Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 25-maydagi 106-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorda belgilangan vazifa va tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha NAZORAT REJASI” ning tegishli bandlari ijrosi yuzasidan G'allaorol tuman adliya bo‘limi, tuman IIB, tuman Mahalla va Nuroniylarni qo‘llab - quvvatlash bo‘limi bilan hamkorlikda tumandagi sodir etilgan va aniqlangan jinoyatlar soni ko‘rsatkichi bo‘yicha "qizil" hududga kiritilgan "Sarbozor" MFY da jinoyatlarning oldini olish, aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminar davomida Mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami uchun berilgan imtiyozlar, moddiy yordam, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik bir martalik ish bilan band bo‘lish, ijtimoiy yordam olish tartibi, majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishlarining oldini olish choralari va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, majburiy mehnat uchun javobgarlik choralari bo‘yicha ko‘rgazmali targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga Referendum qonunchiligi, tartibi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.11.2021 yildagi PF-27-son farmoni bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi" Konsepsiyasi, fuqarolik-huquqiy munosabatlar, xususan, oila, mehnat qonunchiligiga oid zarur tushunchalar berildi.
Joriy yilning 9-avgust kuni Zomin tuman adliya bo'limi tomonidan "Huquqiy axborot kuni" doirasida “Milliy gvardiya xodimining huquq va majburiyatlari hamda huquqiy asoslari” mavzusida O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy o‘quv markazida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida milliy gvardiya xodimlarining huquqlari va majburiyatlari, ularga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, shuningdek, ularni qiziqtirgan masalalar (pensiya, uy-joy uchun subsidiya olish, nafaqa, kredit olish tartibi) yuzasidan savol javob tarzida seminar tashkil etildi.
Shuningdek tadbirda, Zomin tumani adliya bo'limi bosh maslaxatchisi M.Rustamov tomonidan milliy gvardiya xodimlariga bevosita aloqador bo`lgan soha ya'ni jinoyat qonunchiligi bo`yicha jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, huquqiy oqibati va jinoyatlar uchun javobgarlik masalasiga ham alohida to`xtalib o'tdilar.
Muammolarni o'rganish va bartaraf etish mahalla tizimi orqali amalga oshirilgandagina o'z samarasini berishi bugun "mahallabay" ishlash yo'nalishi orqali o'z tasdig'ini topmoqda. Jizzax shahridagi "Ittifoq" mahallasida tashkil etilgan ochiq muloqot aholi orasiga yaqinroq kirib borish, murojaatlarini yuzma-yuz tinglash va bu orqali ularga tezkor yechim topish imkonini berdi.
Jizzax shahar hokimi K.Xolmurodov, viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev sektor rahbarlari va bir qancha mutasaddi idora vakillari ishtirok etgan mazkur uchrashuvda xudud aholisi tomonidan o'rtaga tashlangan muammolar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan vakolatli organ vakillariga yuzlanildi.
Uchrashuv davomida yoshlar masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Mahallalarda jinoyatchilik soni oshib ketmasligi, qonun buzilish holatlarining kelib chiqmasligi asosan yoshlar bandligiga bog'liq masala ekanligi ta'kidlandi. Murojaatlarning asosiy turi subsidiya ajratilish tartibi yuzasidan ekanligi fikrimiz isbotidir. Suhbat jarayonida mahalla yoshlariga bu boradagi ma'lumotlar atroflicha tushuntirib o'tildi.
Adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev tomonidan tizim xodimlariga mazkur mahalla bo'yicha batafsil ma'lumotlarni shakillantirish, aholi muammolari bo'yicha huquqiy tushuntirishlar berish yuzasidan qo'shimcha topshiriqlar berildi.
Muammolarni hal etishning eng samarali yo'li profilaktik tadbirlarni muntazam olib borish. Yoshlar orasida jinoyatchiliklar sonining kamayishi, aholi o'rsatida qonun buzilish xolatlarining ro'y bermasligi asosan yuzma-yuz suhbatlar, bevosita muloqotlar bilan chambarchas bog'liq. Bugun qabul qilinayotgan barcha qonun hujjatlari xalq manfaati, inson qadri uchun amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy ifodasidir. Shu sabab ularni fuqarolarimiz hayotida aks etishi juda muhim.
