Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

17

Noqonuniy ishdan boʻshatilgan xodima oʻz ishiga tiklandi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisida”gi Nizomda, fuqarolarning buzilgan huquqlari va erkinliklarini tiklash boʻyicha choralar koʻrishi adliya organlarining asosiy vazifa va funksiyalaridan biri etib belgilangan.

Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqaro S.Achilovaning ish beruvchi tomonidan asossiz ravishda ishdan boʻshatganligidan norozi boʻlib, mehnat nizolarini hal qilinishida amaliy yordam berishni soʻrab, tuman adliya boʻlimiga yoʻllagan murojaati tegishli tartibda oʻrganib chiqildi.

Oʻrganish jarayonida, Mirzachoʻl qishloq hoʻjalik kasb-hunar kolleji rahbari tomonidan fuqaro S.Achilova farrosh vazifasiga 2017-yilda ishga qabul qilinganligi hamda homiladorlik va tugʻish taʼtiliga chiqarilganligi, S.Achilova tugʻruq taʼtilida vaqtida ish beruvchi tomonidan S.Achilova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qonun talabiga zid ravishda bekor qilinganligi aniqlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 237-moddasida homilador va bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishdagi kafolatlari koʻrsatilgan boʻlib unga koʻra; 

Homilador ayollar va uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yoʻl qoʻyilmasligi (korxonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno ekanligi, bunday hollarda mehnat shartnomasi ularni albatta ishga joylashtirish sharti bilan bekor qilinishi nazarda tutilgan) belgilangan.

Shu sababli, tuman adliya boʻlimi tomonidan kiritilgan taqdimnoma ijrosi taʼminlanib, fuqaro S.Achilova oldingi vazifasidagi ishiga qayta tiklandi.