Yangiliklar
#E_qaror_amalda
Jizzax viloyat adliya boshqarmasida ma'muriy hujjatlarni jamoatchilik uchun ochiq tarzda qabul qilish amaliyoti yo'lga qo'yildi
Xabaringiz bor, joriy yilning 1 yanvaridan boshlab Prezident qaroriga asosan sinov tariqasida Adliya vazirligining buyruqlari ham “E-qaror” tizimi orqali qabul qilinishi belgilangan.
Yurtimizdagi mana shunday sovuq kunlarda Davlat xizmatlari markaziga biror bir yumush yuzasidan kelayotgan fuqarolarga markaz tomonidan qulay sharoitlar yaratilmoqda. Shuningdek, bugun barcha Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolarga xodimlar tomonidan mana shunday sovuq ob-havoda bir piyola issiq choy uzatilmoqda. Insonlar orasidagi mehr va boshqa xislatlar shu kabi ijobiy munosabatlar orqali shakillanadi. Bugun davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan yurtdoshlarimizning barchasi ajoyib kayfiyatda qaytishlari uchun xodimlar astoydil harakat qilishmoqda. Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan fuqarolarga Mobil ID tizimi orqali ro'yhatdan o'tish orqali onlayn tartibda davlat xizmatlaridan foydalanish mumkinligi, bunda vaqt va mablag'ning tejalishi haqida tushuntirishlar ham berilmoqda.
Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan fuqarolarga Mobil ID tizimi orqali ro'yhatdan o'tish orqali onlayn tartibda davlat xizmatlaridan foydalanish mumkinligi, bunda vaqt va mablag'ning tejalishi haqida tushuntirishlar ham berilmoqda.
Jizzax radiokanali to'lqinlarida yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining sharxiga bag'ishlangan alohida efir soatlari mavjud.
Shulardan biri "Huquqiy darsxona" loyihasidir.
Bugungi mavzu: Yangi O'zbekistonda ma'muriy islohotlar
Bugungi mehmon: Adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi I.Ablakulova
Baxmal tumani Adlyai bo‘limi xodimlari tomonidan 9255-sonli harbiy qismda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 31 yilligi munosabati bilan “Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga qanday imtiyozlar bor?” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur muhim sana oldidan yurt tinchligi yo‘lida sharafli xizmatni ado etayotgan harbiy xizmatchilar bayram bilan tabriklanib, ular uchun qonunchilikda belgilangan ayrim imtiyozlar xaqida to‘xtalib o‘tildi.
Targ‘ibot davomida harbiy xizmatchilarga “Oliy ta’limga beriladigan tavsiyalar”, “Oilasiga imtiyozlar”, “Ko‘p muddat xizmat qilganlik uchun ta’tillar imtiyozlar”, “Bepul tibbiy ta’minot”, “Boshlang‘ich badalsiz ipoteka krediti” va boshqa imtiyozlar to‘g‘risida huquqiy tushunchalar berildi.
Targ‘ibot tadbiri davomida harbiy xizmatchilarning vaqtincha yashash uchun ijara shartlari, farzandarini bog‘chalarga navbatsiz qabul qilish, farzandarining o‘qishini ko‘chirish kabi va boshqa qonun hujjatlari mazmun-mohiyati bo'yicha savol-javoblar o'tkazildi.
Baxmal tumani Adliya bo‘limi
Bugungi kunda og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan, jumladan, oilaviy muammolar va turmushida zo‘ravonlikka ishlatilishiga duch kelgan ayollargaga ruhiy, ijtimoiy, huquqiy va boshqa yordamlarni ko‘rsatish maqsadida Gʻallaorol tumani adliya bo‘limi FHDY mudirasi tomonidan tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi ma’sullari bilan hamkorlikda "Ijtimoiy moslashuv maslaxatxonasi" tashkil etildi.
Ish faoliyatining birinchi kunidayoq 3 nafar fuqarolarga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi.
