Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

04

Faoliyatimizdagi zamonaviy yondashuvlar huquqiy targʻibotda ham, qonunbuzarliklarni aniqlashda ham yaxshi samara berdi.


Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qoʻllash amaliyotini izchil va bir xilda taʼminlash boʻyicha choralarni amalga oshirish adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri sanaladi.

 

Garchand oʻtgan 2020-yilda butun jahonda shu jumladan, yuritimizda ham koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq murakkab vaziyat vujudga kelgan boʻlsa-da, ushbu vazifani samarali bajarish choralari koʻrildi.

 

Jumladan, yurtboshimizning pandemiya sharoitida qabul qilingan 10 dan ortiq farmon va qarorlaridagi aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va yengilliklarni nazarda tutuvchi normalari monitoring tartibida oʻrganilib, natijasi davlat organlari va tashkilotlariga huquqni qoʻllash amaliyotini bir xilda taʼminlashlari uchun yuborildi.

 

 “Adliya tadbirkorga doʻst”, “Jizzax eksportyorlari” guruhlari tashkil etildi

 

Oʻrnatilgan karantin cheklovlarini inobatga olgan holda, viloyatdagi 3 mingdan ortiq faol tadbirkorlar uchun telegramm messendjerida “Adliya tadbirkorga doʻst”, “Jizzax eksportyorlari” nomli guruhlari tashkil etilib, ularning muammolari va qonunchilik yuzasidan savollari tezkor tartibda hal etish choralari koʻrildi va ushbu ishlar hozir ham davom ettirilmoqda.

 

Shu bilan birgalikda, boshqarma tomonidan ushbu sohada 38 ta

(33 ta) idoralarda oʻrganishlar oʻtkazilib, 162 ta (85) qonun hujjatlari ijrosi tahlil qilindi, 49 ta (21) idoralardan statistik koʻrsatkichlar talab qilib olindi. Oʻrganish va tahlillar natijasida 8 mingdan (6 mingdan) ortiq qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 11 ta (9 ta) umumlashtirish materiallari mahalliy davlat hokimiyati organlariga, 4 ta umumlashtirish materiali prokuratura idoralariga tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun yuborildi hamda Adliya vazirligiga axborot-tahliliy maʼlumotlar taqdim etildi.

Masalan, Prezidentimizning 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni talablariga rioya etilishi tahlili natijasiga koʻra 2019-2020-yillarda viloyat boʻyicha 952,8 mln. soʻm qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrni qoplanmaganligi aniqlanib, natijasi yuzasidan hokimliklargi 2 ta taqdimnoma kiritildi. Kiritilgan taqdimnomalarga asosan hokimliklarning ushbu mazmundagi 17 ta qarorlari qonunga muvofiqlashtirildi.

 

Adliya vazirligi topshiriq xatiga asosan, Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK, “Qishloqqurilishinvest” MCHJ IK Jizzax viloyat filiali, Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi Infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha Injiniring kompaniyasi DUK Jizzax viloyat filiali, Jizzax mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati DUK, Suv taʼminoti va oqova suv obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi DUK Jizzax viloyat hududiy boshqarmasida kapital qurilishda tanlov savdolari toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosi yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazildi.

 

Rossiya Federatsiyasining qonunchiligi oʻrganilib, takliflar tayyorlandi

 

Oʻrganishlar va tahlil natijasi ushbu sohani tartibga soluvchi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-iyuldagi 302-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari toʻgʻrisida”gi Nizomning aksariyat normalari amalda ishlamayotganligini, davlat xaridlari sohasida undan keyin qabul qilingan qonunchilik talablari va normalariga muvofiqlashtirilmaganligini hamda tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmaganligini koʻrsatdi.

 

Shundan kelib chiqqan holda hamda Rossiya Federatsiyasining qonunchiligi qiyosiy tahlili asosida tegishli takliflar ishlab chiqildi.

 

Tahlillar natijasida 26 ta qonun hujjatida muammo va kamchiliklar aniqlanib, huquqni qoʻllash amaliyotidagi real muammolardan kelib chiqqan holda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 112 ta (103) takliflar tayyorlandi.

Huquqni qoʻllash amaliyotida yoʻl qoʻyilgan qonunbuzilish holatlarni bartaraf etish borasida davlat organlari va tashkilotlariga 62 ta (44 ta) taqdimnoma, 10 ta (10 ta) maʼmuriy taklif (maʼmuriy bayonnoma tuzish orqali), 92 ta (36 ta) ogohnomalar kiritildi.

 

Bayon etilganlar pandemiya sharoitida ham 2020-yilda 2019-yilga nisbatan muhim koʻrsatkichlarga erishilganligini, pirovardida koʻrilgan choralar natijasi xalqimizning ushbu ogʻir jarayonlardan omon-eson chiqib ketishiga ozgina boʻlsa-da hissa qoʻshganligi bilan ahamiyatlidir, albatta.

