Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

12
Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir

Adliya vaziri tomonidan 2022-yil 26-avgustda tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi "Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo'l qo'ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-198-son Farmonning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini keng jamoatchilikkazish yuzasidan joriy yilning 6-8-sentabr kunlari Baxmal tuman adliya bo'limi tomonidan "O'smat", "Oqtosh", "Do'stlik" MFY larda targ'ibot tadbirlari amalga oshirildi    Tadbir davomida, xususiy mulk huquqi daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha fuqarolik, jinoyat va ma’muriy javobgarlik qonunchiligi hamda korporativ munosabatlardagi yangi tartiblar hamda yerdan ixtiyoriy voz kechish, shuningdek, yuridik shaxs tugatilganda uning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarining o‘tishi bo‘yicha bo'yicha keng ma'lumotlar berildi.
Shuningdek suhbat davomida ushbu farmon bo'yicha aholi o'zining qiziqtirgan savollariga javob olishdilar.


11
Adliya fuqarolar manfaatida

Do'stlik tuman adliya bo'limi tomonidan Do'stlik tuman xalq ta'lim bo'limi tizimidagi umumta'lim maktablarida faoliyat yuritayotgan kutubxonachilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qarori talablariga asosan qo‘shimcha haq to‘lanmasdan kelinayotganligi monitoring asosida aniqlanib, ushbu 20 ta umumta’lim maktablarda faoliyat yuritayotgan 22 nafar kutubxonachilarga to‘lanmasdan kelingan qo‘shimcha haqlarning 2022-yilning yanvar-avgust oylaridagi, ja'mi 9 689 140 so'm miqdoridagi qismi  taqdimnoma kiritish orqali undirib berildi.
O‘z navbatida kutubxonachilar ushbu  amaliy yordam uchun Adliya tizimi xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi!                                                      

10
Mulk huquqi daxlsizligi yuksak qadriyatga aylanadi

Joriy yilning 24-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Mazkur farmon bilan, mulk daxlsizligi muhofazasini yanada mustahkamlash hamda xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirishni nazarda tutuvchi bir qator yangi tartiblar joriy qilindi.

Shu jumladan: Mulkka bo‘lgan huquqni uni vujudga keltirgan hujjatni bekor qilish orqali tugatish mumkin emasligi belgilandi. Agar hujjat noqonuniy qabul qilingan bo‘lsa, faqat sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Yerdan ixtiyoriy voz kechish mulkdorning notarial tasdiqlanadigan arizasiga asosan amalga oshirilishi belgiladi. Endi buning uchun hokim qarorini qabul qilish talab etilmaydi. Yuridik shaxs tugatilganda uning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlari bekor qilinmaydi va yer davlat zaxirasiga qaytarib olinmaydi. Mazkur yerlar tugatilayotgan yuridik shaxsning muassislariga o‘tadi.

Xususiy mulk huquqini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladigan holatlar belgilab berildi. Shu jumladan, endilikda xususiy mulk ob’yekti va u joylashgan hududga mulkdorning ruxsatisiz kirish uchun jinoiy javobgarlikka tortishgacha bo‘lgan choralar qo‘llanishi mumkin.

Endilikda mulkdor yoki uning vakili o‘z mulkini har qanday tajovuzdan huquqni buzishga mutanosib ravishda va huquq buzilishining oldini olish uchun zarur harakatlar doirasida mustaqil himoya qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, turar joyga nisbatan mulkdor bilan qarindoshlik aloqalariga ega bo‘lmagan shaxslarni ushbu turar joydan doimiy ro‘yxatdan chiqarish uchun ularning roziligini olish talab etilmaydi.



Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi yetakchi maslahatchisi Sh.Sulaymonov

09
Adliya vazirligi stipendiyasi egalariga guvohnomalar topshirildi!

Oʻzbekiston Respublika adliya vazirining 2022-yil 30-avgustdagi 203-um-son "Toshkent davlat yuridik universiteti va Adliya vazirligining yuridik texnikumlari iqtidorli talabalari va o‘quvchilariga Adliya vazirligi stipendiyasini ajratish to‘g‘risida"gi buyrug‘iga asosan Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti va Adliya vazirligining yuridik texnikumlarining iqtidorli talaba va o‘quvchilari Adliya vazirligi stipendiyasi bilan taqdirlangani e’lon qilingan edi.

