Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

12
Fuqarolar murojaati ijobiy hal etilmoqda!

Jizzax viloyat adliya boshqarmasiga L. Turayeva o'ziga tegishli bo‘lgan yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi natijasida yetkazilgan zararni undirishda amaliy yordam berishni so‘rab murojaat yo'llagan. Mazkur murojaat o'rganilib, natijasi bo'yicha fuqaro manfaatida fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudiga moddiy zarar undirish to‘g‘risida da’vo ariza kiritildi.                                                
Shunga asosan, FIB Jizzax tumanlararo sudining 2022-yil 13-oktabrdagi hal qiluv qarori bilan fuqaro L. To‘rayeva foydasiga Jizzax shahar hokimligidan 269 800 000 so`m moddiy zarar undirib berilishi ta'minlandi.                                                                                                                              

11
Bosma nashrlarda huquqiy targ'ibot

"Jizzax ovozi" gazetasidan o'rin olgan "Adliya dasrxonasi" rukni ostida viloyat adliya boshqarmasi xodimi Muzaffar Abdualimov hamda viloyat adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi Iroda Ablakulovaning qonunchilikdagi yangiliklar mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan maqolalari chop etildi.                                                                                                    

10
Huquqiy ma'naviyat soati tashkil etildi

Seminar davomida xodimlarga Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan "Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqi"ning Namunaviy qoidalari mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi. Xususan, seminarda boshqarma xodimlariga odob-axloq qoidalari bo'yicha kasbiy madaniyatga oid, xizmat faoliyatiga oid, xizmatdan tashqari, jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan munosabatlarga oid, xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinish va kiyinish uslubiga oid odob-axloq qoidalari qarorda alohida takidlab o'tilganligi tushuntirib o'tildi.    

09
Murojaatlar bilan ishlash tartibi bo'yicha amaliy hamkorlik

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi barcha davlat tashkilotlarida murojaatlar bilan ishlash yo'nalishiga alohida e'tibor qaratib, ular bilan doimiy hamkorlikni amalga oshirib bormoqda. Reja asosida davlat tashkilotlarining murojaatlar bilan ishlash uchun mas'ul bo'lgan xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, sohada uchrayotgan muammolarni o'rganish orqali bu yo'nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish choralari ko'rilmoqda. Bu galgi seminar mashg'ulotlari onlayn tarzda o'tkazildi. Unda “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ va tuman (shahar) elektr ta`minoti korxonalari xodimlari ishtirok etishdi. Seminarda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish bo'limi bosh maslahatchisi J.Karimov tomonidan murojaatni taqdim etish, ularni ko'rib chiqish va javob xatini jo'natish, murojaatlarni ko'rib chiqishga oid normativ-huquqiy hujjatlar bo'yicha ishtirokchilarga tushunchalar berildi. Savol-javob tarzida olib borilgan onlayn uchrashuv davomida ishtirokchilarning takliflari ham tinglandi. Fikr-mulohazalar almashinildi.

08
#Adliyaga_rahmat

Inson tug'ilganidan to umrini oxirigacha ehtiyoji bor bo'lgan soha FHDY organi hisoblanadi. Yurtdoshlarimizning eng mamnun qiyofalarini, hayotdan xursand yoshlarni aynan FHDY idorasida uchratish mumkin. Buning sababi esa barchaga ma'lum, tug'ilish va nikoh guvohnomalarini topshirilish jarayonidagi quvonch va hayajon...

Zomin tuman adliya bo'limi FHDY organi tomonidan hudud aholisini sohadagi yangiliklardan xabardor qilish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Fuqarolarning huquqiy bilimi oshsa tushunmovchiliklar va muammolar ham shuncha kam bo'ladi. Eng asosiysi imtiyoz va imkoniyatlardan o'rinli foydalana oladilar. Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda sohaga oid barcha savollarga batafsil tushuntirishlar berib o'tildi.

FHDY bo'limi boshlig'i Sanobar Bobobekova bu sohada uzoq yillik tajribaga ega. Faoliyati davomida juda ko'p yurtdoshlarimizning xursandchiligiga sherik bo'lgan, muammolarini hal qilishda yordamini ayamay kelmoqda.

