Yangiliklar
Jizzax teleradiokanali “Diyor yangiliklari” informatsion dasturining bugungi-23 dekabr, soat 7:00, 13:00, 17:00, 19:00, 21:30 dagi sonlarida yuguruvchi titrlar orqali 2021 yil 21 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Aholining kam ta'minlangan qatlamlarini qo'llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'risida"ga Qarorining mazmun-mohiyati yoritildi.
Yangi yil munosabati bilan davlatimiz rahbarining kam ta'minlangan oilalarga ko'rsatayotgan bunday g'amxo'rligi ortida ularning bayramni to'kin dasturxon atrofida, tinchlik-totuvlikda kutib olishlarini ta'minlashdek oliyjanob maqsad mujassam desak xato bo'lmaydi. Mazkur qarorning mohiyatini Jizzax ahliga yetkazish borasida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan shu va boshqa targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamda
Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi
o‘rtasida imzolangan
Memorandumga ko‘ra,
FM 105,5 hamda 106.2 toʻlqinlarida "HUQUQIY DARSXONA" radio loyihasiga start berildi. Ushbu loyiha doirasida faol bo‘lgan ishtirokchilar har oyning birinchi seshanba kuni - radio o‘yin davomida viloyat adliya boshqarmasi jamoasining estalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Radio loyihaning navbatdagi mehmoni Do‘stlik tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Shohzod Sherqulov.
"Inson va qonun" gazetasining navbatdagi sonida:
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Shokir Saidov: " Inson va qonunga shaxsan o‘zim obuna bo‘ldim. Har bir adliya xodimining uyiga kirib borishi lozim bo‘lgan gazeta bu! Yangi yilda ham hamkorlik davom etadi. Kuch-quvvat tilayman!
20 dekabr kuni “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2022-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida:
imtiyozli kreditlar yillik 14 foiz stavkada:
➖ aholi hamda tadbirkorlarga – 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
➖ chorvachilik, baliqchilik va parrandachilik uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
➖ bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilik, issiqxona, qishloq xoʻjaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha;
➖ “Hunarmand” uyushmasi aʼzolariga – 3 yilgacha hamda aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun 18 oygacha ajratiladi.
Qarorning mazmun-mohiyati yuzasidan Jizzax radiosining "Intervyu" eshittirishida Paxtakor tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Zokir Isaqulov o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
22 noyabr kuni Hukumat qarori bilan Adliya vazirligi yuridik texnikumi bitiruvchilarini yurisprudensiya yoʻnalishi boʻyicha oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishga oid nizom tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, yuridik texnikum bitiruvchilarini yurisprudensiya yoʻnalishi boʻyicha OTMga qabul qilish tartibi belgilandi.
Ushbu Nizomning mazmun-mohiyati yuzasidan Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining "TV-Sharh" ko‘rsatuvida davra suhbati tashkil qilindi.
Suhbatda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Jizzax viloyati yuridik texnikumi direktori Abror Idiboyev hamda Zafarobod tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Bunyod Ikromov.
Ko‘rsatuv 26 dekabr, soat 19.30 da efirga uzatiladi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan e'lon qilingan "Madhiyamni kuylayman" tanlovining g'olibi aniqlandi. Yurtdoshlarimizning iltimoslariga asosan tanlov muddati uzaytirilgan edi. Shu vaqt mobaynida ijtimoiy tarmoq orqali yuzdan oshiq ishtirokchilar tanlovda o'z iqtidorini namoyon etdi. Viloyat madaniyat boshqarmasi xodimi va boshqarma xodimlaridan tashkil topgan komissiya a'zolari ijrolar ichidan eng yaxshisi deb Jizzax shahridagi 7-umumta'lim maktabining 2-sinf o'quvchisi Saida Anvarovani e'tirof etishdi. G'olibga adliya boshqarmasi tomonidan planshet sovg'asi taqdim etildi. Rag'bat va etibor har qandan insonni ruhlantiradi, yangi zafarlar sari chorlaydi. Vatan madhiyasini sevib ijro etgan mana shunday yoshlarga kelajakda jaxon maydonlarida ham madhiyamizni baralla yangratish nasib etsin!
Jizzax viloyatidagi tuman, shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazlari xodimlari o'zlari xizmat ko'rsatadigan davlat tashkilotlarida sifatli yuridik xizmatni ta'minlashi ko'p jihatdan tajriba almashish, bilimlarni mustahkamlash, yangiliklardan o'z vaqtida xabardor bo'lish bilan bog'liq. Shu maqsadda tegishli davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda doimiy ravishda o'quv seminarlari tashkil etilmoqda. Bu galgi o'quv seminariga Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyat filiali bosh mutaxasisi Orifxo'ja Meliyev taklif etildi. Yuridik markazlar tomonidan xizmat ko'rsatilayotgan 12 ta tashkilotda aynan qaysi lavozimdagi xodimlarni tanlov asosida ishga olish tartiblari, bu borada yaratilgan elektron baza faoliyati, tashlovni o'tkazish tartiblari hususida atroflicha tushuncha berildi. Savol javoblar jarayonida esa bu boradagi bilimlar yana bir marotaba mustahkamlandi, bilmagan ma'lumotlarga ega bo'lindi.
O'zbekiston Respublikasida Konstitutsiya va qonunlarining ustunligi so'zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko'radilar.
