Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

19

Ortiqcha solingan soliq fuqaroga qaytarildi.


2021-yil 2-mart kuni Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimiga tumanning “Mirzadala”MFY, Oqbuloq koʻchasi 7A-uy 2-xonadonda yashovchi fuqarosi B.Nurmanova tuman soliq inspeksiyasi va tuman kadastr xizmati maʼsul hodimlarining mol-mulk soligʻini notoʻgʻri hisoblaganligidan norozi boʻlib, ushbu masalada huquqiy yordam berishni soʻrab, yozma murojaat qilgan.

Ushbu murojaat tuman adliya boʻlimi tomonidan ish yurituvga qabul qilinib, oʻrganib chiqildi.

Oʻrganishda, haqiqatdan ham fuqaroning yashash honadoni yaʼni Mirzachoʻl tumani “Mirzadala” SHFY, Oqbuloq koʻchasi 7a- 2-uyning umumiy maydoni 0,12 ga ekanligi, lekin Davlat kadastr palatasi Jizzax viloyat boshqarmasi Mirzachoʻl tuman filiali maʼsul hodimlarining masʼuliyatsizligi tufayli, tuman soliq inspeksiyasiga berilgan xisobotda (2546 metr kv) ortiqcha yer maydoni koʻrsatilganligi aniqlandi. Ushbu notoʻgʻri hisobot natijasida tuman soliq inspeksiyasi tomonidan fuqaro B.Nurmanovaga 1.650.000 (bir million olti yuz ellik ming) soʻm ortiqcha molk-mulk soligʻi hisoblagan.

Tuman adliya boʻlimi tomonidan kiritilgan taʼsir chorasining ijrosi taʼminlanib, 2019-yil 10-yanvar kuni kadastr xizmati tomonidan tuman soliq inspeksiyasiga yuborilgan elektron maʼlumot oʻrniga fuqaroning yashash honadoni toʻgʻrisidagi aniq maʼlumotlar elektron tarzda tuman soliq inspeksiyasiga takroran yuborildi va fuqaroning sarsongarchiligiga sabab boʻlgan, mol-mulk soligʻi uchun hisoblangan 1.650.000 (bir million olti yuz ellik ming) soʻm ortiqcha soliq toʻlovi bekor qilindi.

Ulmas ABDIYEV
Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi boshligʻi