Bugun ham Turkiya davlati fuqarosi bo'lgan Ishkoruksoylu Mehmetalining cheksiz quvonchiga sababchi bo'ldi. Sababi bo'lim tomonidan farzandiga otalik belgilanib, baxtli juftlikka  guvohnoma topshirildi.

07
Davlat fuqarolik xizmatchisi – qonunlar nigohida

Bugun 7-noyabr kuni Jizzax viloyat Avtomobil yo'llari bosh boshqarmasida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan "Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqi"ning Namunaviy qoidalarini tushintirish yuzasidan targ'ibot o‘quv-seminari o'tkazildi. Ushbu Qarorning mazmun mohiyatini Davlat xizmatchilari o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida, Jizzax viloyat adliya boshqarmasi ma'sul xodimi Sh. Sulaymonov hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyati filiali xodimlari tomonidan davlat xizmatchisi faoliyatidagi odob-axloq qoidalari, davlat xizmatchilarining ishda va ishdan tashqari vaqti hamda davlat xizmatchilarining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan munosabatlarga oid odob-axloq qoidalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.Seminarda «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi Qonuning 12 va 13-moddalarida davlat fuqarolik xizmatchisining asosiy majburiyatlari hamda cheklovlar to‘g‘risida tushuntirildi.

05
“Davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 4-noyabr kuni Jizzax viloyat davlat boshqarmasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar hamkorligida soliq xodimlar ishtirokida “Davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat adliya boshqarmasidan Sh.Sulaymonov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyat bo‘limi mutaxassislari ishtirok etdilar. Tadbirda so‘zga chiqqanlar “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorning mazmun-mohiyati haqida gapirdilar. Xususan, odob-axloq qoidalari soliq tizimida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga bo‘lgan hurmat va ishonchni oshirish hamda davlat xizmatchilarining axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarining oldini olishga qaratilgan. Har bir mutaxassis faoliyatida amal qiladigan prinsiplar, ishdan tashqari vaqtda xulq-atvori, davlat xizmatining obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilish, axloq normalariga doimiy rioya qilish, mas’uliyat, kasbiga sadoqat va halollik, murakkab vazifalarni bajarishda hamkasblariga ko‘maklashish, xushmuomalalik, e’tiborlilik va hushyorlik bilan fuqarolarda davlatga nisbatan ishonch va hurmat hissini uyg‘otish va davlat xizmatchisining boshqa muhim jihatlari haqida ma’lumotlar berildi.

04
“Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan oʻquv-seminari oʻtkazildi

Jizzax shahar аdliya bo'limi xodimi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyati filiali xodimlari tomonidan Jizzax viloyat xalq ta'limi boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrda “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 595-son qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi.  
Jizzax shahar Adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti D.Nizomov tomonidan "Davlat xizmatchisi"ning vakolatlari hamda uning majburiyatlari to'g'risida batafsil tushuntirilib, qarorning mazmun-mohiyati to'liq ochib berildi.

04
#Bosma_nashrlarda_huquqiy_targ'ibot

"Darakchi" gazetasida adliya boshqarmasi bo'lim etakchi maslahatchisi Shuhrat Sulaymonovning "Iste'molchilar ogohlantirilmaydimi, agar..." nomli maqolasi chop etildi.

03
“Yashil makon” umummilliy loyihasida biz ham faolmiz

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o'tkazilayotgan daraxt ekish bo'yicha “dolzarb 40 kunlik”da Jizzax viloyat adliya tizimi xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda. "Yaxshidan bog' qoladi" deydi dono xalqimiz. Tabiatga yetkazilayotgan zarar natijasida ekologik muammolar avj olayotgan bugungi davrda bu kabi ibratli so'zlarning salmog'i yanada oshadi. Sababi, birgina daraxt ekish orqali artof-muhitga juda katta foyda keltirish, havoning tozaligi uchun har kim o'z hissasini qo'shishi mumkin. Jizzax shahri hududida joylashgan "Bog'i shamol" mahallasi o'z nomi bilan so'lim go'sha. Xozirda bu yerga juda ko'p manzarali va mevali daraxt ko'chatlari ekilmoqda. Jizzax viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan 50 tupdan ortiq daraxt ko'chatlari ekildi.