Jumladan Jizzax  viloyat yuridik texnikumi 5 nafar o‘quvchisi ham Adliya vazirligi stipendiyasi sovrindori bo‘lishdi. Bugun texnikumda Vazirlik stipendiyasini qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga guvohnomalar  tantanali tarzda topshirildi.                                                                  

09
OTA-ONALIK MAS’ULIYATI

Davlatimizning asosiy qonuni — Konstitutsiyamizda, Oila kodeksida, «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Vasiylik va homiylik to‘g‘risida»gi, «Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi qonunlarda farzandlarimiz, voyaga yetmagan bolalar manfaatlarining to‘laqonli himoyasi kafolatlangan.
Ayniqsa, bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-iqtisodiy ta’minlash, ularga yuqori sifatli ta’lim-tarbiya berish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Hayot tajribasidan ma’lumki, farzand tarbiyasiga o‘ta mas’uliyat bilan yondashish lozim va bunda shaxsiy ibrat juda muhimdir.
Ammo farzand to‘g‘ri tarbiya olib, bilimli, odobli, iymonli bo‘lib voyaga yetishi uchun ota-ona mehnat qilishi, kurashishi kerak bo‘ladi.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, bolalar tarbiyasi izdan chiqib ketishiga avvalo ota-onalar ajrashishi sabab bo‘lmoqda. Ota-onalarning surunkali o‘zaro janjali, ajralishlari bolalar ruhiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, qolaversa, bola tarbiyasi yetarli darajada nazorat qilinmaydi. Otaning so‘zi, yuki kamlik qiladi. Ajralgan ota-onalar orasida farzand tarbiyasi, ehtiyoji bilan qiziqmaydiganlari oz emas.
Asosiy qonunimiz, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasida ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majbur ekanliklari qayd etilgan. Ajrashib yashayotgan ayrim ota-onalar farzandlarining tarbiyasida umuman ishtirok etmasligi, hatto farzandi moddiy ta’minotini ham ixtiyoriy amalga oshirmayotganligi achinarli holat.
Bugungi kunda ayrim ota-onalar kelajakda farzandini moddiy jihatdan zo‘r ta’minlash, uning to‘yini dabdabali o‘tkazishni orzu qilib ko‘proq mablag‘ ilinjida bolalarini ota-onasi, qarindoshi, hatto qo‘ni-qo‘shnisiga tashlab, o‘zlari boshqa yurtga ketayotgani sir emas. Lekin ular farzandiga ayni tarbiya berish lozim bo‘lgan vaqtni yo‘qotayotganligi, eng achinarlisi, farzandi baxtini yo‘qotayotganini bilmaydi. Bilganida esa kech bo‘ladi.
Konstitutsiyamizning 63-moddasida belgilanganidek, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega.
Fuqaro O.N sudga da’vo ariza bilan murojaat qilib, S.Tga nisbatan nikohdan ajratishni so‘ragan.
Mazkur da’vo ariza sud tomonidan ko‘rib chiqilib, taraflarga tushuntirishlar olib borilishi natijasida 3 nafar voyaga yetmagan farzandlarning yetim bo‘lib qolish oldi olindi, da’vogar sudga ariza taqdim qilib, yarashganligi sababli fuqarolik ishini ish yuritishdan tugatishni so‘radi, sud tomonidan mazkur fuqarolik ishi taraflar yarashganligi sababli ish yuritishdan tugatildi.
Oilaviy ajrimlardan keyin kelinlarning uyga kiritish yoki ularni uydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish, uydan chiqarish, er-xotinning o‘rtasidagi umumiy uy-joyni bo‘lish, aliment va shu kabi boshqa nizolar kelib chiqmoqda
Shuning uchun bugun ommaviy axborot vositalari, internet saytlari orqali jamoatchilik sodir etilayotgan oilaviy nizo va jinoyatlardan xabardor qilib borilayotganligi kabi oilalardagi ijobiy holatlarni ham yoritib borish lozim.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax
tumanlararo sudi sudyasi                     A.A.Baybekov

