Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

29

LOYIHA MUXOKAMASIDA ZARUR TAKLIFLAR OʻRTAGA TASHLANDI


 Jizzax viloyat adliya boshqarmasi
Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hududlarda huquq ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlash borasidagi masʼuliyatini kuchaytirish, tegishli xalqaro reyting va indekslarda mamlakatimizning oʻrnini yanada yaxshilash maqsadida, shuningdek 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida huquq ustuvorligini taʼminlash holatini aniqlashning samarali mexanizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi. Jizzax viloyat hokimligida  ishchi guruhi tomonidan qaror loyihasining mazmun-mohiyatini boʻlgʻusi ijrochilarga yetkazish boʻyicha targʻibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Toshkent Davlat yuridik universiteti prorektori Axrorxon Xoshimxonov soʻzga chiqib xozirgi davr hududlarda huquq ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlash, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining ijrosini tashkil etish holatini oʻrganish, baholash va aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish boʻyicha samarali mexanizmlarni yaratish lozimligini taqoza etayotganligini taʼkidlab oʻtdi. Shu bilan birga mazkur qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsad, pirovard natijalar hususida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi. Har bir qonun hujjati ijrosi bilan goʻzal. Shu sabab uni yaratishda xalq fikri, fuqarolar manfaati ustuvor ahamiyat kasb etishi lozim.