Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

23

Mirzachoʻlda pochtachilarga oylik toʻlanmagan


2021-yilning 24-26-fevral kunlari “Oʻzbekiston pochtasi” AJ Mirzachoʻl tuman filialida huquqni qoʻllash amaliyoti, mehnat qonunchiligi normalariga rioya etilishi ahvoli monitoring qilindi.

Mehnat kodeksining 154-moddasida mehnatga haq toʻlash kafolatlari koʻrsatilgan boʻlib, unga koʻra, ish beruvchi oʻzining moliyaviy holatidan qatʼi nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq ushbu kodeksning 161-moddasida koʻrsatilgan muddatlarda toʻlashi shartligi belgilangan boʻlsa-da, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ Mirzachoʻl tuman filialining 4 nafar xodimiga 2020-yilning dekabr oyidan 2021-yilning 24-fevral kuniga qadar oylik maoshlari toʻlab berilmaganligi aniqlandi.

Mehnat kodeksining 161-moddasida Mehnatga haq toʻlash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanishi va har yarim oyda bir marotabadan kam boʻlishi mumkin emasligi shuningdek, haq toʻlanadigan kun dam olish kuni yoki bayram kuniga toʻgʻri kelib qolsa, mehnat haqi shu kun arafasida toʻlanishi lozimligi, jamoa shartnomasida ish beruvchining aybi bilan xodimga haq toʻlash belgilangan muddatlarga nisbatan kechikkanligi uchun javobgarlik nazarda tutilishi mumkinligi belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi tomonidan “Oʻzbekiston pochtasi” AJ Jizzax filialiga taqdimnoma taʼsir chorasi qoʻllanildi va yuqorida nomlari zikr etilgan xodimlarga 6 million 125 ming 775 soʻm ish haqlari shu kunning oʻzida toʻlab berilishi taʼminlandi.

Mirzachoʻl tuman adliya boʻlim