Konstitutsiyamizning 15-moddasida belgilangan ushbu qoidaning hayotiy ifodasini yurtimizda yashayotgan har bir fuqaro oz turmush tarzi, ish faoliyatida korishi mumkin. Oilaviy hayotda bo'ladimi, jamiyatdagi munosabatlardami, o'qish va ish faoliyatidami barchasi Konstitutsiya va u asosida yaratilgan qonunlar bilan tartibga solinadi. Bolalikdan har bir inson ongiga singdiriladigan qoidalardagi mumkin yoki mumkin emas degan so'zlar ham shu qonunlardan kelib chiqadi. Aynan shu qoidalarni o'zlashtirish bilan shaxsda huquqiy madaniyat shakllanadi, qonunchilik haqida tushuncha paydo boladi.
Mamlakatimiz davlat talim standartlariga muvofiq, talimning barcha bosqichlarida o'quvchi va talaba yoshlarga O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo'yicha dars mashgulotlari o'qitiladi.
Bu, avvalo, maktabgacha ta'lim muassasasida boshlanib, tarbiyalanuvchilarga O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida ilk tushunchalar orgatiladi. Umumiy oэrta ta'lim maktablarida esa birinchi Prezidentimizning 2001-yil 4-yanvardagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganishni tashkil etish to'g'risidagi farmoyishi asosida 1-4-sinflarda Konstitutsiya alifbosi kursi o'qitiladi. Shuningdek, atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, odobnoma hamda tarbiyaviy soat mashg'ulotlarida Bosh qomusimizda belgilangan qoidalar haqida ma'lumot beriladi.
O'quvchilarning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlar haqidagi bilimini mustahkamlash, ularning huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirishda har yili ananaviy tarzda otkazib kelinayotgan "Konstitutsiya-baxtimiz poydevori" korik-tanlovi ham alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Joriy o'quv yilida mazkur tanlov Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 29 yilligiga bag'ishlangani bilan yanada keng ko'lam kasb etdi. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining buyrug'i bilan tasdiqlangan Nizom asosida tanlovning quyi bosqichlari barcha umumta'lim maktablarida, tumanimizda o'quvchilarning faol ishtirokida otkazildi.
Mirzacho'l tumanida tashkil etilgan tanlovning tuman bosqichida 20 ta umumta’lim maktablaridan kelgan o’quvchilarning Konstitutsiya va qonunlar haqidagi huquqiy bilimiga baho berildi. O’tkazilagan tadbirda Mirzacho’l tumanidagi 18-ixtisoslashtirilgan davlat umumtalim maktabi jamoasi eng yaxshi deb topildi. G'olib o'quvchilar tanlovning viloyat bosqichiga yo'llanma oldi.
Bu say-harakatlar o'sib kelayotgan yosh avlodning mamlakatimiz qonunchiligi haqidagi bilimi va huquqiy madaniyatini oshirish, ularni Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan huquq va majburiyatlarini anglagan jamiyatning faol azolari sifatida tarbiyalashga xizmat qilishi shubhasiz.
Dunyoviy bilimlar bilan birga diniy bilimlarning mustahkam bo'lishi inson kamolotini belgilaydi. Fuqarolarning huquq va erkinliklari sirasiga vijdon va din erkinligi ham tegishli. Bu bosh qomusimizda alohida belgilab qo'yilgan. Shu bilan birga din va davlat munosabatlari, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar faoliyati ham bir nechta qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Jizzax tibbiyot texnikumida tashkil etilgan tadbirda o'quvchilarga bu borada aniq tushunchalar berildi. Din va vijdon erkinligi ham insonga mas'uliyat yuklashi, uning davlat rivoji, yurt tichligi uchun ahamiyati nihoyatda katta ekanligi ta'kinlandi. Bugunda islom dini niqobi ostida harakat qilayotgan tashkilotlarga aldanib qolish aynan diniy bilimlarning kamligi, psixologiyadagi ma'lum bir bo'shliqlar ekanligi aytib o'tildi. Bugun yoshlarning davlat boshqaruvi tizimidagi o'rni aloxida e'tiroyga loyiq. Shu sabab har bir yigit-qiz o'z oldiga qo'ygan ezgu maqsadlardan og'ishmasligi, yuksak marralarni ko'zlashi lozim.
Forish tumanida adliya boʻlimi hamda xalq ta'limi bo'limi hamkorligida umumta'lim maktabi o'quvchilari o'rtasida "Mening huquq va majburiyatlarim" nomli musobaqaning tuman bosqichi oʻtkazildi. Ushbu musobaqada Forish tumanidagi 15 ta maktabning 9-11-sinf oʻquvchilari ishtirok etishdi. Ushbu tanlov 3 shartdan iborat bo'lib, 1-shart 25 ta konstitutsiyaga oid savollardan iborat test, 2-shart konstitutsiyaga oid og'zaki savol-javob va 3-shart huquq va majburiyatlarga oid sahna koʻrinishi bo'yicha bellashdilar. Barcha shartlar bo'yicha a'lo natijalarni qo'lga kiritgan 55-umumta'lim maktabi jamoasi g'olib deb topildi. Tanlov ishtirokchilari hamda gʻoliblarga diplom va esdalik sovgʻalari, kitoblar berildi.