Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

29
Yoshlar navbatdagi sud binosiga “ekskursiya”da boʻldi.

Joriy yilning 29-aprel kunida Jizzax viloyat yuridik texnikumi talabalari fuqarolik ishlari boʻyicha Jizzax tumanlararo sudi binosiga “Ekskursiya”ga kelishdi.



Bilimli hamda intellektual rivojlangan avlodni voyaga yetkazish, ularni mustaqil fikrlaydigan, qatʼiy fuqarolik pozitsiyasiga ega insonlar etib tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarning eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish Oʻzbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. Jizzax viloyat yuridik texnikumida ham talabalarni yetuk kadr sifatida shakllantirish maqsadida oʻquv jarayonida mutaxassislik yoʻnalishlari koʻpaytirilib, nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻzaro uygʻun holda zamonaviy innovatsion texnologiyalar yordamida tashkil etilmoqda. Shuningdek soha muttahasisslari tomonidan amaliy darslar tashkil etilib talabalarning nazariy va amaliy bilimlari uygʻunlashtirilmoqda.



Hususan, joriy yilning 29-aprel kunida Jizzax viloyat yuridik texnikumi talabalari fuqarolik ishlari boʻyicha Jizzax tumanlararo sudi binosiga “Ekskursiya”ga kelishdi. Dastlab, sud raisining koʻrsatmasiga asosan fuqarolik ishlari boʻyicha Jizzax tumanlararo sudining devonxona mudiri Z.Majidov oʻquvchilarga sud-huquq sohasidagi islohotlar, fuqarolik sudlarining vazifalari, sudlarga elektron tartibda murojaat qilish tartibi, fuqarolik sudlarida ishlarni onlayn tarzda koʻrish hamda boshqa masalalar haqida gapirib berdi. Shuningdek, oʻquvchilarga tumanlararo sudining sudya yordamchisi Sh.Mamaraximov sudya yordamchisining sud majlisi va undan tashqari jarayondagi vazifalari toʻgʻrisida ham maʼlumot berib oʻtdi.

Suhbat davomida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. Suhbatdan soʻng oʻquvchilar sud devonxonasi, sud majlisi zallari bilan tanishib, faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan suhbatlashib chiqishdi. Sudlarda zamonaviy ilgʻir texnologiyalar, videokonferens aloqa rejimida oʻtkazish imkoyatiga ega boʻlgan sud majlislari, “E-XSUD” axborot almashuvi bazasidan foydalanish amalda koʻrsatildi. Oʻquvchilarga ushbu uchrashuv chuqur taassurot qoldirdi.

28
Xodim nohaq ishdan boʻshatildimi?

Fuqarolar huquqlari tiklanmoqda...

Respublikamizda soʻnggi yillarda ishsizlikka barham berish, ishsiz fuqarolarni bandligini taminlash, ularning sonini kamaytirish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar nechogʻlik samara berayotganligi birgina fuqarolar tomonidan berilgan arizalar natijasi misolida koʻrishimiz mumkin. Xususan, joriy yilnig 2-mart kuni fuqaro Z.Qarshiyev bilan mehnat shartnomasini bekor qilinishida mehnat qonunchiligi talablariga rioya qilinmaganligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Jizzax viloyat adliya boshqarmasiga shikoyat qilinishiga sabab boʻldi. Murojaat yuzasidan, “Inson xuquqlarini himoya qilish” boʻlimi tomonidan shikoyatda keltirilgan vajlar tegishli tartibda  oʻrganib chiqildi. Oʻrganish jarayonida fuqaro haqiqatdan ham Jizzax viloyat musiqali drama teatri ish beruvchisi tomonidan boʻshatilganligi malum boʻldi. Aniqlanishicha, viloyat musiqali drama teatri kasaba uyushmasining 2021-yil 21-yanvar kuni boʻlib oʻtgan umumiy yigʻilishida Z.Qarshiyev bilan mehnat shartnomasini bekor qilish masalasi koʻrib chiqilib, xodimning malakasi yetarli emasligi toʻgʻrisida xulosa qilingan.Vaxolanki, bunday holatda Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 100-moddasi 2 qismida koʻrsatilgan tartibda hamda  102-modda 2-qismiga koʻra xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligida  ish beruvchi tomonidan 2 hafta oldin ogohlantirilishi yoki xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuviga binoan ushbu modda birinchi qismining 1 va 2 bandalrida nazarda tutilgan ogohlantirish uning muddatiga muvofiq keladigan pullik kompensatsiya bilan almashtirilishi lozimligi qayd qilingan. Holat boʻyicha, xodimga nisbatan ishdan boʻshashi haqida ogohlantirish berilmaganligi, shuningdek, xodim tomonidan ishdan boʻshash toʻgʻrisida ariza yozilmaganligi qolaversa, mehnat shartnomasi bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi pochta orqali yuborilganligi malum boʻldi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, oʻtgan oyning 27-mart kuni Jizzax viloyati musiqali drama teatri nomiga qonun xujjatlari buzilishi, ularning sabablari va unga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritilishiga olib keldi. Ushbu taqdimnoma viloyat musiqali drama teatrining 2021-yil 1-aprel kungi umumiy yigʻilishida  muhokama qilinib, teatr direktorining fuqaro Z.Qarshiyevni ishdan ozod etish boʻyicha 2021-yil 28-yanvardagi 14k-sonli buyrugʻi bekor qilinib, Z.Qarshiyev lavozimiga tiklanganligi va qonun buzilish holatlariga yul qoʻygan aybdor shaxsga nisbatan  Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasi 1-bandiga asosan hayfsan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilishi taminlandi. Hulosa oʻrnida aytish mumkinki, fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash, himoya qilish ularning qonuniy manfaatlarini taminlash vakolatiga  ega boʻlgan har bir davlat organi tomonidan qattiy  nazorat qilib borilishi shart.

