Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

05
Adliya aralashgach...

Forish tuman Moliya bo‘limi tomonidan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyingi kafolatli to‘lovlar to‘lanishi kechikayotganligidan norozi bo‘lib, ushbu to’lovlarni undirib berilishida amaliy yordam berishni so‘rab 4 nafar fuqaroning yo‘llagan murojaati tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, ishdan bo‘shagan xodimlar muqaddam tuman iqtisodiyot va moliya bo’limida ishlab kelganligi va Jizzax viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2023-yil 25-may kungi 56-sht-buyrug`i bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan bo‘lsada, xodimlarni moddiy jihatdan qo‘llab quvvatlash kafolatlari lozim darajada ta`minlanmaganligi aniqlandi. Xususan, ushbu sobiq xodimlarga 1 oylik ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanmagan.

Forish tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan murojaatchilarga 10 million so‘mga yaqin bir oylik ishdan bo‘shatish nafaqasi undirib berildi. Fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklanishiga erishildi.

04
Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun

Jizzax viloyati yuridik texnikumida yangi 2023-2024-o‘quv yilining boshlanishi va O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32-yilligi munosabati bilan "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!" shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Uchrashuvda Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Pirxalov ishtirok etdi.

Tadbirda texnikumning 2-bosqich o‘quvchilari tomonidan Vatanni madh etuvchi she'rlar o‘qildi.

Shuningdek, adliya vazirligi stipendiyasi sohibalari hisoblangan texnikumining 5 nafar o‘quvchisi sertifikat bilan taqdirlandilar.

Ma’lumot uchun, stipendiya Toshkent davlat yuridik universiteti va Adliya vazirligining yuridik texnikumlarining akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan talabalari va o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida adliya vazirligi tomonidan 2021-yilda ta’sis etilgan.

31
E'tirof ezguliklarga qanot

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tizim xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi bayrami munosabati bilan “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda, samarali mehnati, huquq ijodkorligi va huquqni qo'llash amaliyotini shakillantirishga hissa qo'shayotgan bir guruh xodimlar O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda viloyat adliya boshqarmasining “Faxriy yorlig‘i” bilan hamda boshqarma boshlig‘i A.Ergashev "Notariat sohasiga qo‘shgan xissasi uchun" ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi.

30
Huquqiy targ’ibot

Jizzax viloyat o’simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida profilaktik tadbir o’tkazildi.

Tadbirda, Jizzax shahar adliya bo’limi Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Raxmatov, Jizzax viloyat ma’muriy sudi sudyasi B.Xursanov, Jizzax viloyat sudi bosh konsultanti va A.Po’latovlar ishtirok etishdi.

Yig’ilish ishtirokchilariga, O‘zbekiston Respublikasining 03.01.2017 yildagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” O‘RQ-419-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 08.08.2023 yildagi “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida” O‘RQ-860-sonli Qonuni hamda Jinoyat kodeksining korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etish bilan bog’liq jinoyatlarga oid moddalari bo’yicha tushunchalar berildi.

Tadbir so’ngida, yig’ilish ishtirokchilarining savollariga atroflicha javob berildi.

29
Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun

Jizzax garnizonidagi harbiy qism shaxsiy tarkibi va Mudofaa vazirligi xuzuridagi Jamoatchilik kengashi Jizzax viloyati mintaqaviy bo'linm mutaxassisi bilan  deputatlar, faxriylar, yozuvchilar va shoirlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

Kun davomida  kutib olingan mexmonlar harbiy  qismda  yaratilgan shart-sharoitlar bilan birga sharafli va mashaqqatli kasb egalarining kundalik hayoti,harbiylarning  ruhiy zo'riqishlarni yechish honasida va sport majmuoasidagi sharoitlar bilan mashg‘ulotlar tashkil etildi.

28
Sifatli ta’lim va malakali mutaxassis-barqaror iqtisodiyotning asosi

Jizzax viloyati yuridik texnikumida “Sifatli ta’lim va malakali mutaxassis-barqaror iqtisodiyotning asosi” shiori ostida 4-sho’ba yig‘ilishi bo‘lib  o‘tdi.

✅4-sho`ba yig‘ilishini DO'IBBO' S.Saydiyev ochib berdi. Xususiy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri G.Mamatqulova “Yuridik texnikumlarda ta’limning kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish”, Ommaviy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri X.Muxamadiyev "Yangilangan Konstitutsiya", mavzularida tahliliy ma’ruzalar qilishdilar. Mavzular yuzasidan savol-javoblar, fikr mulohazalar bildirildi.

✅Sho'ba yig‘ilish yakunida 2023-2024 o‘quv yili uchun  boshqarma sho’ba mudiri T.Boynazarov tomonidan professional ta’lim tizimida  o'qtuvchi va o'quvchilarni hamkorlikda ishlashi, o'quvchilarni mustaqil ta'lim olishiga va ijodiy o'zlashtirishga qaratilgan ko'nikmalarini rivojlantirish haqida bir qancha tavsiyalar berib o'tildi.

26
Jamoatchilik monitoringi va eshituvi

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosining tashkil etilganlik holati yuzasidan “Jamoatchilik monitoringi va eshituvi” tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirga fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, faoli yoshlarni va jamiyat rivoji uchun oʻzini dahldor deb bilgan yurtdoshlarimizni taklif etamiz.  

30-avgust soat 11:00 - Jizzax shahar adliya boʻlimi (Davlat xizmatlari markazi)

Jamoatchilik nazorati qonuniylikni taʼminlashning eng samarali usulidir!

25
Sayyor_qabul

Bugungi kunda adliya organlari tomonidan murojaatlar bilan ishlash hamda ularning ijobiy hal etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A. Ergashev tomonidan Mirzacho‘l tumani “Toshkent” QFYda tashkil etilgan navbatdagi sayyor qabul huddi shu maqsadlarni ko'zda tutadi. 

Tadbirda tuman hokimi Sh.Axmedov, tumandagi barcha sektor rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mirzacho‘l tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri I.Nurmanov, faollar, tumandagi korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari aholi va yoshlar muammolarini o'rganish va echim topish maqsadida yuzma-yuz muloqotlarga kirishishdi.

Sayyor qabul davomida 40 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Aksariyatiga huquqiy tushuntirishlar berilib, masalaning ijobiy echm topishi uchun to'g'ri yo'l ko'rsatildi. Yechimi vaqt talab etadigan muammolar nazoratga olindi.

24
Har bir yosh davlat e'tiborida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida joriy yilning 11-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishning 18-son topshiriqlar bayonida har bir vazirlik va idora rahbarlari, ularning o‘rinbosarlariga e’tiborga muhtoj yoshlar biriktirilib, har oyda kamida ikki marotaba ular bilan uchrashish va muammolarini hal etish vazifasi belgilangan.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tizimiga 319 nafar yoshlar biriktirilgan bo'lib, ular bilan yaqin aloqa o'rnatilgan. Muammolari o'rganilib, ularni hal qilish borasida samarali mexanizm yaratildi.

Bugun adliya boshqarmasi tomonidan "Biz bir oilamiz" shiori ostida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etilgan bo'lib, 100 nafar yoshlar dastlab adliya bo'limi binosiga yig'ilishdi.

23
Sayyor qabul: Muammoning katta-kichigi boʻlmaydi...

Keyingi besh yil ichida mamlakatimizda xalq bilan muloqotning samarali mexanizmi yaratildi. "Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan" aksiyasi doirasida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashevning Sharof Rashidov tumani "Katta kishloq" MFYda sayyor qabuli o'tkazildi. Qabul davomida 80 nafardan ziyod fuqarolar bilan suhbatlashildi. Aksariyat murojaatlarga huquqiy maslahat berish orqali masalaning echimiga to'g'ri yo'nalish ko'rsatilgan bo'lsa, bevosita sohaga aloqador murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi. Shu bilan birga hudud aholisiga sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.