Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

06
"Yosh huquqshunos" tanlovi

Zafarobod tumanida "Yosh huquqshunos" tanlovining tuman bosqichi g'oliblari aniqlandi.

Tanlov 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida, test sinovlari asosida bo'lib o'tdi.

Natijalarga ko'ra 14-18 yoshgacha bo'lgan yoshlar orasidan "Uzun" mahallasida yashovchi Ch.Abdumannonova va 19-30 yoshgacha bo'lgan yoshlar orasidan Sh.Jo'raevlar eng yuqori ko'rsatgichni qayd etib, g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Tuman adliya bo'limi yoshlarni g'oliblik bilan tabriklaydi va omad tilaydi.

05
Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak

Paxtakor hamda Mirzacho'l tumanlarida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari B. Pirxalov, hamkor tashkilotlar hamda mahalla yettiligi bilan birgalikda "Sayyor qabul" tarzida tashkil etilgan uchrashuv davomida fuqarolarni qiynayotgan muammolar yuzasidan murojaatlari tinglandi.

Ayrim murojaatlar joyida hal etilgan bo'lsa, ayrimlariga huquqiy tushintirishlar berildi, o'rganish talab qilinganlari ish yurituviga olindi.

Shuningdek qabul davomida sayyor davlat xizmatlari ko'rsatilib, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan 4 nafar ayollarga tikuv mashinkalari topshirildi.

04
Adliya sayli

Adliya vaziri tomonidan joriy yilning 13-mayidan 13-iyuniga qadar “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Shunga ko‘ra, adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning 1-iyun – xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabi bilan adliya sayli o‘tkazildi.

Tadbirda, bo‘lim tomonidan yoshlar o‘rtasida huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida turli hil o‘yinlar va viktorinalar o‘tkazildi.

Shuningdek, bolalar huquqi bo‘yicha bo‘lim tomonidan tayyorlangan buklet va flayerlar tarqatildi, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

G’oliblarga kitoblar hamda ayrim yoshlarga “Faxriy yorliq”lar berildi.

03
Xalqaro bolalar kuni nishonlandi.

Dunyo tashvishlarini bolalarning birgina tabassumi orqali unuta olasiz. Bolalik beg'uborlik, yuksak orzular va imkoniyatlar fasli. Ularning samimiy olamiga faqat va faqat bayramlar yarashadi.                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                       
Xuddi mana shunday maqsadlarni ko'zlagan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi ham bu kunni bolajonlar bilan birgalikda ajoyib, kutilmagan, quvnoq va noodatiy tarzda nishonlash maqsadida tadbir tashkil qildi.

31
Adolat mezoni

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to'g'risida"gi Farmoni mazmun-mohiyatini keng jamoatchulikka etkazish maqsadida "Adolat mezoni" nomli ko'rsartuv tasvirga olindi.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi mas'ul hodimlari tomonidan farmonda belgilangan ko'shimcha vazifalar, yangiliklar va tizim faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan loyihalar yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi.

30
"Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to'g'risida"gi farmon

"Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to'g'risida"gi farmonga ko'ra "Mahalla huquqshunosi" loyihasi amalga oshiriladi.

28
Zarbdor tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli tashkil etildi

Mazkur yuzma-yuz muloqotlar aholining shu yo'nalishdagi muammolarini o'rganish, murojaatlarni tinglasg asnosida uning echimini hamkorlikda ijobiy hal etish boradidagi amalliyatni yo'lga qo'yishdan iboratdir.

Adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev tomonidan sohaga oid murojaatlar qabul qilinib, aksariyatiga huquqiy tushuntirisglar berildi, to'g'ri yo'l-yo'riq ko'rsatildi.

Bunday uchrashivlar rahbarlarninh xalq orasiga yanada yaqinroq kirib borishiga va bu orqali muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga, eng muhimi ularning sabablarini aniqlashga yordam berishi bilan ahamiyatlidir.

28
"Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to'g'risida"gi farmon

"Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to'g'risida"gi farmonga ko'ra tuman ( shahar) adliya bo'limlariga qo'shimcha vazifalar yuklatildi.

27
«Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida»gi farmon

"Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to'g'risida"gi farmonga ko'ra aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolari aniqlanadi, tahlil qilinadi va bartaraf etiladi.

24
Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev Jizzax shahridagi o'zi tahsil olgan 5-umumta'lim maktabida o'quvchilar bilan uchrashib, ularning kelajak rejalari bilan o'rtoqlashdi.

Ochiq va do'stona ruhda o'tayotgan ochiq muloqotda boshqarma boshlig'i tomonidan bitiruvchilarga kerakli tavsiyalar va maslahatlar berilmoqdi.