Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

26
O’zbekiston — 2030” strategiyasi bo‘yicha huquqiy targ‘ibot tadbiri o'tkazildi.

Jizzax shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti O.Araqulov tomonidan Jizzax shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 3-maktabda “O’zbekiston — 2030” strategiyasi bo'yicha targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Qatnashchilarga "O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 5 ta asosiy g‘oyalari:
1️⃣Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish;
2️⃣Aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish;
3️⃣Aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;
4️⃣Xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;
5️⃣Mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash kabi g'oyalariga asoslangan  5 ta yo'nalish va 100 ta maqsadlari to'g'risida huquqiy tushuntirish berildi.

25
#Adliya_faxriylari_va_yoshlari

Adliya tizimida shunday an'ana bor, ulug' ayyomlar arafasida sohada ko‘p yillar samarali mehnat qilib, hozirgi kunda keksalik gashtini surayotgan faxriylar holidan xabar olinadi, ularga hurmat-ehtirom ko'rsatiladi. 21-oktabr “O`zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan “Qadring baland bo`lsin ona tilim” shiori ostida tashkil etilgan davra suhbatiga jizzax viloyat adliya tizimida uzoq yillar mehnat qilgan faxriylar ham taklif etikdi.

Bundan tashqari, tadbirda viloyat adliya boshqarmasi, uning tizimidagi idoralar, faxriylar va ustozlar, yuridik texnikum o`quvchilari  ishtirok etdi.

✅ Unda, o`zbek tilining tarixi, huquqiy maqomi, bugungi kunda jamiyatimizda tutgan o`rni va ahamiyati haqida fikr va mulohazalar bildirilib, ishtirokchilar tomonidan she’rlar aytildi.

❇️ Shuningdek, tadbirda “Adliya faxriylari va yoshlari”  loyihasi doirasida katta hayot tajribasiga ega bolgan faxriylarning bosib o'tgan umr yo'llari, ish faoliyati jonli muloqot va savol-javoblar ko'rinishida yoshlarga etkazildi.

24
Huquqiy uslubiy qoʻllanmalar bilan lex.uz saytida tanishib boring

Adliya vazirligi tomonidan yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirish maqsadida turli sohalarda uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish hamda ularni lex.uz saytiga joylashtirib borish yoʻlga qoʻyildi.

➡️ Uslubiy qoʻllanmalar tegishli sohalarda faoliyat yuritayotgan davlat organlari, fuqaro va tadbirkorlar foydalanishi uchun moʻljallangan boʻlib, ularda sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga xavolalar hamda zarur hujjatlarning namunalari ham keltirilgan.

Bugungi kunda lex.uz saytiga quyidagi uslubiy qoʻllanmalar joylashtirilgan:

1️⃣ “Fermer xoʻjaligi boshligʻini oʻzgartirish va rasmiylashtirish tartibi”;

2️⃣ “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkaciga boʻlgan huquqni bekor qilish va yer uchastkacini hokimlik nomiga davlat mulki sifatida roʻyxatidan oʻtkazish;

3️⃣ “Kichik quvvatdagi qayta tiklanadigan energiya manbalari qurilmalaridan foydalanish”;

4️⃣ Mahalliy kengashlar deputatlari uchun amaliy qoʻllanma;

5️⃣ “Mediasavodxonlik va Fake News: huquq va masʼuliyat chegarasi”;

6️⃣ “Islohotlar davrida ommaviy axborot vositalari: axborot transformatsiyasi va kasb etikasi muammolari”.

7️⃣ “Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasini ajratish va qurish jarayoni bilan bogʻliq davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha uslubiy qoʻllanma”.

23
Konstitutsiyaviy qonun loyihasida fraksiyalar tuzish tartibi oʻzgarmoqda

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi mazmun-mohiyati bilan tanishing!

23
Yashaganlik fakti belgilandi va fuqaro pasport oldi

Zarbdor tumani adliya boʼlimi tomonidan fuqaro Anagin Sergey Sergey o‘g‘lini O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini va pasport olish uchun yashaganlik faktini belgilashda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘rab yozgan murojaati o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, Zarbdor tumani ichki ishlar bo‘limining javob xatiga ko‘ra fuqaro Anagin Sergeyga tegishli bo‘lgan hujjatlar yig‘ma jildida 1996-yildan O‘zbekistonda tug‘ilib, yashayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar yetarli bo‘lmaganligi uchun doimiy propiskaga qo‘yish rad qilingan.

Shu sababli, fuqaro manfaatida FIB Zarbdor tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritilib, sud hal qiluv qaroriga asosan Anagin Sergey Sergey o‘g‘lini Zarbdor tumanida yashaganlik fakti belgilandi va u O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti olish huquqini qo‘lga kiritdi.

20
Adliya vaziri mirzachoʻllik tadbirkorlar bilan uchrashdi

Adliya vaziri A.Toshqulov dastlab Mirzachoʻl tumanining “Bogʻbon” qishlogʻida fuqaro D.Ernazarovaning quyonchilik faoliyati bilan joyiga chiqqan holda yaqindan tanishib, quyonchilik tadbirkorligi uchun berilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, Akbar Toshqulov tumanning “Doʻstlik” mahalla binosida tashkil etilgan ayollar tadbirkorlik markazida fuqaro X.Boymatovaning tikuvchilik va toʻquvchilik sexi hamda  fuqaro N.Xolmirzayevaning sovgʻa buyumlar yasash yoʻnalishidagi tadbirkorlik faoliyati bilan tanishib, ular bilan sohada qabul qilingan huquqiy yangiliklar toʻgʻrisida muloqot qildi.  