27
Sayyor qabullar davom etmoqda...

Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari A.Ergashev tomonidan 2021-yil 27-aprel kuni Zomin tumani Paxtakor MFY va Baxt MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolar qabul qilindi.



Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida, Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi tomonidan tasdiqlangan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor qabul qilish boʻyicha 2021-yil 1-yarim yillik uchun tasdiqlangan rejasiga asosan Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari A.Ergashev tomonidan 2021-yil 27-aprel kuni Zomin tumani Paxtakor MFY va Baxt MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolar qabul qilindi.

Qabul vaqtida Jizzax viloyati adliya boshqarmasi, tuman adliya boʻlimi hamda Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi xodimi, tuman Gaz taʼminoti xodimi, Xalq banki xodimi, tuman Paxtakor va Baxt MFY raislari va boshqa tashkilot xodimlarining ishtiroki taʼminlanib, murojaat qiluvchilarni qiziqtirgan masalalariga toʻliq javob qaytarish uchun sharoit yaratildi va muammolarni hal qilib berish choralari koʻrildi.

Murojaat qilgan fuqarolarning 3 nafariga joyida tushuntirish berilib, 13 nafari ijro uchun ish yurituviga qabul qilindi.
Bundan tashqari, sayyor qabul vaqtida fuqarolarga bepul yuridik va davlat xizmatlarini koʻrsatish hamda murojaat qilish tartibi, jumladan ishonch telefonlari va yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish usullari toʻgʻrisida va ularni qiziqtirgan boshqa savollari yuzasidan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tushuntirishlar berildi.

26
TV-SHARH

Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–6208, 20.04.2021-y.)

24
“Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumini on-layn koʻzatib boring

“Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumini on-layn koʻzatib borish uchun havolalar orqali oʻting.




23
Arnasoy tumani Bobur MFYda Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni vakillarini sayyor qabuli oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida, Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi tomonidan tasdiqlangan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor qabul qilish boʻyicha 

2021-yil 1-yarim yillik uchun tasdiqlangan rejasiga asosan Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari E.Maxammadiyev tomonidan 2021-yil 20-aprel kuni Arnasoy tumani Bobur MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolar qabul qilindi.



Murojaat boʻyicha Arnasoy tuman adliya boʻlimiga barcha vajlarni fuqaroning ishtirokida oʻrganib chiqish boʻyicha topshiriq berildi.

Bundan tashqari, sayyor qabul vaqtida fuqarolarga bepul yuridik va davlat xizmatlarini koʻrsatish hamda murojaat qilish tartibi, jumladan ishonch telefonlari va yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish usullari toʻgʻrisida va ularni qiziqtirgan boshqa savollari yuzasidan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tushuntirishlar berildi va 11 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.

22
Tadbirkorga adliya aralashuvi bilan 81.000.000 soʻm zarar undirildi.

Zafarobod tuman adliya boʻlimiga Zafarobod tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “Shaxriniso Zilola dizayn” oilaviy korxonasi raxbari Z.Turdiqulova  oldi-sotdi shartnomasiga koʻra koʻrsatilgan xizmatlar uchun Zafarobod tuman maktabgacha taʼlim boʻlimidan 81.000.000 soʻm pul mablagʻini undirib ololmayotganligi, ushbu mablagʻni undirib berish boʻyicha amaliy yordam berishda amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.

Ushbu murojaat tuman adliya boʻlimi tomonidan tegishli tartibda oʻrganib chiqildi va oʻrganish jarayonida Zafarobod tuman maktabgacha taʼlim boʻlimiga qonun xujjatlarining buzilishi, ularning sabablarini va belgilangan qarzdorlikni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritildi.

