Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

01

“TALABALAR HUQUQSHUNOSI” KLUBI TALABALAR BILAN


Joriy yilning 26-fevral kuni Jizzax politexnika instituti 3-oʻquv binosining madaniyat saroyida “Sanoat texnologiyalari” fakulteti hamda Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi hamkorligida talaba-yoshlarning huquqiy ongi hamda madaniyatini shakllantirish va yuksaltirish, shuningdek, “Talabalar huquqshunosi” klubini ommalashtirish maqsadida, klubning asosiy maqsadi, vazifalari hamda kutilayotgan natijalari haqida oʻquv-seminari oʻtkazildi.

Uchrashuvda “Yosh huquqshunoslar” klubi talabalar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi, oʻzlari tomonidan xam qoʻshimcha tafsiyalar berib oʻtildi. Ushbu loyihadan koʻzlangan asosiy maqsad viloyatdagi oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan 21 887 mingdan ortiq talaba yoshlarni huquqiy bilimlarini oshirishga koʻmaklashishdan iborat.
Tadbir davomida talabalar viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan “Talabalar huquqshunosi klubi” gruppasiga aʼzo boʻlishdi.

Учрашув вилоят адлия бошқармасининг ёш мутахассислари ва талабалар ўртасидаги савол-жавоб, фикр-мулоҳазалар билан янада қизғин тус олди ҳамда талабаларда катта таассурот қолдирди.

Жиззах вилоят адлия бошқармаси