Yangiliklar
“Allergik kasalliklarning oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi
Qarorga koʻra, allergik kasalliklarning oldini olish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
tibbiyotning birlamchi boʻgʻinidan boshlab allergik kasalliklarning epidemiologik koʻrsatkichlari ustidan nazorat kuchaytiriladi va manzilli skrining tekshiruvlari joriy etiladi.
2024-yil 1-yanvardan allergik va immunologik kasalliklarga chalingan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da boʻlgan bemorlarni ingalyatsion glyukokortikosteroid dori vositalari bilan bepul taʼminlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
2024-yildan:
allergik kasalliklar (shu jumladan mavsumiy allergiya) koʻrsatkichlari yuqori hududlarda yiliga kamida bir marta ommaviy va selektiv skrining tekshiruvlari oʻtkaziladi;
hududlarda allergologiya va klinik immunologiya yoʻnalishida yuqori texnologik tashxislash va davolash amaliyotlari turlari bosqichma-bosqich 10 turdan 20 turgacha oshiriladi.
2024-yil 1-yanvardan Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi etib qayta tashkil qilinadi.
Toshkent shahri aholisi uchun allergik kasalliklar boʻyicha ixtisoslashtirilgan va shoshilinch tibbiy yordam Markaz tomonidan koʻrsatiladi.
2024-yildan quyidagilarni nazarda tutuvchi tizim joriy qilinadi:
allergik kasalliklar keltirib chiqaruvchi aeroallergenlar tarkibi va mavsumiy tarqalish koʻlami hududlar kesimida oʻrganilib, uning natijalari Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tomonidan Gidrometeorologiya xizmati agentligiga muntazam taqdim etib boriladi;
aeroallergenlar tarkibi va mavsumiy tarqalish koʻlami toʻgʻrisidagi maʼlumotlar atrof tabiiy muhit ifloslanishiga oid maʼlumotlar bilan birgalikda tegishli veb-sayt va boshqa manbalar orqali eʼlon qilib boriladi.
2024-yil 1-aprelgacha allergik kasallikka chalingan bemorlarning elektron reyestri yaratilib, amaliyotga tatbiq etiladi.
Jizzax shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Raxmatov tomonidan IIV huzuridagi JIED Uchinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi xodimlari hamda 29-sonli manzil koloniyasi xodimlari ishtirokida qonunchilikdagi yangiliklar tog'risida huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Tadbir so'ngida yig'ilish ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javob berildi.
2023-yil davomida Jizzax viloyat adliya tizimi tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlili “Oʻzbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” koʻrsatuvi orqali efirga uzatildi.
Tadbir davomida Doʻstlik tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari hamda hamshiralariga har bir fuqaroning konstitutsion huquqlarini amalga oshirishdagi imkoniyatlari haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, suxbat yakunida barcha tibbiyot xodimlarining oʻzini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.
Jizzax politexnika istitutida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
Unda Jizzax shahar adliya boʻlimi xodimi A.Raxmatov hamda Jizzax viloyat yuridik texnikumi oʻqituvchisi H.Muhammadiyevlar ishtirok etishdi.
Tadbir so'ngida talabalar tomindan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.
Mahallalarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni oldini olish hamda aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ'ibot tadbirlari Jizzax shahar, G'allaorol, Forish, Sharof Rashidov tumanlari adliya bo‘limlari tomonidan hududlardagi qizil toifaga kiritilgan MFYlarda tashkil etildi.
Tadbirlarda fuqarolarga qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi yangiliklar haqida atroflicha ma'lumotlar berildi.
Shuningdek huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan turli tarqatma materiallar, qonunchilikdagi yangiliklar aks ettirilgan buklet va flayerlar tarqatildi.
Fuqarolarni qiziqtirgan savollarga mutaxasislari tomonidan tushunchalar berildi.
Декабрнинг охирги 10 кунлиги ва январь ойининг биринчи 10 кунлигида ўрта махсус, профессионал ва ОТМ талаба (ўқувчи)ларининг ҳар йилги 2 ҳафталик қишки таътили ўтказилади. (https://lex.uz/docs/6221419)
Қишки таътил кунлари талаба ва ўқувчилар яшаш жойларига боришлари ва таълим муассасасига ўз вақтида қайтиб келишлари учун вақтинча кўпайтирилган транспорт воситалари қатнови йўлга қўйилиши назарда тутилган.