Baxmal tumani “Qutlug‘obod” MFYda yashovchi fuqaro Sh.Jo‘rayev Baxmal tuman SEO va JS bo‘limida sanitariya vrach yordamchi xodimi lavozimida ishlab kelayotganligi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.12.2005-yildagi 276-sonli qaroriga muvofiq ish haqqiga 15 foiz ustama pullari to‘langanligi biroq, 2022-yil noyabr oyidan boshlab oylik ish haqqiga ustama pullari qo‘shib berilmayotganligidan norozi bo‘lib, ustama pullarini undirib berishda amaliy yordam so‘rab murojaat yo‘llagan.
Gʻallaorol tumanidagi "Samarqand" MFYda tuman adliya bo‘limi boshlig‘i tomonidan mahalla profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotin qizlar faollari bilan birgalikda seminar tashkil etildi.
Seminarda tuman adliya bo‘limi xodimi tomonidan tadbir qatnashchilariga jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, hozirgi kunda keng tarqalgan yoshlar o'rtasida vujudga kelayotgan jinoyatchiliklarni oldini olish va uni bartaraf etish yuzasidan qabul qilinayotgan qonun hujjatlar, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining yangi tahriri hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish uchun amalga oshirilayotgan mexanizmlar mazmun-mohiyati tushuntirib berildi.
Bundan tashqari qish mavsumida gaz va elektr tarmog‘idan foydalanishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish tartibi, yong‘inlar kelib chiqishining oldini olish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, "Samarqand" MFYda sayyor qabul tashkil etilib, fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.
Jizzax viloyati yuridik texnikumi yuridik klinika rahbari Sh.Qarshiboyeva FM 105,5 hamda 106.2 toʻlqinlarida "Yoshlar vaqti" radio loyihasining navbatdagi soni mehmoni bo'ldi.
Jonli muloqot davomida yuridik klinika rahbari Yuridik klinika faoliyati va Prezidentimizning murojaatnomasida ko'zda tutilgan islohotlar haqidagi fikrlarini o'rtoqlashdi.
O'zbekiston Respubikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi "Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-269-son Farmoni va "Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-447-son qarori mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng aholi qatlamiga tushuntirish borasida turli targ'ibot tadbirlari olib borilmoqda. Shulardan biri Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining majlislar zalida Jizzax viloyat hokimligi va tuman (shahar) hokimliklari xodimlari ishtirokida o’tkazildi.
Mazkur seminarda ishtirokchilarga Farmonga asosan amalga oshirilayotgan ma`muriy islohotlarning mazmun-mohiyati haqida viloyat adliya boshqarmasi bo'lim bodhlig'i J.Karimov tomonidan batafsil tushuntirish berildi.
Do‘stlik tumani "Mevazor" MFYda yashovchi fuqaro O.Isayev Do‘stlik tuman adliya bo‘limiga o‘z yashash xonadonidagi suv iste’moli sarfi uchun “Jizzax suv ta’minoti” MChJ Do‘stlik filliali tomonidan
2 451 651 so‘m qarzdorlik hisoblaganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganildi.
O'rganish natijasida, mazkur xonadonga 2018-yil 28-dekabr kuni ichimlik suv hisoblagichi o‘rnatilganligi, mazkur xonadon iste’moli uchun to‘lovlar ichimlik suv hisoblagichi sarfi asosida to‘lab kelayotganligini, biroq, suv iste’moli hisob-kitoblarining “Billing” tizimida mazkur xonadon iste’molchilari “tashib ichuvchi” sifatida ro‘yxatga olinganligi oqibatida 2022-yilning dekabr oyi holatiga ko‘ra, 2 451 651 so‘m qarzdorlik hisoblaganligi aniqlanib, mazkur xonadonning ichimlik suvi iste’moli uchun asossiz hisoblangan 2 451 651 so‘m miqdoridagi noreal qarzdorligi olib tashlandi.