Yangiliklar
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy bilimlarni aholi oʻrtasida keng targʻib qilish borasida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan Yangiobod tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar bunga yorqin misoldir.
Yangiobod tuman adliya boʻlimi tomonidan seminarda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati haqida ishtirokchilarga maʼlumot berildi.
Tadbir soʻngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar batafsil javob berishdi.
Jizzax viloyati Forish tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchisi Yuldashev Oybek Erdoshevich 2021-yil myun oyining eng yaxshi xodimi deb eʼlon qilindi.
O.Yuldashev adliya tizimidagi mehnat faoliyatini 2018-yilda boshladi va bugungi kunga qadar tizimda mehnat qilib kelmoqda.
O.Yuldashev oʻziga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarilishida yuqori natijalarga erishmoqda.
Jizzax viloyati Forish tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchisi Yuldashev Oybek Erdoshevichni tabriklab, kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilaydi.
Mirzachoʻl tumani “Yerjar” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi Begjanov koʻchasi, 22-xonadonda yashovchi fuqaro M.Jumaboyevning ish beruvchi tomonidan soʻnggi hisob-kitob pullari berilmaganligidan norozi boʻlib, mehnat nizosini hal qilinishida amaliy yordam soʻrab, tuman adliya boʻlimiga yoʻllagan murojaati oʻrganib chiqildi.
Oʻrganish davomida haqiqatan ham, fuqaro M.Jumaboyev 2019-yilda Jizzax viloyati “Toza hudud” DUK Mirzachoʻl tuman filialiga yuklovchi vazifasiga qabul qilinganligi, u ushbu vazifada 2021-yil 19-may kuniga qadar ishlab kelganligi, 2021-yil 19-may kuni esa oʻz arizasiga asosan egallab turgan lavozimidan ozod etilib, ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor boʻlganligi, ammo ish beruvchi tomonidan fuqaro M.Jumaboyevga oxirgi hisob-kitob pullari hozirga qadar toʻlab berilmaganligi aniqlandi.
Tuman adliya boʻlimi tomonidan aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, fuqaro M.Jumaboyevning ishlagan kunlari uchun qonunda belgilangan tartibda toʻlovlarni toʻlab berish yuzasidan ish beruvchiga taqdimnoma kiritildi.
2021-yilning 17-iyunida “Toza hudud” DUK Mirzachoʻl tuman filiali tomonidan fuqaroga 1 million 596 ming 736 soʻm haqdorligi toʻliq toʻlab berilishi taʼminlandi.
Bobur ESANOV,
Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchis
Yon-atrofda roʻy berayotgan oʻzgarishlar yoshlar uchun qanchalar qiziqarli bulsa jamiyat hayotidagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohatlar ham shu darajada ular uchun ahamiyat kasb etadi. Mana shu jarayonlarda faol ishtirok etish uchun esa har bir yigit-qiz huquqiy jihatdan yetuk boʻlmogʻi lozim. Aks xolda oila va jamiyat, halq va davlat munosabatlarida muammolar yuzaga kelaveradi. Shu sabab davlatimiz rahbari oʻz eʼtiborini birinchi galda yoshlar siyosatiga qaratgani bejiz emas.
30 -iyun Yoshlar kuni munosabati bilan davlatimiz raxbarining yoshlar va talabalar forumidagi nutki Jizzax yoshlari tomonidan katta hayajon va zoʻr ishtiyoq bilan qarshi olindi.
Prezidentimiz Sh.Mirziyovning yoshlarga boʻlgan eʼtibori, ishonchi har bir oʻzbek yigit-qizlari uchun katta gʻurur va iftihordir. Jizzax viloyati adliya boshkarmasining yosh yuristlaridan biri Muxriddin Musurmonov ham bunday eʼtibordan juda mamnun.
Uning Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning nutqiga yosh yurist sifatida bildirgan munosabatini ushbu manzillar orqali koʻrishingiz mumkin
Sharof Rashidov tumani Adliya boʻlimi tomonidan “26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida ijodkor oʻquvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.
Joriy yilning 26-iyun kuni Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Adliya boʻlimi tomonidan tumanning 13- umumiy oʻrta taʼlim maktabida “26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida ijodkor oʻquvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida davra suhbati shaklidagi uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvga tuman Yoshlar ittifoqi va Tibbiyot birlashmasi vakillari xam qatnashdi. Suhbat davomida Adliya boʻlimi xodimlari va tibbiyot xodimlari tomonidan quyidagi mavzular qatnashchilarga yoritib berildi. Jumladan:
1.“Giyoxvandlik – asr vabosi”, “Giyohvandlikning inson salomatligiga taʼsiri va muolaja usullari” mavzularida maʼruzalar;
2.“Psixatriya toʻgʻrisida”gi OʻRQ-690-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni mazmun va mohiyat;
3.“Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5116-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori mazmuni va mohiyati.
Tadbir soʻngida ijodkor yoshlarning tadbir mavzusi boʻyicha tayyorlagan ijod naʼmunalari namoyish qilindi va faol qatnashchilarga estalik sovgʻalari tarqatildi.
Avvalo boshqarma boshligʻi Shokir Kamalovich soha fidoiylarini Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etdi. Shu oʻrinda, mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, jurnalistlar mexnatini ragʻbatlantirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotgani xaqida soʻzladi. Soʻngi yillarda yurtimizda ommaviy axborot soxasida koʻplab qonunchilik xujjatdari qabul qilinganligi, bir qancha qonun xujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi buning ifodasi ekanligilini boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Akmal Mamarasulovich alohida takidlab oʻtdi.