Таътил бошланишидан 10 кун аввалдан бошлаб чиптанинг тўлиқ қийматидан 50 фоизли чегирма тўлови асосида республика ичида ҳаракатланувчи тезюрар ва йўловчи (юқори тезликда ҳаракатланувчи поездлар ва барча йўловчи поездларнинг СВ, ВИП вагонлари бундан мустасно) поездларига ҳамда маҳаллий авиарейсларга чипталарнинг эконом синфи тарифи қийматидан 50 фоизли чегирма тўлови асосида сотувини ташкил этиш тавсия этилган.
Қишки таътилда ўқувчи ва талабаларнинг шаҳарлараро автобус қатнови орқали ҳаракатланиши учун имтиёзлар тақдим этилиши белгиланган.
Zafarobod tuman adliya bo'limiga fuqaro G.Pardayeva va boshqalarning asbob-uskuna va mehnat qurollari xarid qilish uchun subsidiya ajratishni so'rab 2022-yilda murojat qilgan bo'lsada, hozirgi kunga qadar subsidiya ajratilmaganligidan norozi bo'lib yozgan murojati o'rganib chiqildi.
Aniqlanishicha, 2022-yil 14-sentyabr kuni Zafarobod tuman "Lolazor" MFY hokim yordamchisining 42-sonli tavsiyanomasiga asosan G.Pardayevaga subsidiya ajratish maqsadga muvofiq deb topilgan. Shuningdek, barcha tegishli hujjatlar mavjud bo'lsada, G.Pardayeva va boshqalarga hozirgi kunga qadar subsidiya mablag'lari ajratilmaganligi aniqlandi.
Bu borada Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Jizzax viloyat boshqarmasiga taqdimnoma ta'sir chorasi kiritilib, fuqarolarga 2022-yil va joriy yilning ushbu davri uchun ajratilgan 1 milliard 973 million so'm subsidiya mablag'lari tegishli tartibda undirib berilishi ta'minlandi.
Davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo'nalishi bo'lgan sog'lom turmush tarzini targ'ib etish, jamoaviy birdamlik, xodimlar o‘rtasida dustona munosabatni shakillantirish maqsadida sportning futzal turi bo‘yicha tizim xodimlari ishtirokida adliya boshqarmasi boshlig‘i kubogi tashkil etildi.
Boshqarma va tuman, shahar adliya bo‘limlari tomonidan shakillantirilgan 14 ta jamoa kubok uchun baxs bog‘lashdi. Keskin va murosasiz o‘tgan musobaqa qiziqarli xolatlarga boy bo‘ldi. Adlyai vazirligi tomonidan “Adliya spartakiadasi”ni o‘tkazish an’anasi joylarda mana shunday musobaqalarning tashkil ejtilishiga zamin yaratmoqda. Sababi viloyat darajasidagi turnirlarda saralangan o‘yinchilar respublika baxslarida ishtirok etish uchun tashkil etiladigan terma jamoa safiga qabul qilinadi.
Tizim xodimlari taklifidan kelib chiqib musobaqa davomida sportning armrestlik va stol tennisi turlari ham o‘tkazildi. Endilikda bochqichma-bosqich tarzda sportning kamondan o‘q otish, shaxmat-shashka, yugurish turlari va ayollar o‘rtasida sportning 6 turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Musobaqa g‘oliblariga diplom va medallar, futzal bo‘yicha g‘olib jamoaga esa boshqarma boshlig‘i kubogi topshirildi.
Adliya boshqarma boshlig'i A.Ergashevning Zomin tumanidagi "Birlik" MFYda sayyor qabuli tashkil etildi. Tuman hokimi, sektor rahbarlari, profilaktika inspektori, xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo'yicha mas'ullar hamda davlat organlari va tashkilotlari vakillari ishtirokida bo'lib o'tgan qabul davomida 40 nafarga yaqin fuqarolar bilan suhbatlashildi.
Aksariyat murojaatlarga huquqiy maslahat berish orqali masalaning echimiga to'g'ri yo'nalish ko'rsatilgan bo'lsa, bevosita sohaga aloqador murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.
Shu bilan birga hudud aholisiga sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.