Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

30
Giyohvandlik – asr vabosi

Sharof Rashidov tumani Adliya boʻlimi tomonidan “26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida ijodkor oʻquvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.

Joriy yilning 26-iyun kuni Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Adliya boʻlimi tomonidan tumanning 13- umumiy oʻrta taʼlim maktabida “26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida ijodkor oʻquvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida davra suhbati shaklidagi uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvga tuman Yoshlar ittifoqi va Tibbiyot birlashmasi vakillari xam qatnashdi. Suhbat davomida Adliya boʻlimi xodimlari va tibbiyot xodimlari tomonidan quyidagi mavzular qatnashchilarga yoritib berildi. Jumladan:

1.“Giyoxvandlik – asr vabosi”, “Giyohvandlikning inson salomatligiga taʼsiri va muolaja usullari” mavzularida maʼruzalar;

2.“Psixatriya toʻgʻrisida”gi OʻRQ-690-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni mazmun va mohiyat;

3.“Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5116-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori mazmuni va mohiyati.

Tadbir soʻngida ijodkor yoshlarning tadbir mavzusi boʻyicha tayyorlagan ijod naʼmunalari namoyish qilindi va faol qatnashchilarga estalik sovgʻalari tarqatildi.



29
Jizzax viloyat adliya boshqarmasida 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan viloyat teleradiokompaniyasi jurnalistlari ishtirokida tadbir oʻtkazildi.

Avvalo boshqarma boshligʻi  Shokir Kamalovich soha fidoiylarini Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etdi. Shu oʻrinda, mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, jurnalistlar mexnatini ragʻbatlantirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotgani xaqida soʻzladi. Soʻngi yillarda yurtimizda ommaviy axborot soxasida koʻplab qonunchilik xujjatdari qabul qilinganligi, bir qancha qonun xujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi buning ifodasi ekanligilini boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Akmal Mamarasulovich alohida takidlab oʻtdi.




Shuningdek, adliya boshqarmasi va uning tizimidagi xodimlar bilan oʻzaro hamkorligi, adliya organlari faoliyatini jamiyat va xalq oldida yoritishda qoʻshayotgan hissasi, shuningdek, qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini, ijrosining borishini, ularga nisbatan aholi  munosabatini muvaffaqiyatli yoritib berayotganligi uchun ommaviy axborot vositalari xodimlariga minnatdorlik bildirildi.




Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilari tomonidan ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishga qaratilayotgan islohotlar va jurnalist kasbining ijtimoiy maqomi va nufuzi yuksalib borayotganligi, soha xodimlarining mehnatini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan isloxotlar hozirgi kunda oʻz samarasini berayotganligi haqida taʼkidlab adliya boshqarmasi tomonidan olib borilayotgan keng kulamli huquqiy targʻibotlar, qonunlar targʻibotidagi hamkorlik yanada mustahkam va bardavom boʻlishini tilab oʻz fikrlarini bildirishdi.

Tadbir soʻngida soha jurnalistlariga adliya boshqarmasining tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.



28
Fermerga madad -huquqiy aksiyasi davom etmoqda

Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil iyun–dekabr oylarida “Fermerga madad” huquqiy aksiyasi oʻtkazilishi belgilangan boʻlib, mazkur aksiya doirasida fermer xoʻjaliklariga huquqiy tushuntirishlar berish, buzilgan huquqlarini tiklash, murojaatlarni koʻrib chiqish, muammolarni joyida oʻrganish hamda qonunchlikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish vazifalari topshirilgan. Aksiya doirasida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi joylarga chiqqan holda fermerlar bilan uchrashuvlar tashkil etib kelmoqda.




Navbatdagi uchrashuv joriy yilning 22-iyun kuni Paxtakor tumanida boʻlib oʻtdi. Ushbu uchrashuvda fermerlarga qonunchilikda berilgan imtiyozlar va qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan maʼlumotlar berildi.

Uchrashuv yakunida fermer xoʻjaliklari aʼzolarining savollariga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.Uchrashuv davomida bir nechta murojaat belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun qabul qilindi.

25
Ish haqini ololmagan xodim adliya boʻlimiga murojaat qilishga majbur boʻldi.

Mirzachoʻl tumani “Yerjar” MFY, Begjanov koʻchasi 22/1-xonadonda yashovchi fuqaro M.Jumaboyevning 2021-yil 11-iyun kungi ish beruvchi tomonidan soʻngi hisob-kitob pullarini bermaganligidan norozi boʻlib, ushbu mehnat nizosini hal qilinishida amaliy yordam soʻrab, tuman adliya boʻlimiga yoʻllagan murojaati tegishli tartibda oʻrganib chiqildi. 

Oʻrganishda, fuqaro M.Jumaboyev 2019-yilda Jizzax viloyati “Toza hudud” DUK Mirzachoʻl tuman filialiga yuklovchi vazifasiga qabul qilinganligi, u ushbu vazifada 2021-yil 19-may kuniga qadar ishlab kelganligi, 2021-yil 19-may kuni oʻz arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etilib, ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor boʻlganligi ammo ish beruvchi tomonidan fuqaro M.Jumaboyevga oʻrganish kuniga qadar oxirgi xisob-kitob pullari toʻlab berilmaganligi  aniqlandi.


Shu sababli tuman adliya boʻlimi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etib, fuqaro M.Jumaboyevning ishlagan kunlari uchun qonunda belgilangan tartibda oxirgi xisob-kitob pullarini toʻlab berish yuzasidan ish beruvchiga taqdimnoma taʼsir chorasi kiritildi.
Natijada, 2021-yilning 17-iyun kuni murojaatchining murojaati ijobiy qanoatlantirilib, “Toza hudud” DUK Mirzachoʻl tuman filiali tomonidan fuqaroga 1,596,736 soʻm haqdorligi toʻliq toʻlab berilishi taʼminlandi



Bobur ESANOV

Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchisi.

24
“Fermerga madad” aksiyasi doirasida uchrashuvlar davom etmoqda

Mirzachoʻl tumanida “Fermerga madad” aksiyasi doirasida fermerlar bilan uchrashuv tashkil qilindi.

.

Fermer bilan muloqot chogʻida fermerlarning huquq va majburiyatlari, yer, soliq, mehnat, shartnomaviy huquqiy va boshqa munosabatlar boʻyicha qonunchilik talablari tushuntirildi. Bundan tashqari, “Fermerga madad” telegram bot @fermermadadbot tashkil etilganligi, bot orqali fermer xoʻjaligi rahbarlari va ishchilarining murojaatlari yozma, ogʻzaki va elektron shaklda qabul qilinib, ular oʻrganilishi, natijalari boʻyicha buzilgan huquqlarini tiklash choralari koʻrilishi yuzasidan maʼlumotlar berildi.




Uchrashuvda bir nechta fermer xoʻjaliklari raxbarlariga muammoli masalalari yuzasidan tegishli tavsiya va xuquqiy maslaxatlar berildi.

23
Matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning  22-iyun kuni Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Fermerga madad” huquqiy aksiyasi va “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmonining mazmun mohiyati yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.




Ushbu matbuot anjumanida dastlab Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Sh.Saidov tomonidan huquqiy aksiya va Prezidenti farmonining mazmun mohiyati yuzasidan umumiy maʼlumot berildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi Fuqarolik huquqiy munosabatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari A.Tadjiboyev tomonidan aksiyaning maqsadi va aksiya doirasida amalga oshiriladigan ishlar haqida toʻhalib oʻtildi. Hamda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi masʼul hodimlari tomonidan “Fermerga madad” huquqiy aksiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ham maʼlumotlar berib oʻtildi.




Shuningdek, matbuot anjumanida joriy yil 8-iyundagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonning mazmun-mohiyati ham batafsil yoritib  berildi.

Matbuot anjumanida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.

22
“Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida targʻibot tadbiri tashkil etildi.

Baxmal tuman Musiqa maktadi binosida tuman prokurori oʻrinbosari Sh.Sh.Abrayev, tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchisi S.Mamatov, viloyat FVB maʼsuli M.Atabekov, tuman FVB boshligʻi O.Boymurodov hamda tumanbosh imom hatibi R.Mamatqulov bilan xamkorlikda tuman FVB xodimlari tuman faollari hamda oʻquvchi yoshlar ishtirokida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida targʻibot tadbiri tashkil etildi. Shuningdek tadbir davomida yangi qabul qilingan va mavzuga taʼluqli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirib oʻtildi.