 

Jumladan, koʻrilgan choralar natijasida, davlat organlari va tashkilotlarining 88 ta noqonuniy qarorlari bekor qilindi,

124,7 mln. soʻm mablagʻ undirilishi belgilandi, 19 nafar mansabdor shaxslar intizomiy hamda 10 nafari maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

 

Sudlarga jismoniy va yuridik shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan manfaatlarini koʻzlab 40 ta

3,7 mlrd. soʻmlik daʼvo ariza (ariza)lari kiritildi. Sud qarorlariga asosan, 2,3 mlrd. soʻm moddiy zarar va qarzdorliklar undirildi,

2 ta hokimlik qarorlari haqiqiy emas deb topildi.

 “Fuqarolar adliya idoralari faoliyatidan rozi boʻlishi kerak”

 

Adliya vaziri R.Davletov taʼkidlaganidek, har bir adliya xodimi ish faoliyatida “fuqarolar adliya idoralari faoliyatidan rozi boʻlishi kerak” degan tamoyilga ogʻishmay amal qilgan holda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqilishiga alohida ahamiyat qaratildi.

 

Jumladan, ushbu sohada tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan jami 323 ta murojaatlar koʻrib chiqildi. Ushbu murojaatlarning 189 tasi qanoatlantirildi, 134 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.

 

Masalan, Jizzax shahar kichik sanoat zonasi ishtirokchisi boʻlgan “Keys Luck” MCHJ rahbari J.Xasanovning  Prezidentimizning 2018-yil 9-yanvardagi PQ–3466-son “Tadbirkorlik subyektlarini kichik sanoat zonalariga jalb etish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan soliq imtiyozi qoʻllanilmayotganligi toʻgʻrisidagi murojaati oʻrganib chiqilib, boshqarma aralashuvi bilan 65,0 mln.soʻm miqdordagi aylanmadan olinadigan soliq imtiyozi tadbirkorga nisbatan qoʻllanilib,

Jizzax shahar Davlat soliq inspeksiyasi maʼlumotlar bazasiga qabul qilinishi hamda tegishli xulosa rasmiylashtirilishi taʼminlandi.

“BITUM OOO” MCHJ rahbari J.Abidovning “Jizzax yoʻl qurish-taʼmirlash” unitar korxonasidan 1,4 mlrd. soʻm asfalt-beton mahsulotlarini yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnoma yuzasidan qarzdorlikni undirishda amaliy yordam koʻrsatishni soʻrab yozgan murojaati yuzasidan Jizzax tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritilib, ushbu qarzdorlik toʻliq  undirilishi belgilandi.

 

Sharof Rashidov tumanida faoliyat koʻrsatgan “Barakat” f/x rahbari P.Xolmatovning fermer xoʻjaligi yer maydoni zaxiraga qaytarilganidan norozi boʻlib yozgan murojaati yuzasidan xoʻjalik yer maydoni noqonuniy zaxiraga qaytarilgani holati aniqlanib, tuman hokimligiga taqdimnoma kiritilib, taqdimnomaga asosan, tuman hokimining 2019-yil 26-yanvardagi 309-sonli qarorini “Barakat” f/x yer maydonini zaxiraga qaytarish toʻgʻrisidagi qismi bekor qilindi.

 

Yosh tadbirkorlar D.Xolmurotova hamda D.Rashidovalarning Jizzax shahar hokimligi tomonidan tadbirkorlik uchun ajratib berilgan yer maydoni zaxiraga qaytarib olinganidan norozi boʻlib yozgan murojaatlari oʻrganib chiqilib, hokimlik tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini taʼminlash hamda yer uchastkalarini olib qoʻyish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori talablari buzilganligi aniqlandi.

 

Natijada, kiritilgan taqdimnomaga asosan Jizzax shahar hokimining 2019-yil 19-dekabrdagi 3146-son qarori bekor qilindi.

 

Darhaqiqat, bunday misollarni juda koʻplab keltirish mumkin. Zotan, adliya xodimlari kamtar boʻlib, xalqimiz oldida qoʻli koʻksida boʻlib xizmat qilmogʻi lozim.

Pandemiya sharoitida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, Biznes-Ombudsmanning Jizzax viloyatida faoliyat koʻrsatuvchi vakil devoni masʼul xodimlari, Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi, Jizzax viloyati kichik sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direksiya oʻrtasidagi qoʻshma kelishuv asosida viloyatdagi 12 ta kichik sanoat zonalarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlarining muammolarini joyiga chiqqan holda uchrashuvlar tashkil etib, oʻrganib borish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.