G'allaorol tumani "G'o'bdin" MFYda viloyat adliya boshqarmasi va tumandagi sektor rahbarlari hamkorligida tashkil etilgan ochiq muloqotda dastlab xudud aholisining muammolari tinglandi. Murojaatlarni hal etish orqali esa xalq roziligiga erishish bilan birga oilalardagi ijtimoiy, iqtisodiy muhit ham ijobiy tomonga o'zgarishiga erishiladi.
"O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi" Konseptsiyasi yurtimizda tinchlikni ta'minlash, yoshlar o'rtasida jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash yuzasidan aniq mexanizmni yaratib bera oladi. "Shu sabab barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorlikda ish olib borishi bu yo'nalishda yanada samarali natijalarga erishish uchun asosdir"-deydi viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev. Davra suhbati davomida bu borada qilinishi kerak bo'lgan chora-tadbirlar yuzasidan kelishib olindi.
Shu bilan birga tuman adliya bulimi davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ham ko'rsatildi.
Yangiobod tuman adliya bo’limi tomonidan tuman prokurori J.Saloxiddinov bilan birgalikda “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi-xalqdir” shiori ostida “Balandchaqir” hamda “Xo’jamushkent” mahalla fuqarolar yig’inlarida aholining referendum qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligini oshirish bo’yicha targ’ibot tadbiri tashkil etildi.
Targ’ibot davomida O’zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O’RQ-779-son Qonuning mazmun-mohiyatini va ahamiyati tushuntirildi. Shuningdek mahallalardagi referendum uchastkalarida olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari ko’zdan kechirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son qarori bilan tasdiqlangan 2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha Chora-tadbirlar dasturining 51-bandida mahallalarda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rish belgilangan.
Mazkur band ijrosi yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan Ichki ishlar vazirligi hamda mutassaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda “Mahallalarda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha” kompleks chora tadbirlar dasturi tasdiqlangan. Shuningdek, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Ichki ishlar boshqarmasi hamda mutassaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda “Mahallalarda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha” kompleks chora tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Shunga ko‘ra, Zarbdor tuman adliya bo'limi tomonidan Adrobod Mahalla fuqarolar yig’inida fermerlar va keng aholi qatlami ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167,168,169-moddalari boʻyicha jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, uning oqibatlari, jazoning muqararligi hamda jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi.
Forish tuman adliya bo`limi tomonidan Jizzax viloyati adliya boshqarmasining 2022-yil 4-avgustdagi 1-05/02-8//3889-sonli sonli topshiriq xati ijrosi yuzasidan tuman ishchi guruhi tuzilib, targ`ibot dasturi bo`yicha joylarda manzilli targ`ibot tadbirlari o`tkazilmoqda.
Xususan, Osmonsoy, O`xum, Egizbuloq, Nurak, Bog`don, Uchma, Qo`lba mahallalarida hamda tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tuman adliya bo`limi binosida, tumandagi maktab menejerlariga 1-maktab binosida, tuman budjetdan tashqari pensiya jamg`armasida, tuman Tibbiyot birlashmasida, aholi gavjum hisoblangan Osmonsoy MFY dagi Farhod dehqon bozorida va boshqa joylarda referendum qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligini oshirish bo’yicha hamda “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi-xalqdir” mavzusi doirasida barcha tumanlarda targ’ibot tadbiri tashkil etilmoqda.
Shuningdek “Forish tongi” gazetasida konstitutsiyaga kirtilayotgan o`zgarishlar va referendumga bag`ishlangan maqolalar chop etildi. Bundan tashqari, Forish tuman adliya bo‘limining “FORISH ADLIYA VA FUQARO” telegram guruhiga konstitutsiyaga kirtilayotgan o`zgarishlar va referendum haqida yangilik va ma’lumotlar joylashtirilib borilmoqda.
