Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

11

Ortiqcha solingan soliq, fuqaroga qaytarildi.


Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqaro N.Abdullayevaning ish joyida asossiz ravishda daromad soligʻi hisoblanayotganligidan norozi boʻlib, ushbu daromad soligʻini qayta hisoblash va ortiqcha solingan soliqni qaytarishda amaliy yordam berishni soʻrab, 2020-yilning 27-dekabr kuni tuman adliya boʻlimiga yoʻllagan shikoyat arizasi tegishli tartibda oʻrganib chiqildi.

Oʻrganishda, Mirzachoʻl tuman xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan Soliq kodeksining 378-moddasi talablari buzilganligi aniqlandi.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Soliqning 378-moddasida soliq solinmaydigan daromadlar koʻrsatilgan boʻlib, ushbu moddaning 3-bandiga koʻra ish beruvchi oʻz xodimlariga hamda ularning bolalariga ambulatoriya va (yoki) statsionar tibbiy xizmat koʻrsatilganligi uchun ish beruvchi tomonidan toʻlangan summalar soliq solishdan ozod qilinishi belgilangan. Ammo Mirzachoʻl tuman TB ga qarashli  13-umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi N Abdullayevaning davolangan davri uchun ish beruvchi tomonidan toʻlangan summadan qonun hujjatlariga zid ravishda daromad soligʻi ushlab qolinganligi maʼlum boʻldi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, kelgusida bunday qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilash hamda aniqlangan qonunbuzilishi holati (xodimga toʻlangan mablagʻdan ushlab qolingan daromad soliqni qaytarish)ni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

2021-yilning 8-yanvar kuni ushbu taqdimnoma ijrosi taʼminlanib, fuqarodan notoʻgʻri ushlab qolingan daromad soligʻi maktab oʻqituvchisiga toʻliq toʻlab berilishi taʼminlandi.

Ulmas ABDIYEV

Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi boshligʻi