21
“Oiladagi zoʻravonlikning oldini olish va oiladagi zoʻravonlikdan jabrlanganlarga amaliy yordam koʻrsatish” shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi.

Joriy yilning 17-iyun kuni Jizzax viloyat adliya boshqarmasi binosida Jizzax viloyat sudi, viloyat prokuraturasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi va viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida “Oiladagi zoʻravonlikning oldini olish va oiladagi zoʻravonlikdan jabrlanganlarga amaliy yordam koʻrsatish” shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi.




Taʼkidlab oʻtish joizki, mazkur tadbir Respublika xotin-qizlar jamoatchilik Kengashining 2021-yil 27-apreldagi majlisi bayonnomasiga koʻra tasdiqlangan oiladagi zoʻravonlikning oldini olish, bunday qilmishlardan jabrlanganlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlarni yoritish media-rejasining tegishli bandlarining ijrosini taʼminlash maqsadida hamkor tashkilotlar bilan belgilangan chora-tadbirlarni muhokama qilish uchun tashkillashtirildi.




Davra suhbatida dastlab Jizzax viloyat sudi sudʼyasi Sh.Hudayarov Jizzax viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari tomonidan 2020-yil va 2021-yilning 1-choragida “Ayollarga nisbatan oilaviy nizolar negizida zoʻravonlik va tazyiq oʻtkazish” bilan bogʻliq koʻrilgan jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyotini oʻrganish natijalari yuzasidan maʼlumot berib oʻtdi.

Shuningdek, Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasi hodimi katta leytenant D.Jumanova tomonidan ham oilaviy zoʻravonlikka qarshi kurashish boʻyicha olib borilayotgan ishlar va tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga berilgan “Himoya order”lari haqida maʼlumotlar keltirildi.
Binobarin, Prezidentimizning 2017-yil 10-apreldagi “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida zoʻravonlik va shafqatsizlik gʻoyalaridan himoya qilishga qaratilgan tizimni rivojlantirish ichki ishlar organlari tizimini isloh qilishning eng muhim yoʻnalishlaridan biri deb belgilangan.

Viloyat adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi J.Ishonkulov va tadbirning boshqa ishtirokchilari tomonidan ushbu yoʻnalishda olib borilayotgan islohotlar haqida aytib oʻtildi. 




Davra suhbati davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Hamkor tashkilotlar oʻz vazifalarini sidqidildan, belgilangan chora-tadbirlarning talablariga qatʼiy amal qilgan holda bajarishlarini va ushbu yoʻnalishdagi berilgan topshiriqlarning ijrosini hamkorlikda davom ettirishga kelishib olindi.

18
“Fermerga madad” aksiya doirasida Gʻallaorol tumanida fermer xoʻjaliklari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 6243-sonli Farmoni mazmun mohiyati tushuntirildi.


Shuningdek, aksiya doirasida  tashkil etilgan “Fermer va adliya” guruxiga aʼzo boʻlish tavsiya etiladi va soxaga oid qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor boʻlishlari, murojaat yoʻllashlari mumkinligi tushuntirildi. Tadbir yakunida fermer xoʻjaliklari tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi

17
"Fermerga madad" aktsiyasi dоirasida uchrashuvlar davоm etmоqda

Fermer bilan mulоqоt chоg`ida fermerlarning huquq va majburiyatlari, yer, sоliq, mehnat, shartnоmaviy huquqiy va bоshqa munоsabatlar bo`yicha qоnunchilik talablari tushuntirildi. Bundan tashqari, “Fermerga madad” telegram bоt @fermermadadbot tashkil etilganligi, bоt оrqali fermer xo`jaligi rahbarlari va ishchilarining murоjaatlari yozma, оg`zaki va elektrоn shaklda qabul qilinib, ular o`rganilishi, natijalari bo`yicha buzilgan huquqlarini tiklash chоralari ko`rilishi yuzasidan ma`lumоtlar berildi.




Uchrashuvda ikki nafar fermer xo`jaliklari raxbarlariga muammоli masalalari yuzasidan tegishli tavsiya va xuquqiy maslahatlar berildi.