Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

06
Tadbirkorlarga intellektual mulkdan noqonuniy foydalanish oqibatlari bo‘yicha targʼibot ishlari amalga oshirilmoqda

Yuritimzda davom etayotgan “Kontrafaktsiz oy” oyligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 14-noyabrdagi
PF–184-son Farmoniga muvofiq tadbirkorlarga intellektual mulk huquqiga rioya qilish va uning huquqiy oqibatlari yuzasidan xabardorligini oshirishga oid
seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Xususan, joriy yilning 4-mart kuni Adliya vazirligi va Jizzax viloyat adliya boshqarmasi xodimlari viloyatda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tovar belgisiga ega bo‘lish va uni qonuniy himoya qilish to‘g‘risida seminar trening tashkil etildi. Uchrashuv davomida “Senator” tovar belgisidan noqonuniy foydalanilayotgani, tovar belgisini himoya qilish masalasida joyida murojaat qabul qilinib, vazirlik ish yurutuviga olindi.

Shuningdek, intellektual mulk obyektlarini himoya qilish uchun tegishli davlat organlariga murojaat qilish, tovar belgilariga nisbatan huquqbuzarlik uchun javobgarlik choralari to‘g‘risida qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Kunning ikkinchi yarmida “BYD O‘zbekistan” MChJ rahbari bilan BYD tovar belgilarini himoya qilish, xususan, kontrafakt mahsulotlarni aniqlag ususllari boʼyicha hamkorlikda maʼlumot almashinuv yoʼlga qoʼyildi.

05
HUQUQIY TARG'IBOT

Xalq orasiga yaqinroq kirib borish orqali muamolarni tizimli hal qilish, ularning yechimi borasida samarali natijaga erishish mumkin. Mazkur mexanizm bugun o‘zini to‘la oqladi va rahbarlarning mahalla aholisi bilan yuzma-yuz muloqotlari sabab ko‘pgina masalalarga oydinlik kiritilayotgani ayni haqiqat. Shu sabab davlatimiz rahbari tomonidan "Obod honadon-obod ko‘cha-obod mahalla" mezonlari asosida ishlarni tashkil qilish kerakligi takidlangan edi.

Jizzax viloyati bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir bo‘lgan mahallalarning infratuzilmasini yaxshilash, kambag‘allik va ishsizlikni kamaytirish borasida amaliy ishlar boshlab yuborildi. Adliya boshqarmasiga biriktirilgan Zarbdor tumanidagi 5 ta mahalla fuqarolar yig‘inida boshqarma va tuman adliya bo‘limi xodimlaridan tuzilgan ishchi guruhlari tomonidan doimiy ravishda o‘rganish o‘tkazilib, xudud aholisi bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Andijon, Sharq yulduzi, Nurafshon mahallalarida uyma-uy yurgan holda muammolar o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ularni ijobiy hal qilish choralari ko‘rildi.

Bundan tashqari davlat tashkilotlari va muassasalari xodimlari bilan ham davra suhbatlari tashkil etildi. Umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning huquqiy savodxonligini oshirib borish choralari ko‘rilmoqda. Huquqiy ma’lumotlar aks ettirilgan tarqatma materiallari tarqatilmoqda. Aholiga davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilmoqda.

03
Sayyor qabullar aholi muammolariga echim topishning samarali usuli

Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Ergashevning Jizzax shahridagi "Bog'ishamol" mahallasida sayyor qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida tuman adliya bo‘limi, mahalla ettiligi va boshqa hamkor tashkilotlarning ham ishtiroki ta’minlanib, murojaat qiluvchilarning savollariga dastlab huquqiy tushuntirishlar berildi. Muammoni hal etishda to'g'ri yo'l ko'rsatildi. O'rganish talab etiladigan muammolar ish yurituviga qabul qilinib mutasaddilar ishtirokida hal qilib berish choralari ko‘rildi.

