Янгиликлар
25
Boʻsh ish oʻrnini yashirgan mansabdor javobgarlikka tortildi.
Mirzachoʻl tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro O.Xalilovaning shikoyat arizasi bilan tuman adliya boʻlimiga qilgan yozma murojaati oʻrganib chiqilgan.
2020-yilning 4-noyabr kuni Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan AT “Xalq banki” Mirzachoʻl tuman filialida “Mehnat organlariga boʻsh ish joylari (vakant lavozimlar) mavjudligi toʻgʻrisida va moʻljallanayotgan xodimlar ishdan ozod etilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish tartibi haqida”gi (22.12.1999-yil, roʻyxat raqam 858-son) Nizom talablariga rioya etilishi holati monitoring qilindi.
Filial tomonidan boʻsh ish joylari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Aholini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish va ijtimoiy muhofaza qilish markaziga oʻz vaqtida taqdim etmaslik hamda boʻsh ish oʻrinlarini yashirishda ifodalangan qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyib, mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga zid ravishda ish yuritganligi aniqlandi.
Xususan, “Mehnat organlariga boʻsh ish joylari (vakant lavozimlar) mavjudligi toʻgʻrisida va moʻljallanayotgan xodimlar ishdan ozod etilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish tartibi haqida”gi Nizomning 4-bandida boʻsh ish joylari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Aholini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish va ijtimoiy muhofaza qilish markaziga har oyning 5 sanasigacha, Nizomning 2-ilovasidagi shaklga koʻra hisobot oyining 30 (31) kun holatiga taqdim etilishi belgilangan. Shunday boʻlsada, filialning 2020-yil fevral oyi boʻsh ish joylari toʻgʻrisidagi maʼlumotlari tuman Aholini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish va ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim etilmagan.
Shuningdek, 2020-yilning yanvar, fevral, may, iyun, sentyabr, oktyabr va noyabr oylarida mavjud boʻlgan ish oʻrinlari Aholini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish va ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim etilmagan. Xususan, 2019-yilning 4-dekabr va 2020-yilning 4-yanvar kunlari ABKM ga taqdim etilgan maʼlumotlarda boʻsh ish oʻrni mavjud emasligi koʻrsatilgan boʻlsada, filialning buyruqlarni roʻyxatga olish daftarida 2020-yilning 21-yanvar kuni Dexqonov Xursanboy Davlatovichning “Aktivlar monitoringi va muammoli aktivlar bilan ishlash boʻlimi bosh mutaxassisi” lavozimiga ishga qabul qilinganligi aniqlangan.
Shuningdek, filialning buyruqlarni roʻyxatga olish daftarida 2020-yil 10-fevral kuni Djurayev Oʻtkir Gʻulomjonovich 09-kb son buyruq bilan bosh yuriskonsult lavozimiga, 2020-yilning 24-fevral kuni Suyarov Ilxom Nasriddinovich 12-kb son buyruq bilan “Ichki nazorat xizmati menedjeri” lavozimiga ishga qabul qilinganligi belgilangan boʻlsada, AT “Xalq banki” Mirzachoʻl tuman filiali mansabdor shaxslari belgilangan tartibda ABKM ga boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 229-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganligi aniqlanib,(Yuqoridagi qonunbuzilish holatlari yana 8 ta holatda takrorlangan) AT “Xalq banki” Mirzachoʻl tuman filiali mansabdorlarining harakatlariga huquqiy baho berish yuzasidan ABKM ga maʼmuriy taklif yuborilgan.
Natijada, fuqaro O.Halilovaga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 03/847-son bilan 12 million soʻm kredit ajratilib, joriy yilning 24-dekabr kuni Davlat mehnat huquqi inspektori tomonidan AT Xalq banki Mirzachoʻl tuman filiali boshqaruvchisi Koʻchatov Akmalga BHM 10 barobari miqdorida maʼmuriy jarima qoʻllanildi.