Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

02

Sh.Rashidov tuman adliya bo‘limi tomonidan qonun-hujjatlarini tushuntirish yuzasidan amaliy seminar o‘tkazildi


Joriy yilning 26 fevral kuni Sh,Rashidov tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi 47-sonli umumta’lim maktabi xodimlari ishtirokida mehnat va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha qonun-hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan amaliy seminar o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirok etgan adliya bo‘limi boshlig‘i A.Shermatov tomonidan  ta’lim muassasasi xodimlariga  majburiy mehnat, mehnat shartnomasini tuzish, bekor qilish, mehnatga haq to‘lash, intizomiy jazolar qo‘llanilishi, ayollar va yoshlarga berilgan imtiyozlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek,  ta’lim muassasasi xodimlariga 2017 yil 3 yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni mazmun-mohiyati bo‘yicha qisqacha tushuntirib o‘tdi.

Seminar qizg‘in savol-javob tarzida yakunlandi. 

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi