qarorining ijrosi, yer uchastkalaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini taʼminlash, yer qonunchiligiga rioya qilmaslikka barham berish, yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, jumladan noqonuniy qurilmalar qurish, shuningdek, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash holatlariga chek qoʻyish kabi masalalar tanqidiy-tahliliy koʻrib chiqildi.Viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Sh.Saidov oʻz maruzasida yer konunchiligidagi yangiliklar, bugungi kunda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bu borada hali hanuz noqonuniy qarorlar qabul qilish xolatlarining davom etayotganligi xususida toʻxtalib oʻtdi.

01
61 yoshida fuqarolik pasportiga ega boʻldi

Zafarobod tumani “Lolazor” mahallasida yashovchi 1961-yilda tugʻilgan fuqaro Umrzak Jurayevich Kenjayev 61 yildan buyon fuqarolik pasportiga ega boʻlmagan. Uning fuqarolik pasportini olish haqida turli idoralarga yoʻlgan murojaati rad etib kelingan. Zafarobod tuman Adliya boʻlimining bevosita aralashuvi bilan holat har tomonlama oʻrganilib, fuqaro U.Kenjayevning manfaatida tugʻilganlik faktini belgilash haqida fuqarolik ishlari boʻyicha Jizzax tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritildi. Natijada, sudning hal qiluv qaroriga asosan Umrzak Jurayevich Kenjayevning Samarqand viloyatida, 1961-yil 17-yanvarda - millati oʻzbek, Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan Norxol Ermanovadan tugʻilganlik fakti belgilandi. Fuqaroning yillar davomida hal etilmasdan kelayotgan muammosi qonuniy hal etilishi taʼminlandi.

31
“Baxmal hayoti” gazetasining 28-mart soni

“Baxmal hayoti” gazetasining 28-mart sonida tuman yuridik markazi bosh yuriskonsulti A.Ergashevning “Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy” sarlavhali maqolasi chop etildi. Bugunda jamiyatda ayollarga boʻlgan eʼtibor, xotin-qizlarning hayotda oʻz oʻrinlarini topib olishlariga qaratilgan koʻmak, bir soʻz bilan aytganda qonunchilikda ularga yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar hususida batafsil bayon etilgan.

30
Uy-joyingiz buzilishga tushdimi?

Bugungi kunda Respublikamizning barcha viloyat va shaharlarda ko‘p qavatli ko‘rkam binolar qurilishlari jadal olib borilmoqda. Qurilish bor joyda, buzilish xam bor.
X.Sulaymonova nomli Respublika sud ekspertizasi markazining (RSEM) Jizzax viloyat bo‘limida, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2018 yil 31 oktyabr kunidagi №337-um-son buyrug‘iga ko‘ra
2018 yil 1-noyabrdan boshlab korxona va tashkilotlarning hamda fuqarolarning arizalariga asosan buzilishga tushgan turar-joy va noturar joylarni baholash xizmati (mutaxassis fikri berish) yo‘lga qo‘yilgan.
Agarda sizning uy-joyingiz buzilishga tushgan bo‘lsa, bugungi kunda ish faoliyati olib borayotgan X.Sulaymonova nomli Respublika sud ekspertizasi markazining Jizzax viloyat bo‘limiga murojat qilishingiz mumkin.
Murojatning tartibi juda xam oson!
Kadastr xujjatingiz va pasportingiz bilan kelasiz, mutaxassis (sud ekspert) tomonidan kadastr xujjatingizdagi mavjud binolar yuzasidan o‘rganishlar olib boriladi va pullik xizmat narxi belgilanadi. Pullik xizmat narxi aniqlanishi binolarning soniga qarab belgilanadi, oddiy, o‘rta va murakkab. Turar va noturar binolarni baxolash bo‘yicha mutaxassis fikri uchun to‘lov o‘zaro kelishilgandan so‘ng esa Siz tomoningizdan ariza yoziladi, belgilangan to‘lovni murojatchi xoxlagan bankidan to‘lovni amalga oshirib to‘lov pattasini mutaxassisga topshiradi. Buzilishga tushgan turar yoki noturar joyni mutaxassis shaxsan ko‘zdan kechirishi uchun murojatchi tomonidan to‘siqsiz kirib ko‘rishiga barcha sharoitlar yaratilishi kerak. Mutaxassis va murojatchi ishtirokida ko‘zdan kechirish bayonnoma rasmiyldashtiriladi va mutaxassis fikri berish jarayoni boshlanadi. Mutaxassis fikri oddiy, o‘rta va murakkablik darajalariga qarab 10, 20 va 30 kun ichida amalga oshiriladi va murojatchiga topshiriladi.
Bu - muhim! Baholash tashkilotlarining hisobotlari RSEM bo‘limlari tomonidan berilgan mutaxassis fikri va ekspertizalarning o‘rnini bosa olmaydi.
Ekspertiza qat’iy prosessual qoidalar asosida, oldindan bila turib yolg‘on so‘zlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgan mustaqil shaxs tomonidan o‘tkaziladi.

X.Sulaymonova nomli RSEMning
Jizzax viloyat bo‘limi yetakchi eksperti B.T.Zulfiqorov

29
Vatanim_jondan_aziz

Joriy yilning 25-mart kuni bevosita Zafarobod tuman Adliya boʻlimining aralashuvi hamda USAID moliyaviy koʻmagida “WINROCK international”, viloyat “Istiqlol avlodi” ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy qoʻllab-quvvatlash markazi hamkorligidagi loyiha doirasida Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridan aldanish orqali odam savdosidan jabrlanib, qaltis hayotiy vaziyatga tushib qolgan 2 nafar Zafarobod tumanida yashovchi vatandoshlarimiz A.A. va J.A lar muvaffaqiyatli Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarildi.

