Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

17
Matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 12-may kuni Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi.




Jizzax viloyat Adliya boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6191-sonli farmoniga bagʻishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.




Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu farmoniga koʻra, Davlat xizmatlarini koʻrsatishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʻsiqlarni bartaraf etish, eskirgan, zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillar tubdan qisqaradi. Jumladan, joriy yilning 1-iyunidan boshlab fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish; nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshiriladi; notarial harakatlarni amalga oshirishda fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar “FHDYOning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali olinadi. Eng muhimi, tadbirkorlik subyekti boʻlgan yuridik shaxslarga davlat xizmatlaridan foydalanish borasida 10 dan ziyod qulayliklar yaratib beriladi.


Matbuot anjumanida viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-sonli farmoni ijrosini taʼminlash borasida mutasaddi idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil maʼlumot berilishi bilan birga viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimot qilindi.







12
Huquqiy-uslubiy koʻmak berib borilmoqda

“Oʻzneftgazinspeksiya” Jizzax viloyati hududiy boʻlimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosini amalga oshirish yuzasidan tashkilotning masʼul xodimlariga seminar tashkil qilindi.
Seminarda adliya boshqarmasi xodimlari ishtirok etib, qatnashganlarga energetika sohasida qabul qilingan qonunchilik hujjatlarida belgilangan topshiriqlar ijrosini amalga oshirish boʻyicha tushuntirishlar berdi. Seminar soʻnggida qatnashchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.

Jizzax viloyati adliya boshqarmasi
bosh maslahatchisi M.Musurmonov

11
Yoshlarga etibor-kelajakka etibor

Jizzax viloyati yuridik texnikumi bitiruvchilarini kasbga bo’lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida  Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig'i bilan uchrashuv tashkil etildi. 


Uchrashuvda, yoshlarni ishga qabul qilish masalasi yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.
Shuningdek tadbirga hozirda ijrochi bo‘lib ishlayotgan sobiq o‘quvchilarimiz ham o‘z tajribalari va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashishdi.

Shu yerning o‘zida byuro bilan 3 yil muddatga hamkorlik shartnomasi imzolandi. O’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

10
Prezident xujjatlarining yangicha nazorat tizimi

Joriy yilning 8-may kuni Doʻstlik tumani hokimligi binosida Prezident hujjatlari va topshiriqlarini davlat boshqaruvining eng quyi tuzilmalarida ijro qilinishi tahliliga bagʻishlangan amaliy seminar boʻlib oʻtdi. 

Seminarda  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi xamda Adliya vazirligi  masul xodimlari ishtirok etishdi.

Dastlab, Adliya vazirligi, viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan Doʻstlik tuman hokimligi, tumandagi barcha davlat organlari va tashkilotlarining qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosini amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyati oʻrganilib, tahlil qilindi. Tahlil natijalari yuzasidan tumandagi barcha tashkilot rahbarlari va ijro intizomi uchun masʼul boʻlgan xodimlar ishtirokida, qonunchilik hujjatlari ijrosini amalga oshirishda yoʻl qoʻyib kelinayotgan xato va kamchiliklar muhokamasi boʻlib oʻtdi.


Seminar ishtirokchilariga mutaxassislar tomonidan zarur tushuntirish hamda tavsiyalar berildi.

Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi

07
Baxmal tumanida 9-may – Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan tadbirlar, uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.

Bugun, tuman  hokimligi, huquq-tartibot idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari, oʻquvchi-yoshlar va keng jamoatchilik jam boʻlib, Motamsaro ona monumenti poyiga gullar qoʻyishdi.

Tadbir avvalida tuman hokimi Musa Anarbayev barchani bayram bilan tabrikladi. Shuningdek, bugungi tinch va osuda kunlar uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimiz faxrimiz ekanligini taʼkidladi.

Bayram tadbirida tuman madaniyat boʻlimi xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

06
Eʼtibor va gʻamxoʻrlik insoniy burch

Jizzax viloyat yuridik texnikumining koʻngilli oʻquvchilari front ortida mehnat qilgan Jizzax shahar Uchariq mahallasida istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi Nosirov Oʻktam bobo xonadonida boʻlishdi.
Ikkinchi jahon urushida qahramonlik koʻrsatgan faxriylarimizning yurtimiz tinchligi uchun chekkan zaxmati, hayot qiyinchiliklarini sabot bilan yengishi yoshlarimiz uchun haqiqiy jasorat va fidoyilik naʼmunasidir.

05
“Oyning eng yaxshi xodimi” eʼlon qilindi.

Jizzax viloyati adliya boshqarmasining Nodavlat notijorat tashkilotlar boʻlimi boshligʻi Hasanov Orif Qoʻchqarovich 2021-yil aprel oyining eng yaxshi xodimi deb eʼlon qilindi.

