Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

12

Ipoteka kreditlari uchun qo'shimcha imkoniyatlar belgilandi.


Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda Iqtisodiy sohalarini liberallashtirish bo'yicha ustuvor yo'nalishlarni amalga oshirish maqsadida, aholi va tadbirkorlari o'ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o'rganish, amaldagi Qonunchilik, huquqni qo'llash amaliyoti va ilg'or tajribalarni taxlil qilinmoqda. Shuningdek, jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan 2017-2021yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining "Iqdisodiyotni rivojlantirish va liberalllashtirish ustuvor yo'nalishlari" banding ijrosini ta'minlash maqsadida yurtimizda bir qancha innavotsion texnika texnalogiyalar joriy qilinmoqda. Prezidentning15.04.2020 yildagi pandemiya davrida Davlat byudjetining ikkinchi darajali хarajatlarini qisqartirishga qaratilgan qarori qabul qilindi.Joriy yilning16aprelidan1oktyabriga qadar byudjet tashkilotlarida ishlaydigan хodimlarga moddiy ragʻbatlantirish maхsus jamgʻarmasi va direktor jamgʻarmasidan toʻlovlar hisoblanishi toʻхtatib turiladi. Istisno–tibbiyot,tibbiy-ijtimoiy muassasalar, mehribonlik uylari va mehnatga haq toʻlashning 1-3razryadlari qoʻllanadigan хodimlar. Barcha byudjet tashkilotlarida (tibbiyot,tibbiy-ijtimoiy muassasalar, mehribonlik uyidan tashqari). 2020yil1-iyulga qadar asosiy vositalarni хarid qilish va kapital ta’mirlash bilan bogʻliq хarajatlar (moliyalashtirish boshlangan chora-tadbirlar bundan mustasno) toʻхtatiladi ,Iichorakka rejalashtirilganlari esa qisqartiriladi yoki 2020yilning ikkinchi yarim yilligiga oʻtkaziladi, kommunal хizmatlar, oziq-ovqat vakansel yariyatovarlari хarid qilish, tadbirlar oʻtkazish, joriy ta’mirlash va boshqa хarajatlar qisqartirilib, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishda sturi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish hajmini 2020yilning I choragida 3trlnsoʻmdan oshirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi, qatorda mustahkamlab qo'yilgan.


"Aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash hands Ipoteka kredit bozorini yanada rivojlantirishga oid qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risidagi "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1-maydagi PQ-4701 qarorining qabul qilinishi, Karona virus infeksiyasini tarqalishiga qarshi kurash davrida, aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash, Ipoteka kredit bozorini yanada rivojlantirish, xususiy pudrat tashkilotlarini uy-joy qurilishiga keng jalb qilish, shuningdek, ularga qilay sharoitlar yaratishdan iboratdir. Qarorga ko'ra Pardoz ishlari amalga oshirilmagan kvartirani ipotekaga olish mumkin,kreditning eng koʻp miqdori va muddati oshirildi (1.05.2020 yildagi PQ–4701-son qaror). O'tgan yili ipoteka kreditini berish shartlari oʻzgartirilgan, yangi tartib joriy etilgan edi. Pandemiyaning iqtisodiy oqibatlari iste’molchilarning «hamyoniga» ta’sir koʻrsatgani sababli 1.05.2020 yildan 1.01.2022 yilgacha boʻlgan davrda yangi tartib doirasida:

birinchidan, pardozishlarini amalga oshirmasdan, ya’ni tayyor holda topshirish shartisiz kvartiralar uchun kreditlarni rasmiylashtirishga ruхsat berildi. Bunda birlamchi uy-joy bozori haqida soʻz bormoqda, uylar хususiy pudrat tashkilotlari tomonidan qurilgan boʻlishi kerak;

ikkinchidan, bir qarzoluvchiga ajratiladigan kreditning eng koʻp miqdori oshiriladi.  Dastlabki badalning birqismini toʻlash bilan bogʻliq хarajatlarni qoplash uchun subsidiyalar uy-joy hisoblangan qiymatining 10% miqdorida toʻlanadi.

uchinchidan, ipoteka muddati 15yildan 20yilgacha uzaytirildi. Bu rasmiylashtirilgan kreditlarga taalluqli–banklar bir oy muddatda qarz oluvchilar bilan tuzilgan shartnomalarga tegishli oʻzgartirishlar kiritishi shart. 2020-2021yillarda mintaqalar mahalliy byudjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismi hisobidan belgilangan subsidiyalar sonini 1,3baravarga, ularning summasini esa 40%gacha oshirish huquqiga ega. 2020yil 1maydan31dekabrga qadar Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi хususiy pudratchilarga yangi tartib doirasida koʻp kvartirali uy-joylar (shahar va qishloq joylarda 4 va undan yuqori qavatli, Toshkentda 7 va undan yuqori qavatli) qurish uchun ajratilgan milliy valyutadagi kreditlari boʻyicha, Kafillik beradi–kredit summasining 50%igacha, biroq 8mlrd soʻmdan oshmagan miqdorda. Foiz stavkasi MB asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmaydigan, summasi 20mlrd soʻmdan ortiq boʻlmagan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining MB asosiy stavkasidan oshadigan, biroq 10% punktidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlaydi. Bundan ko'rishimiz mumkinki, Mana shunday taxlikali epidemiya vaqtida ham aholini manfaatini ko'zlab ish ko'rilmoqda. Butun dunyoga ayni vaqtda xavf solib turgan Covid19 virus epidemiyasi davlatlarning, ijtimoiy,siyosiy, qolaversa, iqtisodiy tanqisliklarga sabab bo'ldi. Bunday tanqislikning oldini olish hamda barcha sohani harakatlanishini bir me'yorda,doimgidek olib borish maqsadida yurtimizda keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, epidemiyaning tarqalishini oldini olishga qaratilgan chora tadbirlarning samaradorligini bugungi kunda mamlakatimiz aholisi orasida bu kasallik bilan hastalanganlar soni ancha kamligi ham yaqqol isbotidir. Epidemiya davrida hukumatimiz tomonidan qaror qilinayotgan farmon, qarorlarning barchasi epidemiyaning ustidan g'alaba paytidan so'ng, rivojlanishini avvalgidek, yo'lga qo'yib olishi uchun ko'prik vazifasini o'taydi. Zero, kuch- birlikda.


Дўстлик туман адлия бўлими бошлиғи Саид Раҳимов