28
Tezkor, qulay va samarali targʻibot

Jizzax teleradiokanali “Diyor yangiliklari” informatsion dasturida yuguruvchi titrlar orqali yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning aholi uchun dolzarb va qiziq boʻlgan asosiy jihatlari berib boriladi.
28-mart, soat 7:00, 13:00, 17:00, 19:00, 21:30 larda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori yuzasidan kerakli ma'lumotlar joylandi.

25
OCHIQ ADLIYA

#OchiqAdliya xeshtegi ostida Jizzax viloyat adliya boshqarmasida yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni tadbiri tashkil etildi. Jizzax viloyat yuridik texnikumi oʻquvchilari, Yoshlar agentligi viloyat boshqarmasi yetakchilaridan iborat yoshlar jamoalari adliya tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Dastlab adliya boshqarmasi boshlig'i Sh.Saidov bilan ochiq davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatida o'quvchilarda Adliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma'lumotlar berildi va boshqarma boshlig'i tomonidan o'quvchilarning takliflari va savollari tinglanib atroflicha javob berildi.
Shundan so'ng, o‘quvchilar viloyat adliya boshqarmasidagi bo‘limlar faoliyati va ulardagi ish jarayonlari, xodimlarga yaratib berilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.Адлия бошқармасининг таркибий бўлимлари ходимлари томонидан ўз йўналиш фаолиятлари доирасида тушунчалар берилди. Ҳар бир йўналиш ҳуқуқий соҳага қизиқадиган ўқувчиларнинг эътиборидан четда қолмади. Шу билан бирга ёшлар қонунчиликдаги янгиликлар ва ўзгаришлар билан ҳам яқиндан танишишди. Shu bilan birga ishtirokchilarda adliya organlari haqida aniqroq tushunchalar hosil qilish uchun adliya tarixi bo'yicha videorolik hamda adliya organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar bo'yicha taqdimot namoyish etildi.

24
Navroʻz_shukuhi

Yasharish va yangilanish bayrami boʻlgan Navroʻz turkiy xalqlarning yilboshi hisoblanadi. Shunday ekan bu kunda ortga nazar tashlanib, kelgusidagi rejalar tuzib olinadi. Jizzax viloyat teleradiokanalining “Assalom, Jizzax” dasturi orqali adliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangiliklar va oʻzgarishlar haqida suhbat tashkil etildi. “Oldimizda turgan maqsadlarga bilimimiz va tajribamiz bilan erishamiz hamda bildirilgan ishonchni masʼuliyat bilan ado etamiz”-, deydi Doʻstlik tuman adliya boʻlimi boshligʻi M.Asatullayev.

18
Lex.uz sayti eng ishonchli huquqiy axborot makoni

Jamiyatdagi har qanday munosabatlarni qonunlar tartibga soladi. Shu sabab ulardan xabardor boʻlish, kerakli paytda topa olish, yangilik va oʻzgarishlarni kuzatib borish uchun barcha qonun hujjatlari yagona tizimda yigʻilishi lozim. Bu borada Lex.uz sayti xozirda qonun hujjatlari joylashtirib boriladigan yagona elektron baza sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Mana shunday elektron axborot manbalaridan tez va oson foydalanish zarurati ularni yanada takomillashtirishni talab etmoqda.Jizzax viloyatida ham “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi mas’ul xodimlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasining modernizatsiya qilingan versiyasidan foydalanish, uning qo‘shimcha afzalliklari, qulaylik hamda imkoniyatlari bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.Tadbirda adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya bo‘limlari, yuridik xizmat markazlari, FHDYo va notarius xodimlari, huquqni muhofaza etuvchi organlar, davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.“Adolat” milliy-huquqiy axborot markazining ish faoliyati, maqsadlari va yo‘nalishlari, shuningdek, Lex.uz saytining yangi qiyofasi va foydalanish tartibi, yangiliklari, normativ-huquqiy hujjatlar bazasidagi mavjud imkoniyatlar haqida slayd orqali tushuntirishlar berildi.
Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berilib, xodimlar tomonidan Lex.uz milliy bazasini yanada takomillashtirish yuzasidan bir qator takliflar o'rtaga tashlandi.

17
Президент қароридан сўнг зўравонликка учраган аёллар ҳимояси учун нималар ўзгаради?

Prezidentning zoʻravonlikka uchragan ayollarga yordam tizimini yaratish, oilaviy-maishiy zoʻravonlikning oldini olish va uning mudhish oqibatlariga barham berishga qaratilgan Qarori qabul qilindi. Yaʼni oilaviy zoʻravonlik masalasiga davlat miqyosida eʼtibor qaratildi. Boshqacha boʻlishi mumkin emasdi, chunki masala allaqachon oila qoʻrgʻoni devorlaridan tashqariga chiqib, globallashib, katta ijtimoiy muammoga aylanib borayotir.

Qaror ayollarga nimalar beradi? Endi ayollar bilan bogʻliq qanday oʻzgarishlar roʻy berishiga umid qilish mumkin?

“Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy” doirasida tashkil etilgan podkastda  Jizzax viloyat adliya boshqarmasi masʼul xodimi Iroda Ablakulova ishtirok etdi.