Yangiliklar
Bugun Jizzax shahar adliya bo'limida “Jizzax viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlarining o‘tgan 2023-yil 2-choragi davomidagi faoliyati yakunlari, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Pirxalovning axboroti tinglandi.
O'tkazilgan matbuot anjumanida jurnalist va blogerlar, sohaga qiziquvchi faol fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javoblar olishdi.
Adliya tarixida birinchi marta 2 kun davomida katta adliya oilasi bir joyda jam boʻlishdi. Sogʻlom raqobat bilan bellashishdi.
Bir-birimizdan oʻrganganlarimiz va oʻrgatganlarimiz koʻp bo'ldi. Kelgusi faoliyatimizdagi rejalar va maqsadlarni ham oʻz oldimizga belgilab oldik.
Bilim olishda, kitob o'qishda va o'z ustimizda ishlashda davom etamiz
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, Jizzax shahar adliya bo‘limi tomonidan Jizzax shahar hokimligida mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlari, shu jumladan, xizmat doirasida foydalanish uchun mo‘ljallangan qarorlari va farmoyishlarini ishlab chiqish, ro‘yxatga olish va e’lon qilish “E-qaror” elektron tizimi orqali amalga oshirish tartibi qoidalarini tushuntirish yuzasidan seminar 2023-yil 14-iyul kuni tashkil etildi.
Hozirgi kunda Jizzax shahar hokimligi va Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi tomonidan “E-qaror” elektron tizimi ishga tushgandan bugungi kunga qadar jami 1 545 ta hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, shundan 871 ta hokim qarori, 338 ta hokim farmoyishi va 336 ta Kengash qarori hisoblanadi. Seminar yakunida Jizzax shahar hokimi 1-o‘rinbosari A.Ergashev, boshqarma mas’ul xodimi Sh.Sulaymonov va tuman adliya bo‘limi boshlig‘i M.Asatullayevlar xodimlar tomonidan berilgan savollarga qonunchilik hujjatlariga asoslangan holda javoblar berishdi.Albatta, bu kabi seminar, davra suhbatlari xodimlarning ish salohiyatini oshishiga, huquqiy ong, madaniyatning shakllanishiga, qonunbuzilishi holatlarning oldi olinishiga hamda eng muhimi davlat organlari faoliyatining takomillashishiga zamin yaratadi.
Arnasoy tumani 14-son umumta'lim maktabining 2 nafar o'qituvchilari mart va aprel oyining ish haqlari to'lliq to'lab berilmaganligidan norozi bo'lib tuman adliya bo'limiga murojaat qilishdi.
Taqdim etilgan hujjatlar asosida murojaat o'rganib chiqilib, mart va aprel oylari uchun to‘lanmasdan qolgan jami 7 mln 600 ming so‘m ish xaqlari o'qituvchilarga to‘lab berilishi ta’minlandi. Umumta'lim maktabining bosh hisobchisi ma’muriy javobgarlikka toritildi.
Zafarobod tumani Adliya bo‘limi tomonidan viloyat hokimining 23.03.2023 yil tasdiqlangan “Jizzax viloyatida 2023 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar” Dasturi asosida tumandagi yoshlar yetakchilariga o‘quv-seminar tashkil etildi.
O’quv-seminar mashg‘ulotida yoshlar yetakchilariga ularning huquqiy savodxonligini oshirish, sohaga tegishli normativ hujjatlarning mazmun mohiyatini yetkazish bilan birga, kasbiga sadoqat va fidoyilik bilan ishlash, yoshlar bilan ishlashda natijadorlikka alohida etibor qaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, tegishli yo‘nalishlar berildi.
Qonunchilikka muvofiq Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishi cheklanmoqda.
Zafarobod tuman Adliya bo‘limi tashabbusi bilan “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida turli soha vakillari o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Zafarobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tibbiyot birlashmasidagi mehnat jamoasi o‘rtasida mehnat qonunchiligi, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berildi.
#Konstitutsiyani_o'rganamiz
43-modda.
Davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘radi. Davlat fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etadi hamda rag‘batlantiradi.
Jizzax viloyat yuridik texnikumi 1-2-bosqich o'quvchilari yahlit adliya uyi negizida birlashgan Jizzax shahar adliya bo'limi, davlat xizmatlari markazi, yuridik xizmat ko'rsatish markazi hamda FHDY bo'limi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Bevosita jonli jarayonlarni kuzatish asnosida o'quvchilar xizmat ko'rsatishda aholiga yaratilgan qulaylik hamda raqamlashgan ish uslubining afzalliklariga ham guvoh bo'lishdi.
Ushbu ochiq eshiklar kuni davomida tizimda faoliyat yuritish istagida bo'lgan o'quvchilar qanday bilimlarga ega bo'lish lozimligi haqidagi savollariga batafsil javob olishdi.
Shuningdek, ochiq eshiklar kuni yakunida o'quvchilar MOBILE ID tizimiga ro'yxatdan o'tkazildi.
Huquqiy targ'ibot tadbirlari davom etmoqda
Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi tizimi hodimlari ishtirokida huquqiy targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.
Ushbu tadbirda Jizzax shahar adliya bo'limi YXKM hodimi A.Rahmatov ishtirokchilarga Yangi konstitutsiyaning mazmun mohiyati va mehnat, saylov qonunchiligi yuzasidan tushunchalar berdi.
#Konstitutsiyani_o'rganamiz 42-modda.
Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega.
Uchrashuv davomida fermer xo‘jaliklari rahbarlariga o'z faoliyatiga doir qonun hujjatlarning mazmun mohiyati, ularga berilgan imkoniyat va imtiyozlar haqida so'z bordi.
Xususan ularga Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 3 iyunda “2023 yil hosilidan bug‘doy xarid qilish va ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 227-sonli Qaroriga ko'ra quyidagi huquqlari bor ekanligi tushuntirildi
bug‘doy ma’lum bir qismini davlat resursi sifatida hamda urug‘lik bug‘doyni O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xarid qilish;
ma’lum bir qismini fermer xo‘jaliklari hamda boshqa bug‘doy yetishtiruvchilar tomonidan keyinchalik birja savdolari orqali sotish uchun Jamg‘armaning tijorat vakilida vaqtincha saqlash tartibi joriy qilinganligi
Bunda bug‘doy yetishtiruvchilar tomonidan vaqtincha saqlashga qabul qilinadigan 5 va undan yuqori sinflardagi tovar bug‘doy barcha tadbirkorlik sub’ektlariga birja savdolari orqali cheklovlarsiz sotilishi
Bug‘doy yetishtiruvchilarning vaqtincha saqlashga qabul qilinadigan bug‘doy birja savdolari orqali oyma-oy grafik asosida sotilishini inobatga olib, 2023 yil hosili uchun bug‘doy yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishga ajratilgan kreditlarni qaytarish muddati, istisno tariqasida, 2023 yil 1 noyabrga qadar uzaytirilganligi