Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

22

Hodim ishga tiklandi.


Fuqaro O.Mirzanovning 2020-yilning dekabr oyida Zafarobod tuman adliya boʻlimiga “Zafarobod tuman xalq taʼlimi boʻlimida uslubchi boʻlib 2020-yil sentyabr oyigacha ishlab kelganligi, lekin boʻlim mudiri tomonidan asossiz ravishda ishdan boʻshatilganligi” boʻyicha qilgan shikoyati oʻrganib chiqildi.

Shikoyatni oʻrganish davomida fuqaro O.Mirzanov Zafarobod tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudirining 2020-yil 2-sentyabrdagi 93-son “Mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 7-bandi asosan ishdan ozod etilganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 101-moddasi talablariga koʻra, yaʼni ”mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishni Kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib olish jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasini mehnat shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan boʻlsa, shartnoma bunday rozilikni olmay turib bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi"deb belgilangan.

Zafarobod tuman xalq taʼlimi boʻlimining 2018-20120-yillarga moʻljallangan jamoa shartnomasining 19-bandida “mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi faqatgina Kasaba uyushmasi qoʻmitasining oldindan roziligini olib amalga oshirilishi” belgilangan.

Ushbu holatlar boʻyicha Zafarobod tuman xalq taʼlimi boʻlimiga” Qonun xujjatlari buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida” taqdimnoma kiritildi.

Taqdimnomaga koʻra fuqaro O.Mirzanov tuman xalq taʼlimi boʻlimining 24.12.2020-yildagi 153-son buyrugʻi bilan oldingi ish joyiga tiklandi.

Qonun buzilishlariga yoʻl qoʻygan Zafarobod tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri E.Tadjiyevga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 49-moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va chora koʻrish uchun tuman ABKM ga yuborildi.