Yangiliklar
O'zbek xalqi bolajon xalq. Yetimlarning boshini silash, ularga g'amxo'rlik qilish borasida dunyoga ibrat ko'rsata olgan millatmiz. Bugun mana shu olijanob fazilatlar davlatimiz siyosatiga ham ko'chib, qonunchilik bilan mustahkamlandi. Ota-ona qaramog'idan mahrum, yetim bolalarning haq-huquqlari mustahkam kafolatiga ega. YAqindagina Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni uy-joy bilan ta'minlash tartibi to'g'risida”gi Qaror ham yana shunday ko'ngli yarim o'g'il-qizlar uchun mehr-sahovatning yorqin namunasi bo'ldi.
Jizzax shahridagi 26-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan bo'lgan uchrashuvda adliya boshqarmasi bo'lim boshlig'i J.Ishonqulov tomonidan mazkur qaror mazmun-mohiyati, qonunchilikdagi yangiliklar, o'zgarishlar va imtiyozlar haqida batafsil tutuntirish berildi. "Mening huquqiy" shiori ostida tashkil etilgan davra suhbatida muassasaning 9-11-sinf o'quvchilari ishtirok etdi. Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan davra suhbatida ularning kelajakdagi orzulari, hayotdagi maqsadlari ham tinglandi.
Xabaringiz bor, Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamda
Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi
o‘rtasida imzolangan
Memorandumga ko‘ra,
FM 105,5 hamda 106.2 toʻlqinlarida "HUQUQIY DARSXONA" radio loyihasiga start berilgan.
Ushbu loyiha doirasida faol bo‘lgan ishtirokchilar 8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni adliya boshqarmasi jamoasining estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Huquqshunoslar tomonidan berilgan huquqiy savollarga o‘zining zukkoligini, topqirligi va tezkorligi bilan javob berib, radio loyihaning ilk g‘olibiga aylangan G‘iyosiddin G‘oziboyev radio o‘yinning navbatdagi sonida ishtirok etdi. Loyihaning ilk g‘olibi "Huquqiy darsxona" loyihasi haqida o‘z mulohazalarini bildirdi. Huquqiy targ‘ibot va ma‘rifat bo‘limi boshlig‘i Jahongir Ishonqulov viloyat adliya boshqarmasi jamoasi nomidan estalik sovg‘alarni o‘z egasiga topshirdi.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun! Ushbu kun munosabati bilan joylarda turli tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Navbatdagi manzil Jizzax politexnika instituti bo‘ldi. Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma‘rifat bo‘limi boshlig‘i Jahongir Ishonqulov Bosh Qomusimizning yaratilish tarixini talabalarga gapirib berdi. Ishtirokchilarga Konstitutsiyadagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar hamda moddalarni hayotiy misollar bilan tushuntirib o‘tdi.
"Konstitutsiyamiz jahondagi hozirgi zamon konstitutsiyaviy tajribasi talablariga toʻla mos keladi. Ayni paytda u mustaqil, sof milliy manfaatlar asosida yuzaga kelgan oliy qadriyatdir. Unda xalqimizning dunyoqarashi, maqsadlari, intilishlari mamlakatda yashayotgan barcha xalqlar manfaatlari bilan mos keladigan holda oʻz ifodasini topgan",- deb J.Ishonqulov o‘z fikr-mulohazalariga yakun yasadi.
Tadbir talaba yoshlarning badiiy chiqishlari bilan davom etdi.
Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi orqali efirga uzatiladigan “TV sharh ” koʻrsatuvining bu galgi soni “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni va “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori mazmun-mohiyatiga bagʻishlanadi. Zarbdor tumani adliya bo’limi bosh maslahatchisi Inomjon Qayumov va Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Abdulaziz Xujakov makzur Qaror va Farmon yuzasidan tushuntirish berdi. Ushbu koʻrsatuv 12-dekabr kuni soat 19:30 da efirga uzatiladi.
"Forish tonggi" gazetasining navbatdagi sonida Forish tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Oybek Yuldashevning "Konstitutsiya - islohotlarning muhim poydevori" nomli maqolasi chop etildi.
3-dekabr kuni Jizzax viloyatining yuzdan ortiq umumta'lim maktablarida bir vaqtning o'zida, ya'ni 8:00 dan 8:40 gacha "Konstitusiya darslari" bo'lib o'tdi. Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi bilan tuzilgan reja-grafikka asosan adliya boshqarmasi va tuman, shahar adliya bo'limlari, yuridik xizmat ko'rsatish markazlari xodimlari darslarni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazishdi.
Konstitutsiya darsida nafaqat uning huquqiy jihatlarini, balki bosh qomusimizning hayotimizdagi, turmush-tarzimizdagi ahamiyati va o'rniga haqida ham alohida to'xtalib o'tildi.
Dars jarayonlari davomida o'quvchilarning Konstitusiya to'g'risidagi bilimlari savol-javoblar orqali sinovdan o'tkazildi. Faol ishtirok etgan o'g'il-qizlarga estalik sovg'alari topshirildi.
Darsni Sharof Rashidov tuman yuridik markazi bosh yuriskonsulti, 2- darajali yurist Nargiza Fayzieva olib bordi.
8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi yuristlar tomonidan viloyatdagi 100 dan oshiq umumta'lim maktablarida bir vaqtning o'zida, Konstitutsiya darslari tashkil etildi. Xalq ta'limi boshqarmasi hamkordigida o'tkazilgan mazkur dars mashg'ulotlariga 3 mingdan ortiq o'quvchilar qamrab olindi.
Huquqiy ongimiz va huquqiy madaniyatimizni yuksaltirishda, siyosiy faolligimizni oshirishda, ijtimoiy hayotda o'z o'rnimizga ega bo'lishimizda bosh qomusimizning o'rni va ahamiyati beqiyosdir. Xuddi mana shu tushunchani yoshlar ongiga singdirish orqali ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, burchli va mas'uliyatli qilib ulg'aytirish mumkin. Malakali yuristlar tomonidan o'tilgan konstitutsiya darslari o'quvchilar uchun noodatiy va qiziqarli mashg'ulot bo'ldi. Har bir moddasiga inson huquqlari va qadriyatlari oliy darajada singdirilgan konstitutsiyamiz mamlakatimizdagi barcha fuqarolarning huquq va erkinliklari uchun kafolat bo'la oladi.
Konstitutsiya darslari viloyatning olis hududlarini ham qamrab oldi. Eng ahamiyatlisi tuman, shahar adliya bo'limlari va yuridik xizmat ko'rsatish markazlari xodimlari o'zi o'qigan maktablarda dars o'tishdi. Konstitutsiyamiz o'zbek xalqining tinch va farovon yashashi, daxlsizligimiz kafolati uchun yaratilgan bosh qonunimizdir. Unda yurtimizdagi har bir insonning taqdiri va hayot yo'li mujassam ekanligini doimo anglashimiz va uni chuqur o'rganmog'imiz zarur.
Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan o'tkaziladigan bugungi tadbirlar nogironlarga ijtimoiy yordam ko'rsatish, moddiy va manaviy qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyatda o'z o'rinlarini egallashlariga imkoniyatlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada Muhtaram Prezidentimiz tomonidan nogironlarga ko'rsatilayotgan g'amxo'rlik, keng jamoatchilikning ham bu savobli ishlarda faol ishtirokining yorqin namunasidir.
Sharof Rashidov tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Ilg‘orjon Rashidov hamda tuman DXA, tumandagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xalq qabulxonasi xodimlari hamda mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda "Saraylik" MFY dagi nogironlar holidan xabar olindi. Ularga huquqiy tushuntirishlar, qonunchilikdagi nogironlarga berilgan imtiyozlar haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining "Assalom, Jizzax" dasturiga Sharof Rashidov tuman yuridik markazi bosh yuriskonsulti, 2- darajali yurist Nargiza Fayzieva taklif etildi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi keng nishonlanayotgan ayni kunlarda, bosh qomusimizning hayotimizdagi, turmush-tarzimizdagi ahamiyati va o'rnini xech bir narsa bilan qiyoslab bo'lmasligini ta'kidlashimiz lozim. Mazkur suhbatda qomusimizning huquqiy asoslari hamda insonparvarlik tamoyillari bilan yo'g'rilgan moddalari oddiy, xalqchil tilda yoritib berildi. Ko'rsatuv 8-dekabr kuni, soat 7:00 da efirga uzatiladi.
Zarbdor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan Jizzax viloyat adliya boshqarmasining 2021-yil 30-noyabr kungi 5-10/09-8//5287-son topshiriq xati ijrosi yuzasidan, tasdiqlangan grafik asosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan tumandagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Konstitutsiya-huquqlarimiz kafolati” mavzusida dars o‘tildi.
Dars jarayonlarida an'anaviy va interfaol metodlardan foydalanib o‘quvchilarga Konstitutsiyamizning tarixi va huquqiy jihatlari, uning hayotimizdagi, turmush-tarzimizdagi ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.