Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

19
Ta'lim turizmi tashkil etildi.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Jizzax yuridik tehnikumtalabalar uchun Toshkent davlat yuridik universitetiga sayohat uyushtirildi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi tehnikum talabalarini universitet faoliyati bilan tanishtirish orqali oliy o'quv yurtlarida o'qishni davom ettirishga bo'lgan qiziqishini rivojlantirishdir.




Dastlab universitetning mas'ul xodimlari universitet tarixi, universitetning tashkiliy tuzilishi, tehnikum talabalariga beriladigan imtiyozlar to'g'risida batafsil ma'lumot berishdi. Ular uchun universitetning tajribali o'qituvchilari tomonidan maxsus dars tashkil etildi.




Shuningdek, talabalar Yuridik Universitet faoliyati bilan tanishdilar.

Talabalar Axborot-resurs markazi bilan tanishdi. XIX arr oxiri ХХ asr boshlariga doir Yurisprudensiya yunalishiga oid nodir adabiyotlar talabalarda katta qiziqish uyg'otdi.

Талабалар uchun “Tikansiz tipratikanlar” spektakli namoyish etildi.




Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Ta'lim turizmi" talabalarda katta taassurot qoldirdi.


Jizzax viloyat adliya boshqarmasi

16
Adliya aralashgach fuqaroning murojaati hal etildi.

Doʻstlik tuman adliya boʻlimi tumandagi A.Navoiy MFY, Gʻishtkoʻprik koʻchasi 46-uyda yashovchi fuqaro T.Raximovning elektr energiyasi uchun toʻlangan toʻlovlar abanent xisob raqamiga tushirilmaganligidan norozi boʻlib qilgan murojaati kelib tushgan.

Murojaat yuzasidan oʻtkazilgan oʻrganish jarayonida, fuqaro T.Raximovning turmush oʻrtogʻi S.Raximova aynan shu masalada 2020-yilda Doʻstlik tuman elektr taʼminoti korxonasi qilgan murojaati tashkilot tomonidan oʻrganilganda fuqaroning elektr energiyasi uchun toʻlagan toʻlovlari PK “Elektrhisob” dasturiga notoʻgʻri xatlov qilinishi natijasida 3597 kVt kam kiritilganligi aniqlangan boʻlib, avgust oyida xatlov qilish yoʻli bilan toʻgʻirlab berilishi fuqaroga tushintirilgan.

 Biroq, avgust oyida toʻgʻirlab berilmaganligi sababli T.Raximov dekabr oyida ushbu masala yuzasidan murojaat qiladi. Murojaat Doʻstlik tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan 2016-2017-yillarda toʻlagan toʻlov pattalari PK “Elektrhisob” dasturiga texnik sabablarga koʻra kiritilmaganligi aniqlandi.

 Doʻstlik tuman adliya boʻlimi tomonidan mazkur holatlarni bartaraf etish va kelgusida bu kabi holatlarni oldini olish maqsadadi taqdimnoma kiritilgan.

Mazkur taqdimnoma natijasi boʻyicha fuqaro T.Raximovning PK “Elektrhisob” dasturiga kiritilmay qolgan toʻlov pattalarini dasturga kiritilishi hamda qaytadan xisob-kitob ishlari amalga oshirilib, murojaat toʻliq qanoatlantirildi.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi

15
Jizzaxda matbuot xizmati xodimlari uchun maxsus oʻquv kurslari tashkil etildi.

Jizzaxda matbuot xizmati xodimlari uchun maxsus oʻquv kurslari tashkil etildi.

14
"Adliya brifingi"

“Jizzax haqiqati” gazetasining navbatdagi sonida “Adliya brifingi” rukini ostida maqolasi chop etildi.

13
Adliya boʻlimlari uch yoshda: faoliyatdagi dadil qadamlar

Hammamizga maʼlumki, bundan 3 yil avval, aynan shu kuni — 2018-yil 13-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilinib, unga muvofiq respublikamizning barcha — 200 ta tuman va shaharlarida adliya boʻlimlari, shundan 13 tasi Jizzax viloyatida tashkil etilgan edi. 

Sana munosabati Adliya vaziri tuman (shahar) adliya boʻlimlariga tabriknoma yoʻlladi.



Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonun ustuvorligini taʼminlash, xalqning ishonchini oqlash yoʻlida sidqidildan qilingan mehnat ana shunday ragʻbatga munosibdir. 

Jizzax viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Adliya vazirining tabriknomasi va sovgʻalar viloyatdagi 13 ta tuman (shahar) adliya boʻlimlariga tantanali ravishda topshirildi.



Jizzax viloyat adliya boshqarmasi

12
Adliya vazirligi: samarali, tejamkor va zamonaviy yangi amaliyot

Adliya vazirligi tomonidan doimiy ravishda ish faoliyatni samarali va tejamkor usulda tashkil qilishning zamonaviy va yangi metodlari qoʻllab kelinmoqda. 



Ushbu anʼanani davomi sifatida pandemiya sharoitidagi ijobiy tajribadan samarali foydalangan holda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimida oʻtkazilgan tekshirishlar birinchi marotaba yangicha yondashish asosida masofadan turib onlayn amalga oshirildi.


09
Jizzaxda sud-huquq masalalari boʻyicha sayyor qabullar oʻtkazilmoqda.

Jizzax viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.Islomov rahbarligidagi respublika ishchi guruhi sud-huquq masalalari boʻyicha sayyor qabullar oʻtkazmoqda.

Mintaqaviy tartibda tashkil etilgan sayyor qabullarda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan hozirgi kunga qadar 42 nafar fuqaro qabul qilindi.



Xususan, uy-joy va yer uchastkasi olish, pensiya, tibbiyot sohasi, ijtimoiy himoya, ish bilan taʼminlash, taʼlim hamda boshqa masalalar boʻyicha fuqarolar murojaat qilishdi.

Shundan, 10 ta murojaat ijobiy hal qilindi, 7 ta murojaat boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berilib, 25 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirigʻiga asosan sud-huquq masalalari boʻyicha oʻtkazilayotgan sayyor qabullar davom etmoqda.


Jizzax viloyat adliya boshqarmasi

08
Talabalar bilan uchrashuv

Toshkent Davlat yuridik universitetining Jizzaxlik bitiruvchilari hamda viloyat adliya boshkarmasining yosh xodimlari uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad, adliya yoshlari tomonidan yuridik universitet bitiruvchilariga adliya organlari sohasini har tomonlama yaqindan tanishtirish, ularning bu sohaga qiziqishlarini shakllantirishdan iborat boʻldi.



Bundan tashqari, mazkur tadbirda yurtimizda yoshlarga berilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan sharoitlar haqida soʻz yuritildi.



Uchrashuv viloyat adliya boshqarmasining yosh mutaxassislari va talabalar oʻrtasidagi savol-javob, fikr-mulohazalar bilan yanada qizgʻin tus oldi hamda talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi

06
“Oyning eng yaxshi xodimi” eʼlon qilindi.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlimi bosh maslahatchisi Oʻrazaliyev Nodirbek Botirqul oʻgʻli 2021-yil mart oyining eng yaxshi xodimi deb eʼlon qilindi.
  N.Oʻrazaliyev adliya tizimidagi mehnat faoliyatini 2019-yilda boshladi va bugungi kunda tizimdagi turli lavozimlarda mehnat qilib kelmoqda.
  N.Oʻrazaliyev adliya boʻlimlariga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarilishida yuqori natijalarga erishmoqda.
  Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlimi bosh maslahatchisi Oʻrazaliyev Nodirbek Botirqul oʻgʻlini tabriklab, kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilaydi.