Yangiliklar
Pirxalov Bekzod Tursunovich - Adliya vazirining buyrug‘i bilan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.
Pirxalov Bekzod Tursunovich 1983-yilda Jizzax viloyati G'allaorol tumanida tug‘ilgan, millati o'zbek, ma'lumoti oliy, 2013-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
Ma'lumot uchun, B.Pirxalov 2021-yildan buyon Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Jizzax viloyati adliya boshqarmasi jamoasi Bekzod Tursunovichni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi!
Jizzax viloyat adliya boshqarmasida hokimlik tizimi xodimlarining kasb malakasini oshirish bo'yicha seminar tashkil etildi. Mazkur tadbirda "E-qaror" elektron tizimiga kiritilgan qaror va farmoyishlarning qonun talablariga mosligi bo'yicha hududiy adliya bo'limlarida o'tkazilgan o'rganishlar muhokama etildi. Xolatni yaxshilash bo'yicha alohida tavsiyalar berildi. Mana shunday ochiq muloqotlar jarayonida fikr-mulohazalar o'rtaga tashlanadi, shundan kelib chiqib esa ishlarni samarali tashkil etish borasida vzifalar belgilanadi. Hokimliklar yuridik xizmati xodimlarining adliya boshqarmasi bilan hamkorligi faoliyatida kamchiliklarga yo'l qo'ymaslik uchun kafolatdir. Shu bilan birga Adliya vazirligi tomonidan “Eng yaxshi yuridik xizmat” respublika tanlovini e'lon qilinganligi, mazkur tanlovda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar barcha tashkilotlarning yuridik xizmatlari ishtirok etishlari mumkinligi, hujjatlar 15 fevraldan 15 martgacha qabul qilinishi haqida ma'lumot berildi.
Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda o'z huquqlarini tiklash uchun murojaat qilgan xotin-qizlarning muammolarini hal etish maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tok-shou tashkil etildi. Maqsad bir ayolning muammolariga yechim topish orqali uni baxtiyor etish. Mazkur ko'rsatuv 1-mart kuni efirga uzatiladi.
Bu galgi sayyor qabul aynan xotin-qizlar murojaatlarini qabul qilish maqsadida tashkil etildi. Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i Sh.Saidov boshchiligida ishchi guruhi tomonidan 10 nafar ayollarning muammolari tinglandi. Har bir ayol bu dunyoda baxtli bo'lishga haqli. Bu jihat aynan qonun bilan ham mustahkamlangan. Sababi ayol baxtli bo'lsagini jamiyat, davlat rivojlanadi. U atrofga mehr ko'zlari bilan qarasagina, komil insonlar tarbiyalay oladi. Har bir murojaatchining muammolari turfa xil. Ammo ularni birgina jihat huquqiy bilimning yetishmasligi, qonun hujjatlaridan bexabarligi birlashtirib turibdi. Muammolar diqqat bilan tinglanib, ularga qonuniy yechim topish maqsadida batafsil tanishish uchun barcha hujjatlar bilan tanishib chiqildi. Qizig'i ba'zi bir tashkilotlar tomonidan hal etilgan ayrim murojaatlarning ijrosi xali ta'minlanmagan. Masalan, D.N.turmush o'rtog'i bilan ajrashgandan so'ng bolalari uchun taminot pulini to'lash masalasidagi ishi xal etilib, ijroga qaratilgan bo'lsada xali umuman pul to'lanmagan. Barcha masalalar adliya boshqarmasining Inson huquqlari bo'limi tomonidan ish yurituviga qabul qilinib, ijobiy hal etilishi yuzasidan harakat boshlab yuborildi.
Jizzax shahar adliya bo’limi Jizzax shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi hamkorligida mazkur oylik doirasida joylarda uchrashuvlar va sayyor qabullar tashkil etilmoqda.Tadbir davomida shahar Adliya bo’limi yetakchi maslahatchisi Abdurauf Abdushukurov, Jizzax shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsultlari Nargiza Fayziyeva va Abdulaziz Raxmatovlar tomonidan Jizzax viloyati XTXQT MO hududiy markazi xodimlari va tinglovchilariga xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha qonunchilikdagi yangiliklar, huquq va imtiyozlar hamda xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirilganligi haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.Shuningdek, tadbirda “Buvijonlar maktabi” faoli Dilbar Saidova so‘zga chiqib, oilala va mahallalarda ijtimoiy- ma’naviy muhitni ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, mahalla va ta’lim muaassasalarida yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, yosh oilalar o‘rtasida ajrimlarning oldini olish hamda xotin-qizlarni milliy odob va urf odatlar ruhida tarbiyalashda ko‘rsatma va maslahatlarini berib o'tdilar.
G‘allaorol tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan markaz boshlig‘i tomonidan “E-huquqshunos” tizimi bo‘yicha tashkilotlarning ma’sul xodimlari uchun qabul kunlari tashkil etildi.
Bunda tashkilotlarga borilgani holda ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlardan tashqari vaqtlarda ko‘mak berish nazarda tutilgan.
Jumladan, tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazida markaz boshlig‘i Sh.Suvanov tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i va ma’sul xodimlari bilan alohida suhbat-qabul o‘tkazildi.
Qabul vaqtida tizimdan foydalanish jarayoni, xususan huquqiy tusdagi hujjatlarni tayyorlash, ularning loyihalarini tizimga biriktirish, xullas, ularning tizim orqali aylanishi borasida yuzaga kelayotgan ayrim muammmolar yuzasidan amaliy ko‘mak berildi.
Shuningdek, birlashmaning ma’sul xodimlariga mehnat qonunchiligiga rioya qilish yuzasidan buyruq loyihalarini qonunchilikka mos ravishda tayyorlash, tizimga loyihalar ilovalari bilan birgalikda biriktirilishi yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.
Mazkur tadbir boshqa tashkilotlar bo‘yicha ham davom ettirilmoqda.
Viloyat adliya boshqarmasi va tuman adliya bo'limlari tomonidan fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ularga qonuniy yechim topish, buzilgan huquqlarni tiklash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Zafarobod tuman adliya bo'limiga ijtimoiy tarmoq orqali fuqaro To'ranov Mirzaxitning qilgan murojaati nazoratga olingan edi. Sud tartibida ko'rib chiqilgan mazkur masala fuqaro foydasiga yechim topdi. Sud ma'muriy huquqbuzarlikka oid ish bilan to'liq tanishib chiqib, fuqaro asossiz ma'muriy javobgarlikka tortilganligi sababli, jarima qo'llash haqidagi qarorni bekor qilish haqida adolatli qaror qabul qildi. Natijada fuqaroga qo'yilgan asossiz ma'muriy jarima bekor qilinib, buzilgan huquqi tiklandi.Fuqaro o'z murojaatida Kadastr agentligi Zafarobod tuman bo'limi tomonidan unga nisbatan 6 mln 750 ming so'm ma'muriy jarima qo'llanilganligidan noroziligini bildirgan. Adliya bo'limi murojaat bo'yicha ishga taalluqli hujjatlarni sinchkovlik bilan o'rganish davomida fuqaroga nisbatan mazkur ma'muriy jarima asossiz qo'llanilganligi aniqlandi.
Ma'lum bo'lishicha, 2022 yil 13 yanvar kuni fuqaro To'ranov tomonidan o'ziga tegishli yer uchastkasining chegaradosh 0,15 gektar yer uchastkasini tegishli hujjatlarsiz egallab olib tomorqa sifatida foydalanib kelganligi holati bo'yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, ma'muriy jarima qo'llanilgan. Vaholanki, Kadastr agentligi Zafarobod tuman bo'limi tomonidan dalolatnomada ko'rsatilgan yer maydon 2018 yilda fuqaro fuqaro To'ranov Mirzaxitning turmush o'rtog'i To'ranova Gulmira nomiga hujjat rasmiylashtirilgan. Adliya bo'limi tomonidan fuqaroga jarima qo'llash haqidagi qaror ustidan jinoyat ishlari bo'yicha Zafarobod tuman sudiga shikoyat qilish huquqi tushuntirildi. Ish tuman adliya bo'limining aralashuvi bilan jinoyat ishlari bo'yicha Zafarobod tuman sudida ko'rilishi ta'minlandi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, tuman, shahar adliya bo'limlarining 2021 yil davomidagi faoliyati tahlili, yo'l qo'yilgan kamchiliklar va istiqboldagi rejalarga bag'ishlangan hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi.O'tgan yil davomida Jizzax viloyati adliya tizimi xodimlari tomonidan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 979 ta takliflar ishlab chiqildi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan kiritilgan 143 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari huquqiy ekspertizadan o'tkazilib, xulosa berildi.
Aniqlangan 70 075 ta qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish bo'yicha davlat organlari va tashkilotlarga 1 761 ta taqdimnoma, 6 711 ta ogohnoma hamda aybdor shaxslarni ma'muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 416 ta takliflar kiritildi.
Ko'rilgan ta'sir choralari natijasida 3 292 ta noqonuniy qarorlar bekor qilindi, 317 nafar shaxslarning ma'muriy javobgarlikka tortilishi ta'minlandi, 837 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilib, shundan 30 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Sudlarga 9 mlrd. 633 mln. so'mlik 866 ta da'vo arizalari kiritildi.
Kelib tushgan jami 6 975 ta murojaatlarning 6 305 tasi qonuniy hal etildi. Aholining huquqiy ongini oshirish bo'yicha 58 476 marotaba targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.
Endi, faoliyatimizda yo'l qo'yilayotgan xato va kamchiliklar, muammoli masalalar haqida to'xtalib o'tsam.