Shuningdek, adliya boshqarmasi va uning tizimidagi xodimlar bilan oʻzaro hamkorligi, adliya organlari faoliyatini jamiyat va xalq oldida yoritishda qoʻshayotgan hissasi, shuningdek, qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini, ijrosining borishini, ularga nisbatan aholi munosabatini muvaffaqiyatli yoritib berayotganligi uchun ommaviy axborot vositalari xodimlariga minnatdorlik bildirildi.
Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilari tomonidan ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishga qaratilayotgan islohotlar va jurnalist kasbining ijtimoiy maqomi va nufuzi yuksalib borayotganligi, soha xodimlarining mehnatini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan isloxotlar hozirgi kunda oʻz samarasini berayotganligi haqida taʼkidlab adliya boshqarmasi tomonidan olib borilayotgan keng kulamli huquqiy targʻibotlar, qonunlar targʻibotidagi hamkorlik yanada mustahkam va bardavom boʻlishini tilab oʻz fikrlarini bildirishdi.
Tadbir soʻngida soha jurnalistlariga adliya boshqarmasining tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil iyun–dekabr oylarida “Fermerga madad” huquqiy aksiyasi oʻtkazilishi belgilangan boʻlib, mazkur aksiya doirasida fermer xoʻjaliklariga huquqiy tushuntirishlar berish, buzilgan huquqlarini tiklash, murojaatlarni koʻrib chiqish, muammolarni joyida oʻrganish hamda qonunchlikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish vazifalari topshirilgan. Aksiya doirasida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi joylarga chiqqan holda fermerlar bilan uchrashuvlar tashkil etib kelmoqda.
Navbatdagi uchrashuv joriy yilning 22-iyun kuni Paxtakor tumanida boʻlib oʻtdi. Ushbu uchrashuvda fermerlarga qonunchilikda berilgan imtiyozlar va qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan maʼlumotlar berildi.
Uchrashuv yakunida fermer xoʻjaliklari aʼzolarining savollariga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.Uchrashuv davomida bir nechta murojaat belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun qabul qilindi.
Mirzachoʻl tumani “Yerjar” MFY, Begjanov koʻchasi 22/1-xonadonda yashovchi fuqaro M.Jumaboyevning 2021-yil 11-iyun kungi ish beruvchi tomonidan soʻngi hisob-kitob pullarini bermaganligidan norozi boʻlib, ushbu mehnat nizosini hal qilinishida amaliy yordam soʻrab, tuman adliya boʻlimiga yoʻllagan murojaati tegishli tartibda oʻrganib chiqildi.
Oʻrganishda, fuqaro M.Jumaboyev 2019-yilda Jizzax viloyati “Toza hudud” DUK Mirzachoʻl tuman filialiga yuklovchi vazifasiga qabul qilinganligi, u ushbu vazifada 2021-yil 19-may kuniga qadar ishlab kelganligi, 2021-yil 19-may kuni oʻz arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etilib, ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor boʻlganligi ammo ish beruvchi tomonidan fuqaro M.Jumaboyevga oʻrganish kuniga qadar oxirgi xisob-kitob pullari toʻlab berilmaganligi aniqlandi.
Shu sababli tuman adliya boʻlimi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etib, fuqaro M.Jumaboyevning ishlagan kunlari uchun qonunda belgilangan tartibda oxirgi xisob-kitob pullarini toʻlab berish yuzasidan ish beruvchiga taqdimnoma taʼsir chorasi kiritildi.
Natijada, 2021-yilning 17-iyun kuni murojaatchining murojaati ijobiy qanoatlantirilib, “Toza hudud” DUK Mirzachoʻl tuman filiali tomonidan fuqaroga 1,596,736 soʻm haqdorligi toʻliq toʻlab berilishi taʼminlandi
Bobur ESANOV
Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchisi.
Mirzachoʻl tumanida “Fermerga madad” aksiyasi doirasida fermerlar bilan uchrashuv tashkil qilindi.
.
Fermer bilan muloqot chogʻida fermerlarning huquq va majburiyatlari, yer, soliq, mehnat, shartnomaviy huquqiy va boshqa munosabatlar boʻyicha qonunchilik talablari tushuntirildi. Bundan tashqari, “Fermerga madad” telegram bot @fermermadadbot tashkil etilganligi, bot orqali fermer xoʻjaligi rahbarlari va ishchilarining murojaatlari yozma, ogʻzaki va elektron shaklda qabul qilinib, ular oʻrganilishi, natijalari boʻyicha buzilgan huquqlarini tiklash choralari koʻrilishi yuzasidan maʼlumotlar berildi.
Uchrashuvda bir nechta fermer xoʻjaliklari raxbarlariga muammoli masalalari yuzasidan tegishli tavsiya va xuquqiy maslaxatlar berildi.
Joriy yilning 22-iyun kuni Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Fermerga madad” huquqiy aksiyasi va “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmonining mazmun mohiyati yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Ushbu matbuot anjumanida dastlab Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Sh.Saidov tomonidan huquqiy aksiya va Prezidenti farmonining mazmun mohiyati yuzasidan umumiy maʼlumot berildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi Fuqarolik huquqiy munosabatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari A.Tadjiboyev tomonidan aksiyaning maqsadi va aksiya doirasida amalga oshiriladigan ishlar haqida toʻhalib oʻtildi. Hamda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi masʼul hodimlari tomonidan “Fermerga madad” huquqiy aksiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ham maʼlumotlar berib oʻtildi.
Shuningdek, matbuot anjumanida joriy yil 8-iyundagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonning mazmun-mohiyati ham batafsil yoritib berildi.
Matbuot anjumanida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.