O.Hasanov adliya tizimidagi mehnat faoliyatini 2006-yilda boshladi va bugungi kunga qadar tizimdagi turli lavozimlarda mehnat qilib kelmoqda.

O.Hasanov oʻziga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarilishida yuqori natijalarga erishmoqda.

Jizzax viloyati adliya boshqarmasining Nodavlat notijorat tashkilotlar boʻlimi boshligʻi Hasanov Orif Qoʻchqarovichni tabriklab, kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilaydi.

04
Deputatlar tomonidan Doʻstlik tuman adliya boʻlimining ahboroti tinglandi.

Halq deputatlari Doʻstlik tuman kengashining navbatdagi sessiyasida adliya boʻlimining 2021-yil 1 choragi davomida amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisidagi axboroti tinglandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kungi PQ-3666-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalardan kelib chiqib boʻlim tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, 2021-yilning I choragi davomida jami 254 ta, shundan 18 tasi qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19 ta Farmon 50 ta qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 123 ta qarorlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning 295 ta buyruqlari va qarorlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining 3 ta qarorlari elektron bazasi (banki) xizmatda foydalanish uchun yetkazib berilishi taʼminlandi.




Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirilgan targʻibotlar soni 1166 tani tashkil etib, ulardan 6 marotaba televideniyaga, 4 marotaba radioga, 4 marotaba gazeta va jurnallarga hamad 1144 marotaba telegram va boshqa elektiron axborot vositalarida qonun hujjattlarining mazmun-mohiyati yoritilgan.

  Boʻlimga 2021-yilning I choragi mobaynida jami 191 marotaba fuqarolar tomonidan ogʻzaki va yozma murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning 105 tasi qanoatlantirilgan, 86 tasiga huquqiy tushintirish berilgan.

Mazkur murojaatlarning 17 tasi yuzasidan fuqarolik sudiga daʼvo arizalari kiritilgan.

  Yuqoridagi murojaatlarning 61 tasi sayyor qabullar oʻtkazish orqali qabul qilingan hamda ish yuritukvga olingan.




Inson huquqlari, yuridik xizmat faoliyati va huquqni qoʻllash amaliyoti, qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan jami 28 ta oʻrganishlar va monitoringlar oʻtkazilgan, ushbu oʻrganish va monitoringlar natijasida 773 ta qonun hujjatlari buzilishi aniqlanib, 28 ta taqdimnoma, 146 ta ogohnoma, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortish boʻyicha, 11 ta bayonnoma va takliflar kiritilgan. Ushbu kiritilgan taʼsir choralariga binoan 11 ta masʼul xodim va raxbarlarga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari qoʻllanilgan.

Inson huquqlarini himoya qilish sohasida tumandagi 12 ta MFYlarida uchrashuvlar oʻtkazilib kelinmoqda. Jumladan, “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” shiori ostida huquqiy maslahat berish maqsadida aholini muammoli masalalari yuzasidan uyma-uy kirib suhbatlar oʻtkazildi.

03
Vatan himoyasi-mardlik namunasi

Markaziy harbiy okrug Jizzax garnizoni qoʻshinlarida yangi oʻquv yili boshlandi. Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonining oʻrinbosari polkovnik Nuriddin Qadirov oʻtgan oʻquv mavsumida erishilgan yutuqlarni eʼtirof etib, qoʻshinlarni yangi marralarni zabt etishga ruhlantirdi va yangi 2021-2022 oʻquv yili boshlanishi bilan barchani muborakbod etdi. Har bir harbiy boʻlinma boshqa boʻlinma bilan raqobatbardosh, sogʻlom muhitda musobaqalashishi kerakligini taʼkidladi.



Shu bilan birga Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Sh.Saidov mazkur tantanali marosimda ishtirok etib milliy armiyamizning nufuzi va jangovor salohiyatini takomillashtirishda qonunchilik sohasida olib borilayotgan keng koʻlamli oʻzgarishlar, yangiliklar, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolariga yaratilgan imkoniyatlar, qulayliklar haqida soʻz yuritdi. Oʻz haq-huquqini teran anglagan harbiylargina zimmasidagi burch va masʼuliyatini sitqidildan bajara olishini takidlab oʻtdi.



Mana shunday ulugʻ kunda oʻz xizmat burchini taʼmomlab nafaqaga ketayotgan 5 nafar harbiy xizmatchilar xam tantanovar kuzatildi.


30
Sayyor qabullar davom etmoqda...

Baxmal tuman adliya boʻlimi tomonidan tumandagi Madaniyat MFY hamda Mustaqillik MFY binosida fuqarolar murojaatlari yuzasidan sayyor qabul oʻtkazildi.