Notarial sohadagi murojaatlarga notariuslar tomonidan tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmatlari ham ko'rsatildi.

25
Kompensatsiya pullari sud tomonidan undirib berildi


Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro X. Parmonovaning o‘ziga tegishli bo‘lgan Jizzax shahar, Yoshlik MFYda joylashgan sobiq “Bolalar sport zali va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi” binosi jamoat ehtiyoji uchun olinganligi natijasida yetkazilgan zararni Jizzax shahar hokimligidan undirishda amaliy yordam berishni so‘rab yozgan murojaati o‘rganib chiqiiganda quyidagilar aniqlandi. Jumladan, fuqaro X. Parmonovaga kadastr hujjatlariga asosan tegishli bo‘lgan majmua binosi Jizzax shahrining arxitekturaviy qiyofasini yaxshilash bo‘yicha tegishli hukumat qarori bilan “Obod mahalla” dasturiga tushganligi inobatga olinib, mazkur dastur ijrosini ta’minlash  munosabati  bilan  shahar  hokimining tegishli qarorihamda  Jizzax shahar hokimi hamda fuqaro X.Parmonova o‘rtasida tuzilgan “Mulkiy zararni qoplash to‘g‘risida”gi shartnomasiga  asosan bir qismi buzdirilib, hujjatga ko‘ra yer maydoni davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan.
Biroq, shahar hokimligi tomonidan murojaati ko'rib chiqilgan kuniga qadar yani olti yildan ortiq muddat davomida fuqaro X.Parmonovaning mulkiga etkazilgan zarar uchun kompensatsiya to‘lab berilmaganligi ma'lum bo'ldi.

Ushbu asosda, adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro X.Parmonova foydasiga javobgar Jizzax shahar hokimligidan  885 532 538  so'm miqdorida mulkiga etkazilgan zarar uchun kompensatsiya undirish to'g'risida sudga da'vo ariza kiritildi

Mazkur da'vo ariza fuqarolik ishlari bo'yicha Do'stlik tumanlararo sudining raisi B.Kazakov tomonidan ko'rib chiqilib, da'vo talabi to'liq qanoatlantirildi.

18
Hamkorlikda huquqiy targ'ibot

Ayni paytda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Zarbdor tumaniga biriktirilgan boshqarma xodimi Sh.Sulaymonov tomonidan Oʻzbekiston respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorida belgilangan vazifalar yuzasidan onlayn davra suhbati tashkil etilmoqda. Unda Zarbdor tumanidagi mahallalarining raislari, xokim yordamchilari, ijtimoiy xodimlar, xotin qizlar faollari, profilaktika inspektorlari, soliq inspeksiyasi xodimlari, yoshlar faolllari yoshtirok etishmoqda.

Jinoyatlarning oldini olishda profilaktik tadbirlarning oʻrni, qonun va qoidalarga amal qilmaslik uchun javobgarlik muqarrar ekanligi, firibgarlik, aldov va tovlamachilik jinoyatlarining aholi orasida kupayib borishi aynan huquqiy savodxonlikning yetishmasligidan kelib chiqayotganligi taʼkidlandi. Har bir ishni samarali tashkil etish uchun hamkorlik asosiy jihat ekanligi aytib oʻtildi.

Savol-javob va ochiq fikr almashish shaklida oʻtkazilgan tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi. Faoliyatda kerak boʻladigan barcha maʼlumotlar yetkazildi, kelajakdagi rejalar belgilab olindi.

17
"Mening mahallamda jinoyat bo'lmaydi" dasturi doirasida hududlarda targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

G'allaorol tumanidagi “Tozaurug'", "Oqtom", "Sarbozor" va "G'.G'ulom" mahallalarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan davra suhbatlari tashkil etildi.

Mazkur mahallalarga adliya boʻlimi xodimlari tomonidan qaror mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan tarqatma materiallar yetkazilgan.

