Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

24

"MEHRLI YURAK" barchani birlashtirdi


O'zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi tashabbusi bilan, homiy va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda "Yoshlar archasi" hamda "Mehrli yurak" hayriya loyihasining taqdimot marosimi bo'lib o'tdi. Maskur loyihada Jizzax viloyat adliya boshqarmasi ham bolajonlarga atalgan sovg'alari bilan ishtirok etdi. Bola huquqlari kafolatlangan yurtimizda ularning ijtimoiy himoyasiga ham davlat siyosatining ustuvor vazifasi sifatida e'tibor qaratiladi. 

"Mehrli yurak" hayriya loyihasida 100 nafardan ortiq bolajonlarga homiy tashkilotlar va saxovatpesha insonlar tomonidan issiq kiyimlar beg'araz, sovg'a tariqasida topshirildi.

"Yoshlar archasi"da san'atkorlarning kuy qo'shiqlari bolajonlarga yuqori kayfiyat bag'ishladi! Endilikda "Mehrli yurak" loyihasi viloyatning har bir tumanida tashkil etilishi kelishib olindi.