Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

05

Obodonlashtirish ishlari bajarilgan ammo hokimlik ish haqini toʻlamagan


“Abror Elyor qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari E.Xudyorovning bajarilgan obodonlashtirish ishlari uchun xizmat haqi tuman hokimligi tomonidan toʻlab berilmayotganligi haqidagi shikoyati Zafarobod tuman adliya boʻlimi tomonidan oʻrganildi.

Taqdim etilgan hujjatlarga koʻra, haqiqatan ham “Abror Elyor qurilish” MCHJ hamda Zafarobod tuman hokimligi oʻrtasida 2019-yil 25-iyuldagi pudrat shartnomasi qiymati 1.418.744.535 million soʻmlik ishlarni bajarish haqidagi shartnoma tuzilgan.

“Abror Elyor qurilish” MCHJ tomonidan bajarilgan ishlari hajmi 734.198.2 ming soʻmni tashkil qilganligi haqidagi schyot faktura tuman hokimligi va jamiyat oʻrtasida muhr bosib imzolanib, tasdiqlangan. Ammo bajarilgan ishlar uchun xizmat haqi toʻliq toʻlab berilmagan.

MCHJ tomonidan bajarilgan ishlarining toʻlanmay qolgan 344.389.2 ming soʻm qismini toʻlab berishni soʻrab yozma ravishda   talabnomalar yuborilganligiga qaramasdan, qarzdorlik shartnoma shartlarida koʻrsatilgan tartibda toʻlanmagan. 

Zafarobod tuman xokimligi shartnomaning 2.2-bandida ishlarning natijalarini qabul qilib olgan kundan boshlab 30 kun ichida shartnomaning 4-bandida koʻrsatilgan baho boʻyicha haq toʻlab berish majburiyatini olgan boʻlsa-da, ushbu talabni bajarmagan.

Amaldagi qonun hujjatlariga koʻra, tuman hokimligi “Abror Elyor qurilish” MCHJga bajarilgan ishlar yuzasidan kelib chiqqan asosiy 344.389.200 soʻm qarzdorlik va hisoblangan 167.968.746 soʻm penyani toʻlashi lozim.

Mazkur murojaat yuzasidan Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudiga uch yuz oʻttiz besh million toʻqqiz yuz oʻttiz yetti ming toʻrt yuz toʻqson ikki soʻm asosiy qarz hamda   qonun talabiga muvofiq toʻlab berilmagan summaning 50 foizi miqdoridagi bir oltmish yetti million toʻqqiz yuz oltmish sakkiz ming yetti yuz qirq olti soʻm penyani “Abror Elyor qurilish” MCHJ manfaatida undirib berish haqida ariza bilan murojaat qilingach, masʼuliyati cheklangan jamiyat foydasiga 335.937.492 soʻm asosiy qarz hamda 32.000.000 soʻm penya undirish haqida hal qiluv qarori chiqarildi.

                                                         Jahongir ISHONQULOV,

Zafarobod tuman adliya boʻlimi boshligʻi