07
Tajriba almashish bilimlarni mustahkamlaydi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Jizzax viloyati Kengashining majlislari zalida"Partiya tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish va mustahkamlash" mavzusidagi  o‘quv seminari o‘tkazildi. Seminarda viloyat Adliya boshqarmasi
Nodavlat-notijorat tashkilotlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Gʻoziyev Shukrullo nutq so‘zladi.
Shuningdek Partiyaning 10 nafar shahar va tumanlar raislari, 3 nafar viloyat Partiya tashkiloti xodimlari tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olindi.
Tadbir so‘ngida bunday seminarlarni doimiy ravishda o‘tkazilishiga kelishib olindi.

06
Jizzax viloyat FHDY organlari orqali avgust oyi davomida 4 121 ta tug'ilish holati qayd etilgan.

Jizzax viloyat FHDY organlari orqali avgust oyi davomida 4121 ta tug'ulish holati qayd etilgan. Ushbu holatga tumanlar kesimida nazar soladigan bo'lsak;

Arnasoy tumanida- 126 ta,

Baxmal tumanida- 444 ta,

G'allaorol tumanida- 517 ta,

Sharof Rashidov tumanida- 539 ta,

Do'stlik tumanida- 178 ta,

Zomin tumanida- 457 ta,

Zarbdor tumanida- 262 ta,

Zafarobod tumanida- 96 ta,

Mirzacho'l tumanida- 118 ta,

Paxtakor tumanida- 219 ta,

Forish tumanida- 189 ta,

Yangiobod tumanida- 77 ta,

Jizzax shahrida- 899 ta tug'ulish holatlari qayd etilgan.

Eng yuqori tug'ulish ko'rsatkichi Jizzax shahrida bo'lsa, eng kam ko'rsatkich esa tumanlar kesimida Yangiobod tumaniga to'g'ri keladi.  

05
Huquqshunos olimlar huquqiy targ'ibotda

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi bilan hamkorlikda yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng aholiga yetkazishda davom etadi.

Mavzu: "Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo'l qo'ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmon.

Kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirish kafedrasi katta o'qituvchisi Zafar Raxmonov bilan suhbat.

Jizzax viloyat teleradiokompaniyesining "Bilasizmi" dasturi uchun.

02
Sayyor qabullar xalq va davlat o'rtasidagi ko'prikdir

Paxtakor tuman hokimi A.Ashurov, viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev hamda sektor rahbarlari ishtirokida tumandagi "Bog'ishamol" MFYda sayyor qabul tashkil etildi. Aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar davomida muammolar tinglanib, huquqiy tushuntirishlar berildi. Shu bilan birgalikda, yechimini topish yuzasidan mutasaddilar bilan birgalikda murojaatlar o'rganildi. Muloqot davomida fuqarolar bandlik, uy-joy ta’minoti, yer kadastr, sud amaliyoti bilan bog‘liq, mehnat va oilaviy munosabatlar, soliq toʼlovlari, ish stajini tiklash va imtiyozli shartlarda nafaqaga chiqish singari bir qator masalalarda murojaat qilishdi. Mahalla aholisiga qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan ma'lumotlar ham berib o'tildi. Shu bilan birga hudud aholisiga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.

01
Zafarobod tumanida "Yer uchastkalarini xususiylashtirish" bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

Zafarobod tumani adliya bo’limi tashabbusi bilan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 71-sonli qonunga asosan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib, qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish masalasida tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Targ‘ibot tadbirida tadbirkorlar tomonidan ko‘plab savol-javoblar bo‘ldi. Tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tuman "Adliya" bo‘limi boshlig‘i B.Ikromov va mutaxasislar tomonidan javoblar olishdi.