Bu borada belgilangan reja-grafiklar asosida ishchi guruhi tomonidan “mahalla yettiligi” bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, ularning oqibatlar va qilmish uchun jazo muqarrarligi masalalari yetkazilib, “mahalla yettiligi” lavozim majburiyatlari ham tushuntirildi.

12
“HUQUQIY MAHALLA” LOYIHASI DOIRASIDA ANIQLANGAN MUAMMOLAR YECHILMOQDA

Jizzax shahar adliya bo’limi tomonidan “A.Navoiy” MFYda uy-uyma yurish orqali aholining muammolari o'rganilib, tegishliligi bo'yicha yechim topmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Jizzax shahar “A.Navoiy” MFY “Huquqiy mahalla” deb etirof etilganligi hamda fevral oyi davomida ushbu mahallada istiqomat qiluvchi aholining huquq va manfaatlarini ta‘minlashga qaratilgan normalar va standartlarning ishlashini monitoring qilish hamda aholining huquqiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish maqsadida uyma-uy yurish orqali aholi muammolari o'rganilmoqda.

Aholi tomonidan yo'llangan murojaatga asosan A.Navoiy MFY hududida joylashgan Archazor va Charxpalak ko'chasi 3-sonli umumta'lim maktabiga borish yo'lida piyodalar o'tish yo'lagi tashkil etilib, yo'l belgilari o'rnatildi.

10
Ommaviy sayyor qabul

Ayni kunlarda Jizzax viloyati aholisi uchun ommaviy sayyor qabullar tashkil etilmoqda. Unda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar oʻrganilib, yechimi boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilishi belgilangan.

Sayyor qabulda viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi A.Ergashev tomonidan sohaga aloqador murojaatlar oʻrganilib, ularni bartaraf etish choralari belgilandi.

Bunday uchrashuvlar rahbarlarning xalq orasiga yanada yaqinroq kirib borishiga va bu orqali muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga, eng muhimi ularning sabablarini aniqlashga yordam berishi bilan ahamiyatlidir.

Qabul davomida fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi. Shu bilan birga, zaruratga ko'ra notariuslar tomonidan huquqiy maslahatlar berilib, tegishli xizmatlar ko'rsatildi.

06
Kitob ulashing – bilim ko‘payadi

Mazkur aksiya doirasida davlat xizmatlari markazlariga kelgan fuqarolarga kitob ulashish chelenji boshlanib ketdi.

Jizzax shahar hamda Sharof Rashidov tumani adliya bo'limlari tomonidan Davlat xizmatlari markazi binosida "Ziyo ulash" kutubxona burchagi tashkil etildi!

Ushbu loyiha katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, undagi kitoblar boshqalarga bilim va ma’rifat ulashish imkonini yaratadi.

Shuningdek, ushbu loyiha orqali fuqarolar va adliya organlari xodimlariga kitob mutolaa qilish imkoniyati yaratilib va ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi yanada oshadi.

Loyiha doirasida jamg‘arilgan kitoblar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ham tarqatiladi, bu esa kitob sotib olish imkoniyati cheklangan kishilar uchun ulkan sovg‘a bo‘ladi.

05
Umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilari o'rtasida salbiy holatlarni oldini olish mavzusida seminar bo'lib o'tdi

Bugun Zarbdor tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limida tuman prokurori R.Masharipov hamda tuman adliya boʻlimi boshligʻi M.Abdualimovlar tomonidan "O'quvchi yoshlar o'rtasida turli ko'rinishdagi salbiy holatlarni oldini olish" mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

Yoshlar oʻrtasida har kim qilgan jinoyati uchun jazo olishi muqarraligi yuzasidan davra suhbatlari tashkil etish orqali ularning ongida shartli ravishda bunday illatlarga qarshi murozasizlikni uygʻotish, unga qarshi kurashishni shakllantira olish mumkin.

Suhbat davomida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-sonli qaror mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berildi.