Barchamizga ma'lum, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2021 yil 4 avgustdagi “Hududiy adliya organlarining ish faoliyatining asosiy natijalarini baholash tartibini tasdiqlash to'g'risida”gi 233-um-son buyrug'i bilan hududiy adliya organlari ish faoliyati natijalarini baholash tartibi va mezonlari tasdiqlangan.
Mazkur buyruqqa asosan adliya vazirligi tomonidan hududiy adliya organlari ish faoliyati baholanib, baholash mezonlari bo'yicha ko'rsatgichlar reytingi shakllantirib borilmoqda.
Erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda yo'l qo'yilgan kamchiliklar va xatolar ham tanqidiy ko'rib chiqildi. Vazifalar sifati va samaradorligini oshirish yuzasidan kelishib olindi.Shu bilan birga Yangiobod tuman adliya bo'limi boshlig'i O'.Juraevning boshqa ishga o'tganligi munosabati bilan ko'zatish marosimi bo'lib o'tdi.
Hamjihatlik va mas'uliyat bor joyda baraka bo'ladi. Jizzax viloyat adliya tizimi xodimlari 2022 yilda ham a'lo natijalarni qayd etishni maqsad qildilar.
Mirzacho'l tuman adliya bo'limiga fuqaro F.Jalilova ish beruvchi tomonidan asossiz ravishda mehnat shartnomasini bekor qilinganligini bildirib, qaytadan ishga tiklashda, shunigdek majburiy bekor yurgan kunlari uchun ish haqlarini undirishda amaliy yordam berishni so'rab yo'llagan murojaati tuman adliya bo'limi tomonidan tegishli tartibda o'rganib chiqildi.
Mexnat kodeksining 108-moddasida mehnat shartnmasi bekor qilinran kuni ish beruvchi hodimga uning mexnat daftarchasini va mexnat shartnomasining bekor qilinishi xakidagi buyrukning nushasini berishi shartligi belgilab kuyilgan bo'lsada, ish beruvchi murojaatni o'rganish kuniga kadar fuqaro F.Jalilovani mexnat shartnomasi bekor qilinganligi to'g'risida ogoxlantirmaganligini hamda buyrug'i va mehnat daftarchasini bermaganligi aniqlangan, fukaro F.Jalilova mehnat vazifalarini bir marotaba qo'pol tarzda buzganligi aniqlanmaganligi , maktab o'quvchilarining arizasi o'qituvchining mehnat shartnomasini bekor qilishga asos bo'lmasligini, chunki maktab o'quvchilar voyaga yetmagan shaxs ekanligini, xodimga nisbatan holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o'tkazilmaganligini, uch kun oldin ogoxlantirish xati berilmaranligi aniqlandi.
Tuman adliya bo'limi tomonidan fuqaro manfaatida fuqarolik ishlari buyicha Dustlik tumanlararo sudiga kiritgan da'vo arizasi qanoatlantirilib, xodim o'z ish joyiga tiklandi.
Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari dunyo mamlakatlari shuningdek, xalqaro tashkilotlarning ham diqqat markazida bo‘lib kelyapti. Mazkur masala bo‘yicha BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Aholishunoslik jamg‘armasi, MDH davlatlararo Statistika qo‘mitasi kabi bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning taklif va tavsiyalari inobatga olinmoqda.
Dunyo mamlakatlariga aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishni rejalashtirish va uni o‘tkazishda yordam ko‘rsatish maqsadida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Yevropa ittifoqining statistika xizmati va bir qator a’zo davlatlar ishtirokida tayyorlangan “Yevropa statistiklari konferensiyasining 2020 yil raundida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha tavsiyalari” nomli qo‘llanma BMT Aholishunoslik jamg‘armasining texnik ko‘magi asosida Davlat statistika qo‘mitasining mutaxassislari tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda dunyoda 200 dan ortiq davlat bshlib, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasining rasmiy veb-saytida mazkur qo‘llanmaning faqat ingliz, fransuz va rus tillaridagi talqinlari (tarjimalari joylashtirilgan xolos). Uning ilk marotaba o‘zbek tiliga tarjima qilinishi va BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi yangi O‘zbekistondagi islohotlarning , xususan aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish uchun ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlarining dunyo hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuksak baholanayotganligi va tan oliniyotganligidan dalolat beradi.
Yana bir muhim jihati, o‘zbekcha qo‘llanmaning BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasining rasmiy veb-saytida jahon tillaridagi talqini bilan yonma-yon turishi esa har birimizga g‘urur bag‘ishlab, ona tilimizning dunyodagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, ushbu tavsiyalar mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga tayyorgarlik jarayonlarida ishtirok etuvchilarning bilimini oshirib, tadbirning sifatli o‘tkazilishida muhim rol o‘ynaydi.
Jizzax viloyat statistika boshqarmasi