Shundan soʻng, adliya vaziri ushbu tumandagi “Fahr-Moʻmin” MCHJ hamda Doʻstlik tumanining “Manas” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, aholining turmush tarzi, mahallaning madaniyat markazida yaratilgan imkoniyat va sharoitlar bilan tanishdi.

19
Adliya vaziri Jizzax viloyatidagi quyi tuzilmalar faoliyati bilan tanishdi

Joriy yilning 17-oktyabr kuni Adliya vaziri Akbar Toshqulov Jizzax viloyatida xizmat safarida boʻlib, Arnasoy, Mirzachoʻl va Doʻstlik tumanlari adliya boʻlimi, davlat xizmatlari va yuridik xizmat koʻrsatish markazlari, “Madad” NNTlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu yerda aholi va tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar, xodimlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishi boʻyicha ahvolni oʻrgandi.

Tuzilma xodimlari bilan bevosita suxbatlashib, ularning ish faoliyatidagi mavjud muammolari va takliflarini tingladi.  Bundan tashqari, “Madad” NNT faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, aholiga huquqiy koʻmak berish va ularning mavjud muammolarini  hal etish yuzasidan masʼul xodimlarga tegishli koʻrsatmalar berdi.

Shuningdek, Doʻstlik tumanidagi sektor vakillari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda xalq qabulxonasi mudiri bilan suhbatlashib, tumandagi aholining yashash tarzi, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirishga qaratilgan qonunchilik normalarnining tadbiq etilishi boʻyicha fikr almashdi.

18
Huquqiy targ’ibot!

Jizzax shahar adliya bo’limi Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Raxmatov tomonidan Jizzax viloyati davlat bojxona boshqarmasi xodimlari ishtirokida Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida profilaktik tadbir o’tkazildi.

Yig’ilish ishtirokchilariga, O‘zbekiston Respublikasining 03.01.2017 yildagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” O‘RQ-419-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 08.08.2023 yildagi “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida” O‘RQ-860-sonli Qonuni hamda Jinoyat kodeksining korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etish bilan bog’liq jinoyatlarga oid moddalari bo’yicha tushunchalar berildi.

Tadbir so’ngida, yig’ilish ishtirokchilarining savollariga atroflicha javob berildi.

17
"Adliya ayoli-2023" kimligi maʼlum boʻldi

Avval xabar berilganidek, “Adliya ayoli” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi. Tanlovda adliya organlari va muassasalarida faoliyat yuritib kelayotgan 21 nafar ayollar ishtirok etishdi. Koʻrik-tanlovda ishtirokchilar 5 ta shart boʻyicha bellashishdi.

Birinchi shart “Men haqimda” deb nomlanib, bunda ishtirokchilar 3 daqiqa ichida oʻzining shaxsiy hayoti, maʼlumoti, qiziqishlari, ishdagi yutuqlari, kitobxonlik salohiyati va boshqa qobiliyatlarini taqdimot orqali yoritib berishdi. Hakamlar hayʼati tomonidan ishtirokchilar qoʻlga kiritgan yutuqlari, taqdimot qilish qobiliyati, notiqlik mahoratiga koʻra baholanishdi.

Ikkinchi shart — “Kitobxonlik” shartida ishtirokchilar oʻz intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon etishdi. Hakamlar hayʼati tomonidan ishtirokchilarning asarni tushunishi, ifodali oʻqishi, toʻgʻri tushuntirib berishi, badiiy tahlili baholandi.

Uchinchi shartda ishtirokchilar qonunchilikka oid dolzarb taklif taqdim etishdi.

Toʻrtinchi shart sport sharti boʻlib, ushbu shartda ishtirokchilar xalqa yordamida oldinga yurish mashqlarini bajarishdi.

Beshinchi shart oʻyinning kulminatsiyasi boʻldi. Ushbu shartda ishtirokchilar “Zakovat” intellektual oʻyinida bellashishdi. 2 ta tur, 10 ta savoldan iborat mazkur shart ishtirokchilarni tezkor va toʻgʻri qaror qabul qilishga, mantiqiy fikrlashga undadi.

Tanlov yakunida har bir shartda oʻz isteʼdodi, tashabbuskorligini namoyon etib, eng yaxshi natijalarni qayd etgan ishtirokchilar taqdirlanishdi.

Gʻoliblarga pul mukofoti va sertifikatlar topshirildi.

“Adliya ayoli” koʻrik tanlovi gʻoliblari bilan tanishing.
1-oʻrin — Saltanat Raimbekova (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi)
2-oʻrin — Maxliyo Abdunazarova (Jizzax viloyati adliya boshqarmasi)
3-oʻrin — Dildora Rustamova (Navoiy viloyat adliya boshqarmasi)

16
"Adliya ayoli"

Adliya vazirligi tashabbusi bilan bu yil 2-marotaba o'tkazilayotgan "Adliya ayoli" tanlovning final bosqichiga start berildi. Unda tuman va shahar, viloyat bosqichlarida g'olib bo'lgan tizimda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar bellashmoqdalar.

Bu tanlovda Jizzax viloyati sharafini himoya qilgan va ajoyib natija ko'rsatayotgan Mahliyo Abdunazarova yuqori natijani ko'lga kiritish yo'lidagi tinmay harakat qilmoqda.

Tanishtiruv shartida taqdimot roligi orqali o'zining mehnat faoliyati, ishdagi yutuqlari haqida hikoya qilar ekan, oilasi, farzandlarining baxtu kamolidan baxtli ona timsolini ham gavdalantirdi.

Kitobxonlik shartida esa Fyodor Dostoevskiyning "Jinoyat va jazo" asarini chuqur tahlil qilgan holda, uning mazmun-mohiyatini tinglovchiga etkaza oldi.

Bu galgi tanlovda jamoaviy tarzda "Zakovat" intellektual o'yinlari ham o'tkaziladi.