Янгиликлар
19
"Biz oiladagi zo'ravonlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, ektremizm va terrorizmga qarshimiz".
2019 yil 19 sentyabr kuni Zomin tumanidagi Yoshlar markazi binosining katta majlislar zalida tuman xotin-qizlar qo'mitasi, tuman adliya bo'limi, IIB, Yoshlar ittifoqi tuman kengashi, tuman aholi bandligiga ko'maklashish markazi, Mahalla HJF raislari va mutaxassislari ishtirokida "Oiladagi zo'ravonlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, ektremizm va terrorizmga qarshi mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirish" mavzusida targ'ibot-taahviqot tadbiri o'tkazildi. Tadbirda Zomin tuman adliya bo'limi tomonidan tadbir qatnashchilariga O'zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlarni tahdid va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risda"gi Qonuni va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 avgustdagi "Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a'zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to'g'risida"gi Farmonining mazmun-mohiyati yetkazildi.