Belgilangan muddatlarda qarzdorlik bartaraf etilmaganligi sababli, tuman adliya boʻlimi tomonidan “Shaxriniso Zilola dizayn” oilaviy korxonasi manfaatida javobgar Zafarobod tuman maktabgacha taʼlim boʻlimiga nisbatan Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudiga “yetkazilgan zararni undirish boʻyicha” daʼvo arizasi kiritildi. 

Joriy yilning 06-aprel kungi Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan oʻtkazilgan sud muhokamasida daʼvo arizasi toʻliq qanoatlantirildi va jaʼvobgar Zafarobod tuman maktabgacha taʼlim boʻlimidan daʼvogar “Shaxriniso Zilola dizayn” oilaviy korxonasi foydasiga 81.000.000 soʻm zarar undirildi.

Zafarobod tuman adliya boʻlimi 
bosh maslahatchisi X.Norxoʻjayev

21
Deputatlar tomonidan Forish tuman adliya boʻlimining axboroti tinglandi.

Xalq deputatlari Forish tuman Kengashining sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Forish tuman adliya boʻlimi tomonidan olib borilgan huquqiy targʻibot va maʼrifat ishlarining ahvoli, qonun hujjatlarini tarqatish hamda ijrochilarga yetkazish, uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish ishlari boʻyicha 2021-yil 1 chorak mobaynidagi faoliyati yuzasidan tuman adliya boʻlimi boshligʻi Sherzod Ermatov deputatlarga axborot berdi.



Boʻlimning 2021-yilga moʻljallangan ish rejasi hamda Jizzax viloyat adliya boshqarmasidan kelgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida tumandagi tashkilotlarda oʻtkazilgan oʻrganishlar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqilishi jarayonida aniqlangan 2600 dan ortiq qonunbuzilish holatlari, huquqbuzarliklarning sodir etilishiga imkon beruvchi salbiy omillar, sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha 14 ta taqdimnoma, turli tashkilot va muassasalarga 106 ta ogohnomalar, fuqarolarning manfaatida Forish tuman iqtisodiy sudiga 5 ta daʼvo ariza kiritilishi taʼminlandi. Kiritilgan taqdimnomalarga asosan 26 nafar xodimlarga intizomiy jazo choralari qoʻllanildi. 

Boʻlim tomonidan 2021-yil 1-chorakda jismoniy va yuridik shaxslarning vakillaridan jami 80 ta murojaatlar qabul qilingan boʻlib, shundan 15 tasi qanoatlantirilgan, 23 ta murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi, 7 ta murojaatlar vakolatli tashkilotlarga taalluqliligi boʻyicha hal etish uchun yuborildi. Chorak oxirida sayyor qabullarda qabul qilingan, shuningdek qoʻshimcha oʻrganish talab etilgan murojaatlar 2-chorakka qoldiq boʻlib oʻtgan.

Huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va tahlil qilish hamda fuqarolarning soʻrovlari natijasida aniqlangan huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish hamda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha tuman adliya boʻlimi tomonidan 2021-yil 1-chorakda 8 ta takliflar berildi.

20
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius litsenziysining tugatilishi boʻyicha xabar.

Paxtakor tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius
Norboyev Abduhakim Ubaydullayevichning (litsenziya GZ № 0020, 21.04.2020-y.)


litsenziyasining amal qilishini tugatish boʻyicha
maʼmuriy sudga daʼvo arizasi kiritish haqida qaror qabul qilinib, sudning qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar notarius litsenziyaning amal qilishi 6 oy muddatga toʻxtatildi.

19
Ta'lim turizmi tashkil etildi.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Jizzax yuridik tehnikumtalabalar uchun Toshkent davlat yuridik universitetiga sayohat uyushtirildi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi tehnikum talabalarini universitet faoliyati bilan tanishtirish orqali oliy o'quv yurtlarida o'qishni davom ettirishga bo'lgan qiziqishini rivojlantirishdir.




Dastlab universitetning mas'ul xodimlari universitet tarixi, universitetning tashkiliy tuzilishi, tehnikum talabalariga beriladigan imtiyozlar to'g'risida batafsil ma'lumot berishdi. Ular uchun universitetning tajribali o'qituvchilari tomonidan maxsus dars tashkil etildi.




Shuningdek, talabalar Yuridik Universitet faoliyati bilan tanishdilar.

Talabalar Axborot-resurs markazi bilan tanishdi. XIX arr oxiri ХХ asr boshlariga doir Yurisprudensiya yunalishiga oid nodir adabiyotlar talabalarda katta qiziqish uyg'otdi.

Талабалар uchun “Tikansiz tipratikanlar” spektakli namoyish etildi.




Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Ta'lim turizmi" talabalarda katta taassurot qoldirdi.


Jizzax viloyat adliya boshqarmasi