Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

11

Fuqaro sarsongarchiligiga chek qoʻyildi.


Vazirlar Mahkamasining ʻXotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora tadbirlar toʻgʻrisidaʻgi 2021-yil 8-yanvardagi 2-son qarori tegishli bandlari ijrosini taʼminlash maqsadida tumanning Ipak yoʻli QFYdagi ayollarga huquqiy xizmat koʻrsatish vaqtida fuqaro Norqulova Lola Shamsiyevnaning pensiyaga chiqishida sarson boʻlayotganligi, 56 yoshga toʻlsada, shu kunga qadar pensiya tayinlanishi rad etilayotganligini bildirib ogʻzaki qilgan murojaati tegishli tartibda oʻrganib chiqildi.

Oʻrganishda, fuqaroning mexnat  14.04.1985-yildan 17.12.1990-yilgacha Jizzax viloyati Paxtakor tumani Navbahor (sobiq Ulyanov) nomli jamoa xoʻjaligida, 03.05.1991-yildan 2000-yilgacha Mirzachoʻl tumani Toshkent savxozida ishchi boʻlib ishlaganligi biroq, L.Norqulovaning ishlagan davri BTPJ Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan inobatga olinmayotganligi maʼlum boʻldi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan 2021-yil 8-fevral kuni №01-08/30-01-37/980-sonli xati orqali fuqaro L.Norqulovani “Yoshga doir” pensiya  tayinlash uchun talab etilgan 7 yil staji yetmaganligi sababli pensiya tayinlash imkoni yoʻqligi toʻgʻrisida maʼum qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasining Mexnat kodeksining 81-moddasida “Mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir” belgilab qoʻyilgan boʻlsada, BTPJ Jizzax viloyati xodimlari tomonidan ushbu qonunchilik normasiga amal qilinmagan.

Adliya boʻlimining aralashuvi bilan huquqiy yordamga muhtoj boʻlgan fuqaro Norqulova Lolaga yoshga doir pensiya tayinlanishi taʼminlandi.

Bobur Esanov

Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchisi