Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

17

Huquqbuzarlik profilaktikasi kuni


Jizzax shahar adliya boʻlimi tomonida Jizzax shahridagi 59816-sonli harbiy qismda “Huquqbuzarlik profilaktikasi kuni” munosabati bilan “Harbiy xizmatchilarning o`zaro nizomga zid munosabatlarini sodir etilishiga oid jazo turlari” mavzusida hamda qonunchilikda harbiy xizmatchilarga berilgan imtiyozlar yuzasidan targʻibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda harbiy xizmatchilar oʻrtasida sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyatlar va ularga beriladigan jazo choralari hamda qonunchilikdagi yangiliklar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida harbiy xizmatchilarning qiziqtirgan huquqiy masalalardagi muammolari savollariga atroflicha javob va huquqiy tushuntirishlar berib oʻtildi. 
Tadbir qizgʻin baxs munozaralar va savol javoblarga boy boʻldi.