Adliya vazirining 25.05.2022 yildagi 106-um-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son “2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorda belgilangan vazifa va tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha nazorat rejasining 12.13-bandi ijrosi bo‘yicha tuman adliya bo‘limi tomonidan hududlarda va tashkilotlarda tushuntirish targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Xususan, tuman adliya bo‘limi tomonidan joylarda ya’ni tuman Davlat soliq inspeksiyasi, madaniyat bo‘limi, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasida, “Yoshlar ishlari agentligi” Zafarobod tuman bo‘limi, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi, Moliya bo‘limida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Tadbir davomida mavzuga oid targ‘ibot materiallari to‘plami, jumladan, annotatsiya, slayd, infografika, qo‘llanmalardan foydalanilgan holda huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Bundan tashqari tuman adliya bo‘limi tomonidan aholining referendum qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha belgilangan ko‘rsatma asosida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, hududlarda “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi-xalqdir” shiori ostida, qo‘llanma, annotatsiya, slayd va infografikalardan samarali foydalangan holda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Targ‘ibot tadbirlariga tuman adliya bo‘limi, yuridik markaz xodimlari hamda davlat xizmatlari markazi xodimlari jalb etilib, “Yoshlar ishlari agentligi” tuman bo‘limi xodimlari hamda madaniyat markazi binosida yoshlar o‘rtasida seminar mashg‘uloti o‘tkazildi. Shuningdek, “Adliya Fuqaro Zafarobod” hamda Zafarobod tumani hokimligi | Rasmiy kanalida (https://t.me/zafarobod_tuman_hokimligi) chiqishlar qilindi.
Bundan tashqari, tuman tibbiyot birlashmasida, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Zafarobod tuman bo‘limi hamda “Samarqand” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘quv seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilib, tadbir davomida annotatsiya, slayd va infografikalardan samarali foydalanildi.
Bugungi kunda aholining referendum qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
Joriy yilning 6-avgust kuni Yangiobod tumani hokimligi binosida Yangiobod tuman adliya bo‘limi, tumani hokimligi, tuman IIB, tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda ajrim yoqasiga kelib qolgan va doimiy ravishda nizolashib kelayotgan oilalarning oilaviy munosabatlarini yaxshilashga qaratilgan tushintirish ishlari olib borildi.
Jumladan: Yangiobod tumani Yangiobod ShFY, Tinchlik ko‘chasida yashovchi, 2000- yilda Yangiobod tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta-maxsus oilali 1 nafar farzandi bor, muqaddam sudlanmagan, mavsumiy ishchi, Beknazarova Matluba bilan olib borilgan profilaktik suhbat jarayonida, u 2019-yilda fuqaro Beknazarov Nizom bilan qonuniy nikoh asosida turmush qurganligini, turmushlari davomida 1 nafar farzandlari borligini, turmush o‘rtog‘i doimiy ravishda tazyiq o‘tkazib kelayotganligi ma'lum bo‘lib, tuman adliya bo‘limi, tuman ichki ishlar bo‘limi, hokim o‘rinbosari, imom xatib, otinoyilar ishtirokida muhokama etilib, yarashtirish choralari ko‘rildi. N.Beknazarov va M.Beknazarovalarning muammolari va kelishmovchiliklarining sabablari o‘rganilishi uchun mahalla faollariga 1 oy muddat berildi va shu muddat o‘tgandan so‘ng oilaviy masalalari qaytadan ko‘rib chiqilib, qonuniy chora ko‘rilishi yuzasidan ularga tushuntirish ishlari olib borildi.
Yangiobod tumani Do‘stlik MFY, Nurli yo‘l ko‘chasida yashovchi, 1987-yilda Sirdaryo viloyati Xovos tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, oilali 1 nafar farzandi bor, muqaddam sudlanmagan, fuqaro Sultonova Xadicha bilan olib borilgan suhbat jarayonida, u 2018-yilda Sirdaryo viloyatining Xovos tumani Xovotog‘ QFYda 1976- yilda tug‘ilgan Azimov Asad bilan qonuniy nikoh asosida turmush qurganligini, turmushlari davomida bir nafar farzandlari borligini, turmush o‘rtog‘i bilan turli masalalarda kelisholmasdan otasining uyiga qaytib kelganligiga 1 oydan oshganligini otasi va onasi bilan olib borilgan suhbatlar davomida qizi X.Sultonova yarashishiga qarshi emasliklarini, ammo qizi X.Sultonova qaynonasi bilan oralari yaxshimasligini, turli masalalarda kelisholmasdan yurganligini, arzimagan narsalarga janjallar bo‘lib kelayotganligi malum qildi, muhokama etilib A.Azimov bilan imom xatib, adliya bo‘limi va tuman IIB boshlig‘i tushuntirish ishlari olib borishdi, oila yarashtirilib, nazoratga olindi.
Yangiobod tumani Shodlik MFY, Meliobod qishlog‘ida yashovchi, 1978-yilda Yangiobod tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, oilali 3 nafar farzandi bor, mavsumiy ishchi, nizo oilalar ro‘yxatida turuvchi fuqaro Nazarov Rasul va Nazarova Fazilat bilan olib borilgan profilaktik suhbat jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, turmush o‘rtog‘i F.Nazarovaga jismoniy va ruxiy tazyiq o‘tkazib kelayotganligi oilaviy nizolar tufayli kelisholmay qolganligini, F.Nazarova va R.Nazarov turli masalalar janjallar kelib chiqqanligini malum qilishdi, ularning muammolari atroflicha o‘rganish jarayonida ularning janjallashishiga yetarlicha asos mavjudmasligini va arzimagan masalalarda janjallashib ajrimga qaror qilganliklarini tushuntirishib, ularga mahalladan murabbiy biriktirib nizolari o‘rganilishi uchun muhlat berildi.
Yangiobod tumani Do‘stlik MFY, Nurli yo‘l qishlog‘ida yashovchi, 1998-yilda Yangiobod tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta-maxsus, oilali 1 nafar farzandi bor, mavsumiy ishchi, nizoli oilalar ro‘yxatida turuvchi fuqaro Raxmatov Jasur va Raxmatova Zarnigor bilan olib borilgan profilaktik suhbat jarayonida, Z.Raxmatova oila qurgandan so‘ng xastalanib qolganligini, 1 nafar farzandiga qarash uchun imkoniyati yo‘qligi tufayli turmush o‘rtog‘i J.Raxmatov va farzandini tashlab otasining uyiga ketganligini, ajrashish niyati yo‘qligini turmush o‘rtog‘i va farzanidini davolatishini malum qildi va mahalla xotin-qizlar faoli va raisiga ularni yarashtirish va doimiy nazoratga olish vazifasi yuklatildi.
Sodir etilgan va aniqlangan jinoyatlar soni ko‘rsatgichi bo‘yicha "qizil" hududga kiritilgan G’allaorol tumanidagi "Madaniyat" MFYida tuman adliya bo‘limi, tuman IIB, tuman DSI, MIB tuman bo‘limi, tuman aholi Bandligiga ko‘maklashish markazi, Mahalla va Nuroniylarni qo‘llab - quvvatlash bo‘limi tomonidan hamkorlikda jinoyatlarning oldini olish, aniqlash va ularni bartaraf etish hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.11.2021 yildagi PF-27-son farmoni bilan tasdiqlangan "O’zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi" Konsepsiyasi yuzasidan zarur choralar belgilash yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
Shuningdek, boshqarma boshlig‘i tomonidan 28.07.2022 yilda tasdiqlangan sayyor qabul jadvaliga asosan Madaniyat MFYda sayyor qabul tashkil etilib, unda MIB tuman bo‘limi, tuman DXM, DSI, bandlikka ko‘maklashish markazi, Mahalla va Nuroniylar bo‘limi ma’sul xodimlari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 8 ta murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun bayonlashtirildi, 3 ta murojaat yuzasidan tushuntirishlar berildi.