 

Uchrashuvlarda asosan, mutasaddi davlat organlari va tashkilotlarining kichik sanoat zonalarining boʻlinish chegarasigacha zaruriy tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmasining kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik subyektlarini joylashtirishga oid ishlab chiqilgan loyihalarga binoan qurilishi va modernizatsiya qilinishi taʼminlanmaganligi holatlari aniqlanib, tezkor chora-tadbirlar koʻrish uchun Jizzax viloyat hokimligiga oʻrganish maʼlumotlari kiritib borildi.

 

Prezidentimizning 2019-yil 26-avgustdagi PQ-4427-son qaroriga muvofiq joriy etilgan tartibga muvofiq 2019-yil 1-oktyabrdan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun faqat “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali beriladi.

 

Mazkur qaror hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-dekabrdagi 1023-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom talablariga soʻzsiz rioya etilishi boʻyicha tizimli nazorat va monitoringlar amalga oshirilib borildi.

Qayd etilgan qonun hujjatlari huquqni qoʻllash amaliyotida “tuman-shahar adliya boʻlimlari bizning yuzimiz” tamoyiliga qatʼiy amal qilgan holda adliya boʻlimlari bilan birgalikda tizimli ishlar amalga oshirilishi natijasida “YERELEKTRON” AATga kiritilgan 3156 ta boʻsh yer uchastkalarining jozibador va talab yuqori boʻlgan 2475 tasi (78%) tadbirkorlik subyektlari va tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan fuqarolar olishlari uchun auksion savdolariga chiqarilishi taʼminlandi (648 tasi sotilgan). Buning natijasida 200,0 mlrd. soʻmdan ortiq investitsiya kiritilishi hamda yangi ish oʻrinlari yaratilishiga erishilgan.

 

Monitoringlar natijasida vakolatli organlarning 52 ta boʻsh yer uchastkalarini noqonuniy auksionga chiqarilishini rad qilinganlik holatlari yuzasidan tegishli tartibda taʼsir choralari kiritildi.

 

Shuningdek, Nizom talablari buzilishi holatlari yuzasidan

107 ta taqdimnoma, 11 ta koʻrsatma, 109 ta maʼmuriy taklif, 121 ta ogohnoma, sudlarga 10 ta daʼvo ariza, viloyat hokimligiga esa tegishli chora-tadbirlar belgilashi uchun 6 ta umumlashtirish materiallari kiritildi.

 

Kiritilgan taʼsir choralari natijasida 15 nafar shaxslar intizomiy, 26 nafar shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining 15 ta qarorlari bekor qilinib, 1 tasi qonunga muvofiqlashtirildi hamda sud qarorlariga asosan, ishlab chiqilgan arxitektura va rejalashtirish topshirigʻi uchun toʻlab berilmagan 167,5 mln. soʻm miqdordagi mablagʻlar qurilish idoralari hisobiga undirildi.

 

Shuningdek, boshqarma tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-yanvardagi “Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 5 mingdan ortiq respondentlar oʻrtasida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazilib, natijasi haqidagi maʼlumotlar “BUSINESS INDICATOR” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimiga kiritildi.

Davlat organlari va tashkilotlarining soʻrov xatlariga asosan 20 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlarning amaliyotda qoʻllanilishidagi muammolar yuzasidan yoʻnalishlar va uslubiy tavsiyalar berilib, amaliy yordam koʻrsatildi.

 

Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega 7 ta organlarning 2020-yilning 6 oyi davomida koʻrib chiqilgan jami 11627 ta maʼmuriy amaliyotga doir hujjatlari qonuniyligi oʻrganib chiqildi. Natijasi boʻyicha 7 ta taqdimnoma

va 1 ta ogohnoma taʼsir choralari kiritilib, qonunbuzilish holatlari qayd etilgan umumlashma viloyat prokuraturasiga koʻrib chiqish uchun yuborildi.

 

Prezidentimizning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga yoʻllagan murojaatnomasida endi

Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarma va boʻlimlarining asosiy vazifasi qabul qilingan hujjatlarni masʼullarga yetkazish, tushuntirish, amaliyotda qoʻllashga koʻmaklashish va nazorat qilishdan iborat boʻlishi, shu maqsadda Adliya vazirligiga zarur vakolat va resurslar berilishi taʼkidlandi.

 

Ushbu ustuvor vazifaning ijrosini taʼminlash maqsadida,

2021-yilda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qoʻllash amaliyotini izchil va bir xilda taʼminlash boʻyicha choralarni amalga oshirishda mazkur yoʻnalishda tizimli ishlar amalga oshirilishi belgilab olindi.

 

Eshbek Maxammadiyev,

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi

boshligʻining birinchi oʻrinbosari